70
O‘zbekiston Respublikasi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyat-
lar va Toshkent shahar SEOA o‘z hududidagi aholi soniga qarab quyi-
dagi kategoriyalarga bo‘linadi:
I kategoriya - aholi soni 2 milliondan ortiq;
II kategoriya - aholi soni 1 milliondan 2 milliongacha bo‘lsa;
III kategoriya - aholi soni 500 000 dan 1 milliongacha bo‘lsa;
IV kategoriya - aholi soni 500 000 gacha bo‘lsa.
Tuman SEOA ga ega bo‘lgan shaharlardagi shahar SEOA
lari quyidagi kategoriyalarga ega:
I kategoriya - aholi soni 600 mingdan 800 minggacha;
II kategoriya - aholi soni 400 mingdan 800 minggacha;
III kategoriya - aholi soni 400 minggacha bo‘lganda
tashkil qilina-
di.
Shahar SEOAlari quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi.
I kategoriya - 300 mingdan ortiq bo‘lgan;
II kategoriya - 200 mingdan 300 minggacha bo‘lgan aholiga;
III kategoriya-100 mingdan 200 minggacha bo‘lgan aholiga tash-
kil qilinadi.
Qishloq tumanlarining SEOAlari o‘zlari xizmat ko‘rsatayot-
gan aholi soniga qarab quyidagi kategoriyalarga bo‘linadi:
I kategoriya - 60 mingdan ortiq bo‘lgan aholiga;
II kategoriya - 30 mingdan 60 minggacha bo‘lgan aholiga;
III kategoriya - 30 minggacha bo‘lgan aholiga tashkil qilinadi.
Barcha SEOAlar quyidagi asosiy bo‘limlardan tashkil top-
gan: sanitariya-gigiyena, epidemiologiya, laboratoriya va dezinfeksiya
bo‘limi (yirik shaharlarda mustaqil dezinfeksiya stansiyalari mavjud),
bo‘limlarni bo‘linmalarga differensiatsiya qilinishi SEOAlarning turiga
va kategoriyalariga bog‘liq. SEOA davlat tasarrufidan chiqarilmaydi
va xususiylashtirilmaydi. SEOA boshqarilish darajasiga qarab, O‘zRes
SSV qoshidagi Respublika SEOA (III daraja), Qoraqalpog‘iston
Respublikasi Respublika SEOA, viloyat SEOAlari va Toshkent shahar
SEOA (II daraja), shahar (tumanlarga bo‘linmagan) va tuman
SEOAlarga (1-daraja) bo‘linadi.
Ma’muriy munosabatlar bo‘yicha II darajali boshqaruv SEOA vilo-
yatlar va
Toshkent shahar hokimligiga, Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Vazirlar Kengashiga, boshqaruv SEOAlar ma’muriy munosabatlar
bo‘yicha shahar va tuman hokimligiga, barcha SEOAlari Davlat
71
sanitariya nazorati faoliyati bo‘yicha o‘zidan yuqori turuvchi ma’muriy
hududning Bosh Davlat sanitariya vrachiga bo‘ysunadi.
II-I darajali boshqaruv SEOAlari ishiga bosh vrachlar rahbar-
lik qilib, bir vaqtning o‘zida ular ma’muriy hududning bosh davlat
sanitariya vrachi hisoblanadi. Respublika SEOAning
bosh vrachi Res-
publika Bosh Davlat sanitariya vrachining muovini hisoblana-
di. Respublika SEOA markazi bosh vrachini O‘zbekiston Respublika-
si Bosh Davlat sanitariya vrachi, O‘zRSSV bilan kelishgan
holda tayin-
laydi va ishdan bo‘shatadi. Shahar va tumanlar SEOA bosh vrachlari
O‘zbekiston Respublika Bosh Davlat Sanitariya vrachi hamda tegishli
hokimliklar bilan kelishilgan holda viloyat va
Toshkent shahar Bosh
Davlat sanitariya vrachlarini tayinlaydi va ishdan bo‘shatadi.
SEOAlar boshqaruv darajasiga qarab markazlashgan hol-
da respublika, viloyatlar budjetidan alohida paragraflar orqali mab-
lag‘ bilan ta’minlanadi va ular o‘zlarining xarajatlar smetasiga, aso-
siy foydalariga va aylanma mablag‘lariga, shu
jumladan, budjetdan tash-
qari mablag‘lariga, bankda o‘z hisob raqamiga. O‘zbekiston Respub-
likasi Davlat Gerbi va o‘zining nomlari tushirilgan muhr, xizmat
yozishmalari uchun blankalarga ega.
SEOA budjetdan tashqari qo‘shimcha mablag‘ bilan ta’min-
lash manbai bo‘lib pullik xizmat ya’ni, korxonalar, firmalar, idora-
lar, muassasalar, boshqa xo‘jalik subyektlari va alohida shaxslar bilan
tuzilgan shartnomalarni bajarish hamda o‘z ixtiyori bilan to‘langan
badallar va hadya qilingan mablag‘lar hisoblanadi. Budjetdan tashqari
kirimlar kelgusida budjet mablag‘larini 40-60 foizidan ko‘prog‘ini
tashkil etishi ko‘zda tutilgan.
Viloyatlar va Toshkent shahar epidemiyaga qarshi fondining bank-
lardagi alohida hisob raqamiga ma’muriy hududlarning bosh davlat
sanitariya vrachi tomonidan undirilgan ma’muriy jarimalar miqdori
tushiriladi, epid. fondni ishlatish belgilangan tartibda amalga oshiriladi.
Budjetdan tashqari kirimlar, shartnomalar asosida bajaril-
gan budjetdan tashqari kirimlar, xodimlarning asosiy ishiga haqiga
qo‘shimcha pul to‘lash, ularni ijtimoiy himoyalash, SEOA moddiy tex-
nik bazasini mustahkamlashga sarflanadi.
SEOA qoshida qonunda belgilangan sanitariya - epidemiologiya
xizmatida ishlatiladigan yoki gigiyenik predmetlari ishlab chiqaruvchi
kichik korxona faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: