Mundarija
”Toshkent Shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi” ning kelib chiqish tarixi va faoliyat turi…………………………………………………………….
”Toshkent Shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi” ning tashkiliy tuzilmasi va bo`limlari fuksiyasi…………………………………………………….
”Toshkent Shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi” faoliyatida foydalaniladigan asosiy, me`yoriy va uslubiy hujjatlar……………………
”Toshkent Shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi” ning kadrlar xizmati faoliyatini tashkil etilishi………………………………………………..
”Toshkent Shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi” da xodimlarni ishga yollash jarayoni………………………………………………………
Xulosa va takliflar…………………………………………………………
”Toshkent Shahar Ichki Ishlar Bosh Boshqarmasi” ning kelib chiqish tarixi va faoliyat turi
Toshkent militsiyasining tashkil etilishi “Oktyabr voqealari” bilan bog‘liq. 1917 yil 18 noyabrdagi Turkiston o‘lkasi Xalq Komissarlari kengashida ishchi va soldat yordamchilari Kengashlarida Qizil gvardiyachilarni tashkil etish haqida qaror qabul qilindi. Ularning zimmasiga fuqarolarning shaxsiy va mulkiy muhofaza qilish kabi vazifalar yuklatildi.
1919 yil 16 fevraldagi Markaziy Ijroiya Qo‘mitasining qaroriga asosan Toshkent shahrini himoya qilish boshqarmasi boshlig‘i etib Frans Yanovich Sirul tayinlandi.
1918-1919 yillarda eski shaharda tuzilgan Partiya drujinasiga Mirkomil Mirsharipov rahbarlik qildi. Yangi shahar qismidagi shunday drujinani D.G.Shpilkov boshqardi.
1917 yildan 1933 yilga qadar Toshkent shahrida ikkita militsiya boshqarmasi mavjud bo‘lgan.
1920-1930 yillarda Toshkentda mustaqil faoliyat yuritadigan ikkita yangi jinoyat qidiruv bo‘limlari tashkil etildi – shahar va uyezd bo‘limlari. Toshkent uyezd jinoyat qidiruv bo‘limiga Qurbon Maxmudov, ikkinchisiga Mixail Zinkin boshchilik qilgan.
1930-1940 yillarda Toshkent shahar militsiyasi xodimlari nafaqat Toshkentning, balki butun O‘zbekistonning xalq xo‘jaligini tiklashga salmoqli hissa qo‘shdi.
1941 yilning oxiri 1942 yillarda Toshkent shahrida oltita tuman bo‘lib, bular - Kirov, Kuybishev, Lenin, Oktyabr, Stalin va Frunze deb nomlangan. Toshkent shahri militsiyasining boshqarma, bo‘lim va bo‘linmalari urush yillarida frontda ham, mamlakat ichkarisida ham faoliyat ko‘rsatdi.
1950 yillarning oxiri 1960 yillarda Toshkent shahar militsiya boshqarmasi Jamoat tartibini saqlash boshqarmasi tarkibiga kirgan (bu paytda Xalq komissarlari kengashi Jamoat tartibini saqlash idorasi deb atalgan).
1965 yildan Toshkent shahar Jamoat tartibini saqlash idorasi Toshkent shahar kengashi ichki ishlar bo‘limi deb atala boshlandi.
1970-1990 yillarda shahar milisiyasi tarkibi yanada kengaydi.
1991 yil mustaqillik sharofati bilan mamlakatimiz tarixida bo‘lgani kabi, ichki ishlar sohasida ham yangi davr boshlandi.
O‘zbekiston Respublikasi IIVning 29.03.1993 yildagi 90-sonli buyrug‘iga asosan “Toshkent shahar ijroiya qo‘mitasi IIB” nomi “Toshkent shahar IIBB” deb o‘zgartirildi.
Har bir oila, jamiyat va davlatda bo‘lgani kabi poytax milisiyasi rivojida birinchi rahbarlari alohida o‘rin tutgan. Toshkent shahar milisiyasi faoliyatida o‘zining munosib hissasini qo‘shgan rahbarlar quyidagilardan iborat bo‘lgan:
1947-1951 yil. Polkovnik Voronov Aleksey Nikolayevich;
1951-1955 yil general-leytenant Rodinov Dmitriy Gavrilovich
2012-2015 yil general-mayor Adilov Mirsamad Agzamovich
2015-2018 yil general-mayor Qurbanov Bahodir Nizamovich
2018-2020 yil general-mayor Djurayev Rustam Mirzaevich
Do'stlaringiz bilan baham: |