64
36-modda. Fuqarolarni gigiyenik o‘qitish va tarbiyalash
Fuqarolarni gigiyenik o‘qitish va tarbiyalash ularning gigiyenaga,
sog‘lom turmush tarziga, sog‘liqni saqlashga doir bilimlar, ko‘nikmalar
hamda malakalarni egallashiga qaratiladi va kasalliklarning oldini olish
maqsadida o‘tkaziladi.
Fuqarolarni gigiyenik o‘qitish va tarbiyalash belgilangan tartibda:
ta’lim muassasalarida;
faoliyati oziq-ovqat xomashyosini, oziq-ovqat mahsulotlarini va
ichimlik suvini ishlab chiqarish, saqlash, tashish va realizatsiya qilish,
bolalarni o‘qitish hamda tarbiyalash, aholiga kommunal va maishiy
xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan kadrlarga ishlashga ijozat berish
oldidan, ushbu kadrlarni qayta tayyorlash, ularning malakasini oshirish
paytida o‘tkaziladi.
Do'stlaringiz bilan baham: