1.2. Gigiyena fanining rivojlanish tarixi
Gigiyena fani juda uzoq va serqirra rivojlanish yo‘lini bosib o‘t-
gan. Qadimgi va o‘rta asrlarda gigiyena shaxsiy gigiyenaga doir ayrim
elementlar haqidagi qoidalarga ega bo‘lgan bo‘lib, u asosan turmush
tajribalariga asoslangan holda yuzaga kelgan, ijtimoiy yo‘nalishga ega
bo‘lgan biron-bir gigiyenik tadbirlar umuman bo‘lgan emas. Gigiyenik
bilimlarga doir barcha elementlar faqatgina shaxsiy gigiyenagagina
taalluqli bo‘lib, badan tozaligi, turar joylarning orastaligiga oid qoida
kodekslarga amal qilish, ovqatlanish tartibiga rioya qilish va badanni
chiniqtiruvchi muolajalarni bajarish kabilarga qaratilgan.
Feodalizmning rivojlanish davrida Yevropada barcha fanlarning
inqirozga yuz tutganligini guvohi bo‘lamiz. O‘rta asrlardagi diniy aqida-
lar gigiyenaga doir qoidalar va ko‘nikmalardan voz kechishga olib kel-
gan, natijada Yevropa bo‘ylab o‘lat, vabo, moxov, sifilis kabi dahshatli
kasalliklar hukmron bo‘lgan.
Bu davrda gigiyenaning gurkirab rivojlanishiga Sharqdagi xalqlar
o‘rtasida faoliyat ko‘rsatgan olimlar, tabiblar va arboblar o‘z hissalarini
qo‘shganlar. Gigiyena fanining rivojlanishiga X-XI asrlarda yashab ijod
etgan yirik mutafakkir olim Abu Ali ibn Sino o‘zining "Tib qonunlari"
risolasida turar joy gigiyenasi, kiyim-bosh gigiyenasi, ovqatlanish
gigiyenasi, bolalarni gigiyenik tarbiyalash masalalariga katta e’tibor
qaratgan bo‘lib, bu bilimlar hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qot-
gan emas.
Feodalizm davrining oxirlariga kelib ya’ni manufaktura davrida
korxonalarning rivojlanishi kuzatildi, natijada ishlab chiqarish muhitiga
doir muammolar vujudga kelib, bunday sharoitda mehnat qiladiganlar
organizmiga nomuvofiq omillar ta’sirida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan
kasb kasalliklariga e’tiborni qaratmaslik mumkin emasligini isbotladi.
Bunday holat sanoat gigiyenasining rivojlanishiga turtki bo‘lgan.
Shunday qilib, ishchi jamoalarining paydo bo‘lishi bilan bir qatorda
davlatlarni mudofaasi uchun xizmat ko‘rsatadigan doimiy armiyalarning
faoliyati doirasidagi gigiyenik tadbirlarning ishlab chiqilishi zaruriyati
tug‘ilgan, natijada gigiyena fani jamoat xarakteriga ega bo‘lgan fan
qatorida o‘rin egallay boshlagan.
10
Rossiyada bu davrda turli toifadagi aholining yashash va mehnat
qilish sharoitlarini baholashda sanitar tavsifiy usul keng qo‘llanila
boshlagan. Aholining jismoniy rivojlanishini ta’riflovchi, kasallanish
holati va demografik ko‘rsatkichlarni ta’riflash bo‘yicha batafsil kuza-
tishlar olib borilgan. Olib borilgan kuzatishlar endi mamlakatda tub ijti-
moiy o‘zgarishlarni amalga oshirish lozimligini ko‘rsatgan. Bundan
tashqari atrof-muhitning holatini tekshirish ishlari asosan suv, havo,
tuproq, turar joy binolari, mehnat sharoitlarini sanitar baholash bo‘yicha
tavsiyanomalar ishlab chiqish maqsadida va turlicha tabiatga ega bo‘la-
digan omillar majmuasining zararli ta’sirlarini bartaraf qilish uchun
zaruriy tadbirlar ishlab chiqish lozimligini isbotladi. Bu vaqtda gigiyenik
me’yorlashtirish masalalari hali yo‘lga qo‘yilmagan edi. Rossiyada
gigiyenaning maxsus fan sifatida shakllanishi va mutaxassislarni o‘qitish
uchun predmet bo‘lib qolishida M.Ya. Mudrov, A.P. Dobroslavin, F.F.
Erismanlarning xizmatlari alohida o‘rin egallaydi. Shu bilan birga XVIII
va XIX asrlardagi tibiiy-vrachlar ham gigiyena faniga alohida e’tibor
qaratganlar.
N.I. Pirogovning aytgan so‘zlariga e’tibor beraylik: “Men gigiyena-
ga ishonaman. Kelajakdagi tibbiyot profilaktik yoki ogohlantiruvchi
tibbiyotga taalluqli bo‘lib qoladi”. O‘sha davrdagi rus vrachlari jamiyati-
ning raisi S.P. Botkinning fikriga ko‘ra “Sog‘lomlashtirishga oid chuqur
g‘oya kundan-kunga e’tiborli bo‘lib bormoqda, sog‘lomlashtirish haqi-
dagi fikr shaharlarimizning kanalizatsiyasi, chiqindilarni assenizatsiya-
lash-zararli kasalliklarning tarqalishida markaz ekanligi kundan-kunga
oydinlashib bormoqda”.
Mashhurligi bilan tanilgan terapevt G.A.Zaxarin 1873-yilda o‘zi-
ning Moskva universitetida so‘zlagan kirish nutqida shunday degan edi:
“Ommaning xastaliklari bilan g‘olibona kurasha oluvchi fan faqat
gigiyena bo‘lishi mumkin. Shuning uchun kasallik va uni davolash usul-
larini bilgandan ko‘ra gigiyenik bilimlardan voqif bo‘lish hamma uchun
zarurdir”.
Gigiyena sohasida muntazam ravishda ilmiy tekshirishlarni olib
borish Rossiya universitetlari qoshidagi tibbiyot fakultetlarida gigiyena
kafedralarining ochilishi bilan bog‘lanib ketadi.
Birinchi gigiyena kafedrasi A.P.Dobroslavin tomonidan Peterburg-
dagi Harbiy tibbiy jarrohlik akademiyasida (1871-y.) ochilgan edi. A.P.
Dobroslavin Rossiyada birinchi bo‘lib gigiyenani fan sifatida ro‘yobga
chiqarib, ilmiy tajribalarga tayangan holda namoyon qildi. A.P.
11
Dobroslavinning juda ko‘p ilmiy ishlari kommunal gigiyena masala-
lariga qaratilgan edi. Uning qalamiga “Gigiyena” nomli 2 tomli qo‘lyoz-
ma mansubdir.
1882-yilda gigiyena kafedrasi Moskva Universitetida ham tashkil
etilgan. Uning tashkilotchisi F.F.Erisman bo‘lib, uning hamma mehnat
faoliyati yuqori darajadagi gigiyenik tekshirishlarga bag‘ishlangan
bo‘lib, shu bilan bir qatorda amaliy sanitariya sohasida tibbiy-jamoat-
chilik ishlarida ham faol ishtirok etgan. U Moskvada birinchi shahar
sanitariya stansiyasini tashkil etgan va bu stansiyada laboratoriya tekshi-
rishlarini keng ko‘lamda yo‘lga qo‘ygan olim hisoblanadi. F.F. Erisman
kommunal gigiyena, mehnat gigiyenasi, bolalar va o‘smirlar gigiyenasi
sohasida malakali faoliyat ko‘rsatgan.
1885-yilga kelib Rossiyada bir nechta gigiyena kafedralari faoliyat
ko‘rsatgan bo‘lib, ularga A.P. Dobroslavin, F.F. Erisman, A.N.Yakobiy
(Kozon), I.P. Skvorsov (Xarkov) larni kiritish mumkin. V. Levental
(1887, Parij) ning fikriga ko‘ra Yevropadagi davlatlar ichida faqatgina
Rossiyada gigiyena fani o‘zining ilmiyligi bilan boshqa davlatlarnikidan
ajralib turadi. Rossiyadagi gigiyena ko‘p ma’noda ijtimoiy gigiyena
yo‘nalishida ekanligi bilan farqlangan.
Sobiq SSSR vaqtida gigiyenaning rivojlanishiga o‘zlarining ulkan
hissalarini qo‘shganlar qatoriga juda ko‘p gigiyenik tekshirish usullarini
ishlab chiqqan, kommunal gigiyena, ovqatlanish gigiyenasi, maktab
gigiyenasi masalalariga e’tibor qaratgan olim G.V.Xlopin hisoblanadi.
Undan tashqari SSSR sog‘liqni saqlash tizimini boshlab bergan
tashkilotchilar N.A. Semashko, Z.P. Solovev; kommunal gigiyena soha-
sida taniqli bo‘lgan olimlar A.N. Sisin, Z.G. Frenkel, A.N. Marzeyev,
V.A. Ryazanov; mehnat gigiyenasining rivojlanishiga hissa qo‘sh-
ganlardan S.I. Kaplun, V.A.Levitskiy, A.A. Letavet, V.A.Vigdorchik,
E.M. Kagan, V.K. Navrotskiy; ovqatlanish gigiyenasi sohasida M.N.
Shaternikova, I.P. Razenkova, O.P. Molchanova, A.P. Palladin, K.S.
Petrovskiy, A.A. Pokrovskiy faoliyat ko‘rsatganlar. 1922-yilda Ittifoq
miqyosida sanitariya xizmati tashkil etilgan bo‘lib, ogohlantiruvchi va
joriy sanitariya nazoratini amalga oshirgan. Sanitariya organlarining
faoliyatlari o‘zining qonuniy asoslariga ega bo‘lib, “SSSR va Ittifoqdosh
Respublikalar sog‘liqni saqlash tizimi haqidagi qonunlarining asoslari”
hujjatida o‘z aksini topgan hamda tegishli organlar tomonidan
“Sanitariya qoidalari va me’yorlari”, Davlat Standartlari va tegishli
instruksiyalar tasdiqlangan.
12
Bizning mustaqil Respublikamizda gigiyena fanining taraqqiyoti
Toshkent Davlat Tibbiyot instituti tarkibida tashkil topgan gigiyena
kafedralarining faoliyatlari bilan chambarchas bog‘lanib ketgandir.
O‘zbekistondagi tibbiyot institutlarining barcha gigiyena kafedra-
larining asosi bo‘lib, 1920-yilda tashkil topgan O‘rta Osiyo Davlat
Universiteti qoshida tashkil etilgan umumiy gigiyena yoki avvalgi nomi
“Eksperimental gigiyena” kafedrasi hisoblanadi.
O‘sha davrdagi birinchi kafedra mudiri doktor
Pinegin Grigoriy Nikolayevich bo‘lgan. G.N.
Pinegin sanitariyaga doir masalalarning amaliy qo‘l-
lanishini chet davlatlardan o‘rganib qaytganligi
sababli, u shu usullar va tajribalarni bizning institu-
timizda ham qo‘llagan (G.N. Pinegin 1906-1910-
yillarda AQSHda, 1910-1912-yillarda Angliyada
bo‘lgan). U chet davlatlardagi aholiga suv tarqatish
tarmoqlari, chiqindi suvlarni tozalash, qattiq
chiqindilarni yoqish kabi usullarni o‘zimizda tatbiq
qilinishiga sababchi bo‘lgan olimdir. London
Universitetida vrachlarga o‘qiladigan ma’ruzalar kursini to‘liq tinglagan.
Kafedrada va amaliyotda sanitar-texnik tekshirish usullarining keng
ko‘lamda joriy qilinishi o‘sha chet davlatlardagi o‘rganilgan usullarni
o‘zimizda qo‘llanishi bilan bog‘liqdir. Bu davrda G.N. Pineginning
rahbarligida Tixomirov Maksimilian Petrovich (Turkiston Harbiy ok-
rugining harbiy-sanitar inspektori), Robinzon Vladimir Nikolayevich
(farmatsiya magistri) va Pinegina Avgusta Yakovlevnalar ham faoliyat
ko‘rsatganlar.
G.N. Pinegindan so‘ng kafedraning rahbarligi Bautin Semen Dmitri-
yevich (1930) ga topshirilgan bo‘lib, u Saratov universitetida faoliyat
ko‘rsatar edi. S.D. Bautin kafedraning ilmiy ishlariga ijtimoiy-gigiyenik
yo‘nalishni kiritgan, jumladan u Respublikamizdagi ayrim qishloq va
viloyatlar aholi yashash joylariga ilmiy ekspeditsiyalar uyushtirgan va
Samarqand viloyati hududida bo‘lgan Zirabuloq stansiyasi atrofidagi
aholining yashash va turmush sharoitlarini o‘rganib, olingan natijalar
asosida 24 ta ilmiy maqolalar chop ettirgan. Shu davrning o‘zida
kafedrada A.V. Georgiyevskiy degan olim ham faoliyat ko‘rsatgan,
keyinchalik u professorlik lavozimiga ko‘tarilib ToshDavTIning
epidemiologiya kafedrasiga rahbarlik qilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |