F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

 Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligining 
asosiy funksiyalari 
 
SEOA  yuqorida keltirilgan vazifalardan kelib chiqqan hol-
da quyidagi funksiyalarni amalga oshiradi: 
Davlat sanitariya nazorati va sanitariya-profilaktik,  epidemiyaga  
qarshi  hamda  dezinfeksiya  ishlarini tashkil  etadi  va  amalga  oshira-
di. 
Eksperimental va boshqa laboratoriya tadqiqot usullari yordami-
da bakteriologik,      virusologik,      radiologik,      toksiko  -  gigiyenik 
ekspertiza o‘tkazadi. 


73 
 
Favqulodda  
epidemiyaga 
 qarshi 
 Komissiyada  Sanitariya 
epidemiologiya Kengashida   (Respublika  SEOA) eshitish uchun  mate-
riallar  tayyorlaydi va    qabul    qilingan  qarorlarni bajarilishini nazorat 
qiladi.   
Davlat   sanitariya nazoratini olib borish bo‘yicha ilg‘or ish tajriba-
larni, shu jumladan, chetel tajribalarini umumlashtiradi va hayotga 
tatbiq etadi. 
Sanitariya-epidemiologiya xizmatiga avtomatlashtirilgan boshqaruv 
tizimini  tatbiq  etish, sanitariya-epidemiologiya nazoratida  avtomatlash-
tirilgan axborot tizimini yaratish, samaradorligini  oshirish bo‘yicha 
mezonlar ishlab chiqish, tegishli ilmiy tadqiqot  markazlarini, sanitariya 
axborot tizimini yaratishga jalb etish. 
Aholini   sanitariya  -  epidemiologiya  xotirjamligini ta’minlashning 
yangi shakl va usullarini takomillashtirish, SEOAlar laboratoriyalari 
tomonidan metereologik va standart talablarga rioya etilishini nazorat 
etish. Laboratoriyalarni akkreditatsiya va attestatsiyaga tayyorlash ham-
da o‘tkazish. 
Respublika 
hududiga olib kelinayotgan, 
olib 
ketilayot 
gan mahsulotlarni tekshirish  va ularga gigiyenik sertifikatlar berish. 
Sanitariya  epidemiologiya xizmati muassasalarining moddiy-tex-
nik bazasini mustahkamlash.  Demografik ko‘rsatkichlar, muhim noepi-
demik, yuqumli, parazitar, kasbga oid kasalliklarni, ovqatdan  zaharla-
nishlar haqidagi ma’lumotlarga asoslangan holda Respublikaning radiat-
sion holati va sanitariya-epidemiologik monitoringini ishlab chiqish; 
tashqi muhitdagi xavfli antropogen omillarga hamda aho-
li salomatligiga baho berish. 
O‘zResSSV  Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi Bosh 
boshqarmasini tegishli axborotlar bilan ta’minlash. 
Xalq xo‘jaligi obyektlarida salomatlikka salbiy ta’sir etuvchi xavfli 
texnogen omillarni kamaytirish bo‘yicha sanitariya-profilaktik hamda 
epidemiyaga qarshi tadbirlar ustidan nazorat o‘rnatish. 
Aholini sanoat, avtomobil transporti, havo, temir yo‘l, sano-
at korxonalarida yuz berishi mumkin bo‘lgan tabiiy va boshqa ofatlardan 
himoya qilish bo‘yicha profilaktik va epidemiyaga qarshi tadbirlarni 
tashkil etadi hamda o‘tkazadi. 
Muntazam ravishda sanitariya 
– 
profilaktika 
muassasala-
ri xodimlarining malakasini oshirish. 


74 
 
Respublika   tibbiyot muassasalarini vaksina, bakterial  preparatlar, 
ozuqa mahsulotlari bilan ta’minlash bo‘yicha faoliyat ko‘rsatadi. 
Respublikani virusli, bakterial preparatlarga bo‘lgan ehtiyojini 
o‘rganadi va ularni markazlashgan hamda budjet mablag‘lari-
dan qondirish maqsadida —  talabnomalar tuzadi, vakolatnomalar-
ga bo‘lgan ehtiyojni qondirish maqsadida esa tashqi va gumani-
tar yordamlardan foydalanadi. 
Respublika 
SEOA 
O‘zbekiston Respublikasiga keltirilayot-
gan vaksinalar, faglar,  virusologik va bakterial preparatlarni ro‘yxatga 
oladi va sertifikatsiyalar beradi.  Tabiiy ofatlar, avariyalar va boshqa 
favqulodda vaziyatlar tufayli yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulay 
epidemiologik vaziyatlarda vaksina, fag, virusli va bakterial 
preparatlar, kimyoviy reaktivlar bilan ta’minlash maqsadida ularning 
zaxiralarini yaratadi. Davlat tomonidan ta’minlanayotgan virusli va 
bakterial preparatlarni sifatini kafolatlaydi, ularni saqlashda 
va transportirovka qilishda kerakli “sovuq”  harorat bo‘lishligi-
ni ta’minlaydi. 
Aholining sanitariya-epidemiologiya masalalari bo‘yicha xatlar 
va shikoyatlarini ko‘rib chiqadi. 
O‘zbekiston Respublikasining qonunchiligidan kelib chiqqan holda 
boshqa vakolatlarni amalga oshiradi. 
Yuqorida   keltirilganlarga qo‘shimcha ravishda Respublika SEOA 
quyidagi funksiyalarni bajaradi. 
Tegishli ilmiy tadqiqot institutlari bilan hamkorlikda sanitariya 
epidemiologiya sohasiga tegishli qonun loyihalarini, sanitariya qoida va 
me’yorlarini, uslubiy qo‘llanmalar va tavsiyalarni ishlab chiqadi hamda 
amaliyotga tatbiq etadi; 
Xalq xo‘jaligi obyektlarining sanitariya-gigiyenik  holati-
ni nazorat qilish va baholashning mezonlarini ishlab chiqadi, Davlat 
buyurtmasi asosida Respublikaga olib kelinayotgan vaksina, fag, diag-
nostik, virusologik va bakterial preparatlarni sifatini aniqlash bo‘yicha 
tekshirishlar olib boradi, ro‘yxatdan o‘tkazadi va sertifikat beradi. 
Tuman va shaharlar (tumanlar   bo‘linmagan)    davlat    sanitariya-
epidemiologik  osoyishtalik agentligi  o‘z vakolatlari doirasida quyidagi 
vazifalarni bajaradi: 
Aholi 
sanitariya-epidemiologiya xotirjamligini 
ta’minlashda 
 mahalliy davlat boshqarma idoralari, huquqni himoya qilish, tabiatni 


75 
 
himoya qilish, nazorat qilish idoralari  va  jamoat birlashmalari bilan 
birga ish olib boradilar
davlat idoralari, korxonalari, tashkilotlari qaysi 
idora-
ga bo‘ysunishdan va mulkchilik shakllaridan qat’iy nazar atrof-muhitni, 
odamlar salomatligi uchun xavfli bo‘lgan yashash va xo‘jalik 
faoliyatini sog‘lomlashtirishda, aholi orasida kasallikni oldini olish 
va kamaytirishda, hududlarni karantin va inson uchun xavfi bo‘lgan 
infeksiyalarni olib kirish va tarqatishda sanitariya gigiyena va 
epidemiyaga qarshi kurash bo‘yicha normalari va qoidalariga rioya etish 
masalalarida yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadilar, kasallikning oldini olish va 
sanitariya, epidemiyaga qarshi yillik va oylik ish rejalarini tuzadilar; 
qiziquvchan tashkilotlar, muassasalar bilan birgalikda sanitariya-
sog‘lomlashtirish tadbirlari rejasini ishlab chiqishda qatnasha-
dilar;  
nazorat ostidagi obyektlarni sanitariya holatini yaxshilash uchun 
reja-topshiriqlar ishlab chiqadilar va o‘tkazilayotgan tadbirlarni sama-
radorligini tahlil qiladilar; 
odamlarni yashash va ishlash sharoitlariga yomon ta’sir qiluv-
chi, atrof-muhitni zaharlovchi kimyoviy, biologik va fizik manbalar-
ni aniqlaydilar; 
mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralariga sanitariya-sog‘lom-
lashtirish tadbirlarini o‘tkazilishini va uni ko‘rib chiqish bo‘yicha 
takliflar tayyorlaydilar; 
sanitariya epidemiologiya nazorati markazlari ishida yangi tash-
kiliy formalarni va uslublarni, samarali profilaktik vositalar va usullarni 
ishlab chiqadilar va amalda qo‘llaydilar; 
nazoratdagi obyektlarda laboratoriya tekshiruvlarini va asbob-
lar yordamida  o‘lchashlarni  o‘tkazadilar, korxonalar, laboratoriyalar-
ga atrof-muhitni ifloslanishini nazorati bo‘yicha metodik yor-
dam ko‘rsatadilar; 
qaysi idoraga bo‘ysunishidan va mulkchilikning shaklidan qat’-
iy nazar tovar ishlab chiqaruvchilar mahsulotlariga sertifikat berishni 
pullik xizmat asosida o‘tkazadilar; 
nazorat ostidagi obyektlarning mehnatkashlari va aholi ora-
sida ilmiy, gigiyenik bilimlarni targ‘ibot qilishda qatnashadilar. 
Viloyatlar, Toshkent shahri va Qoraqalpog‘iston Respublikasi 
sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentliklari: 


76 
 
xizmati  organlariga     metodik     rahbarlikni,     yo‘l-yo‘riq ko‘rsa-
tishni va ular ish faoliyati nazoratini ta’minlaydilar; 
atrof-muhitni himoya qilish sanitariya va epidemiyaga qarshi norma 
va qoidalarga rioya qilish bo‘yicha  davlat idoralari, korxonalari 
tashkilotlari faoliyatiga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatadilar; 
davlat boshqaruv idoralari, vazirliklar, hissadorlik  jamiyatlari,  bir- 
lashmalar va boshqalar bilan atrof-muhitni  sog‘lomlashtirishda, aholi 
orasida kasalliklarni oldini olishda va kamaytirishda, hududlarni 
karantin inson uchun o‘ta xavfli bo‘lgan infeksiyalarni olib kirish va 
tarqatishdan himoya qilishda birga ish olib boradilar; 
hududiy va mahalliy sanitariya-gigiyenik tadbirlarni tayyorlaydilar; 
sanitariya vrachlari va epidemiologlarning yangi ish formalari 
uslublarini  o‘rganadilar, umumlashtiradilar va tarqatadilar,  ularga 
ishlarni tajriba almashish bo‘yicha tashkil qiladilar; 
sanitariya vrachlari va ularning yordamchilarini malakasini 
oshirish borasida takliflar ishlab chiqadilar; 
kengashlar, konferensiyalar o‘tkazadilar va shahar, tuman   sanita-
riya epidemiologiya nazorati vrachlarini ish joylarida o‘qitadilar; 
davlat idoralari, korxonalari, muassasalari, birlashmalari qaysi  ido-
raga   bo‘ysunishidan   va   mulkchilikning   shakllaridan   qat’iy 
nazar 
sanitariya 
normalari, 
qoidalari, 
gigiyenik 
normativlarga 
rioya etishlari, sanitariya – epidemiyaga  qarshi  tadbirlarni o‘tkazishlari 
ustidan saylanma sanitariya nazorati o‘tkazadilar. 
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish