34-modda. Dezinfeksiya tadbirlari Yuqumli va parazitar kasalliklar paydo bo‘lishi va tarqalishining
oldini olish, ularning doirasini kamaytirish hamda ularni bartaraf etish
maqsadida:
epidemik ko‘rsatkichlar bo‘yicha dezinfeksiya tadbirlari — davlat
sanitariya nazoratini amalga oshiruvchi organlar tomonidan;
profilaktik dezinfeksiya tadbirlari — yuridik va jismoniy shaxslar
bilan tuzilgan shartnomalar asosida dezinfeksiya stansiyalari tomonidan
o‘tkaziladi.
35-modda. Majburiy tibbiy ko‘riklar Yuqumli va parazitar kasalliklar paydo bo‘lishining hamda
tarqalishining oldini olish, shuningdek, kasb faoliyatiga oid kasalliklar-
ning oldini olish maqsadida bir qator kasb va ishlab chiqarish tarmoq-
larining xodimlari ishga kirish paytida dastlabki majburiy tibbiy
ko‘rikdan hamda keyinchalik vaqti-vaqti bilan tibbiy ko‘riklardan o‘tib
boradi.
Xodimlari majburiy tibbiy ko‘riklardan o‘tkazilishi lozim bo‘lgan
kasblarning va ishlab chiqarishlarning ro‘yxati, bunday ko‘riklarni
o‘tkazish tartibi va muddatlari oldindan O‘zbekiston Kasaba uyushma-
lari Federatsiyasi xabardor qilingan holda O‘zbekiston Respublikasi
Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlanadi.