ISBN 978-9943-6406-2-7
© F.I. Salomova, L.K.Abdukadirova, va bosh.
© “O‘ZKITOBSAVDONASHRIYOTI”, 2020
3
K I R I SH
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Oliy ta’lim tizimini
yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi, “O‘zbekiston Res-
publikasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari
to‘g‘risida”gi va “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini
oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada ken-
gaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorlari oliy ta’lim, jumladan
tibbiy ta’lim tizimini yanada takomillashtirish va kompleks rivojlantirish
bo‘yicha eng muhim vazifalar etib: har bir oliy ta’lim muassasasi jahon-
ning yetakchi ilmiy-ta’lim muassasalari bilan yaqin hamkorlik aloqalari-
ni o‘rnatish, o‘quv jarayoniga xalqaro ta’lim standartlariga asoslangan
ilg‘or pedagogik texnologiyalar, o‘quv dasturlari va o‘quv-uslubiy mate-
riallarini keng joriy qilish, o‘quv-pedagogik faoliyatga, master-klasslar
o‘
tkazishga, malaka oshirish kurslariga хorijiy hamkor ta’lim muassasa-
laridan yuqori malakali o‘qituvchilar va olimlarni faol jalb qilish, ular-
ning bazasida tizimli asosda respublikamiz oliy ta’lim muassasalari ma-
gistrant, yosh o‘qituvchi va ilmiy xodimlarining stajirovka o‘tashlarini,
professor-o‘qituvchilarni qayta tayyorlash va malakasini oshirishni tash-
kil qilish; pedagog kadrlarning kasb mahorati sifati va saviyasini uzluk-
siz yuksaltirish, xorijda pedagog va ilmiy xodimlarning malakasini oshi-
rish va stajirovkasini o‘tkazish, oliy ta’lim muassasalari bitiruvchilarini
PhD va magistratura dasturlari bo‘yicha o‘qitish, oliy ta’lim muassa-
salari va qayta tayyorlash va malaka oshirish markazlari o‘quv jarayon-
lariga yuqori malakali xorijiy olimlar, o‘qituvchi va mutaxassislarni
keng jalb qilish, ta’lim jarayoniga iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining
ishtirokini yanada kengaytirish va boshqa vazifalar belgilangan.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respub-
likasida tibbiy ta’lim tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari to‘g‘ri-
sida”gi Qaroriga asosan “Tibbiy profilaktika ishi” ta’lim yo‘nalishida
o‘qish muddati 6 yildan 5 yilga qisqartirildi va bitiruvchilarga “Vrach
gigiyenist epidemiolog” kvalifikatsiyasi beriladigan bo‘ldi. “Tibbiy pro-
filaktika ishi” ta’lim yo‘nalishining asosiy maqsadi Respublikamizda
ekologik holatni yaxshilash, sanitar-epidemiologik barqarorlikni ta’min-
lash va aholi o‘rtasida kasallanishlarni kamaytirish maqsadida Sanita-
riya-epidemiologik osoyishtalik agentligida sanitariya epidemiologiya
4
nazoratini olib boruvchi mutaxassislarni – vrach gigiyenist epidemio-
loglarni tayyorlashdan iborat.
Tibbiy profilaktika ishi ta’lim yo‘nalishining rivojlanish tarixiga
qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. 1920-yilda Turkiston davlat universiteti
tashkil etilgan bo‘lib uning tarkibida tibbiyot fakulteti bo‘lgan. 1931-
yilda fakultet O‘rta Osiyo tibbiyot instituti nomi bilan universitetdan
ajralib chiqadi va 1935-yilda Toshkent tibbiyot instituti deb qayta
nomlanadi. Institut tarkibida davolash-profilaktika, onalik va bolalikni
himoya qilish, sanitariya-profilaktika va stomatologiya fakultetlari bo‘l-
gan. 1933-yildan sanitariya-profilaktika fakulteti sanitariya-gigiyena
fakulteti deb qayta nomlangan. 1992-yildan hozirgi vaqtgacha tibbiy
profilaktika fakulteti deb yuritiladi.
Toshkent tibbiyot akademiyasining tibbiy-profilaktika fakulteti
sanitariya epidemiologiya sohasidagi yuqori malakali mutaxassislarni
tayyorlaydigan xamdo‘stlik davlatlaridagi 33ta fakultetlar orasida nufuz-
li o‘ringa ega bo‘lib, respublikamizda tayanch fakultet hisoblanadi.
Bundan tashqari Samarqand tibbiyot institutida, Andijon tibbiyot
institutida, Toshkent pediatriya tibbiyot institutining Nukus filialida va
boshqa tibbiyot institutlarida ushbu soha mutaxassislari tayyorlanmoqda.
Vrach gigiyenist epidemiolog - yetarli bilim va ko‘nikmalarga ega,
keng omma va alohida guruhlar orasida aholi salomatligini saqlash va
mustahkamlash, kasallanishni oldini olish bo‘yicha epidemiologiya
nazoratini o‘tkazish, kasbiy vazifasi doirasida holatni tahlil qilish, chora-
tadbirlar ishlab chiqish va amalga oshirishga qodir yuqori malakali
vrach.
Vrach gigiyenist epidemiolog Respublika, viloyat va tumanlarning
SEOAlarida, Respublika karantin va o‘ta xavfli kasalliklar profilaktikasi
ilmiy markazi va uning filiallari, dezinfeksiyalovchi va sanitariya nazo-
rati punktlarida, Tibbiy sanitariya qismlari, ko‘p tarmoqli shifoxonalar,
poliklinikalarda, OITSga qarshi kurash markazi va uning filiallarida,
Ilmiy tekshirish institutlarida, O‘zbekiston havo yo‘llari va temir yo‘llari
tizimidagi SEOAlarida, Tibbiyot sanitariya qismlarida (Ichki ishlar
vazirligi; Milliy xavfsizlik xizmati; Mudofaa vazirligi) va boshqa
muassasalarda o‘z faoliyatini olib boradi.
O‘zRning “Aholining sanitariya-epidemiologik osoyishtaligi
to‘g‘risida”gi Qonuni hamda O‘zR VMning “Respublika sanitariya-
epidemiologiya xizmati faoliyatini va uni malakali kadrlar bilan ta’min-
lanish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” to‘g‘risidagi
5
Qaroriga asosan quyidagilar sanitariya-epidemiologik osoyishtalik
agentligi markazlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari etib
respublikada sanitariya-epidemiologik ahvol va radiatsiya holati monito-
ringini olib borish, kelgusida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga,
yashash muhiti omillarining insonga zararli ta’sirini bartaraf etishga,
atmosfera havosi, tuproq, oziq-ovqat mahsulotlari va ichimlik suvi
ta’minoti manbalari ifloslanishini oldini olishga qaratilgan kompleks
sanitariya-gigiyena, epidemiyaga qarshi va tashkiliy chora-tadbirlarni
amalga oshirish;
- eng avvalo, o‘ta xavfli yuqumli kasalliklar profilaktikasi, ularning
o‘choqlarini bartaraf etish va tarqalib ketishining oldini olishga yo‘nal-
tirilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish hisobiga aholini virusli va
yuqumli kasalliklardan himoya qilish tizimining samaradorligi va
ishonchliligini oshirish;
- binolar va inshootlarni, suv ta’minoti, kanalizatsiya, oqova suvlar-
ni tozalash, gidrotexnika inshootlari tizimlarini va boshqa obyektlarni
loyihalashtirish, qurish, rekonstruksiya qilishda, xomashyoning yangi
turlarini, oziq-ovqat mahsulotlari, sanoat buyumlari, qurilish material-
lari, ionlantiruvchi nurlanish manbalari, kimyoviy moddalar, biologik
vositalar, tibbiy va immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarish va
qo‘llashda sanitariya normalari, qoidalariga va gigiyenik normativlarga
rioya qilinishi ustidan nazoratni ta’minlash;
- aholi punktlari va hududlarni saqlash, sanoat, qishloq xo‘jaligi va
maishiy- xo‘jalik chiqindilarni, shu jumladan radioaktiv va zararli mod-
dalarni to‘plash, saqlash, tashish va utilizatsiya qilish ustidan zarur sani-
tar-epidemiologik nazoratni ta’minlash;
- avariyali vaziyatlarni tugatishda sanitariya-gigiyena va epidemiya-
ga qarshi tadbirlarni amalga oshirish, manfaatdor vazirliklar va
idoralarning tegishli bo‘linmalarini jalb etgan holda yuqumli va parazitar
kasalliklarni aniqlash;
- oilada tibbiy madaniyatni oshirish, sanitariya normalari va qoida-
lariga rioya qilinishi, shuningdek sanitariya-epidemiologiya masalalarida
xotirjamlikni ta’minlash bo‘yicha aholi orasida keng tushuntirish ishlari
olib borilishini tashkil etish.
“Tibbiy profilaktika ishi” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchilari, ya’ni
vrach gigiyenist epidemiologlarning mehnati tufayli Respublikamizda
vabo, o‘lat, bezgak, kuydirgi, poliomiyelit kabi o‘ta og‘ir yuqumli kasal-
liklar bartaraf etildi. Hozirgi kunda respublikamizda sanitar-gigiyenik,
6
epidemiologik va radiatsion xavfsizlik barqaror bo‘lib boshqa davlatlar-
dan o‘ta xavfli yuqumli kasalliklarning kirib kelishiga yo‘l qo‘yilma-
yapti hamda O‘zbekistonda istiqomat qilib kelayotgan 34 milliondan
ortiq aholining sanitar-gigiyenik va epidemiologik barqarorligi yuqori
darajada ta’minlangan.
Qo‘lingizdagi o‘quv adabiyoti bo‘lajak vrach gigiyenist epidemio-
logda gigiyenaga doir dastlabki bilimlarga asoslangan holda aholi o‘rta-
sida sanitar bilimdonlikni oshirish bo‘yicha tadbirlarni bajarish, atrof-
muhit omillarini inobatga olib, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi
tushunchalarini shakllantirishga yo‘naltirilgan, kasalliklarni oldini olish-
da profilaktik tadbirlarni tashkillashtirish uchun mutaxassislik fanlarini
(bolalar va o‘smirlar gigiyenasi, ovqatlanish gigiyenasi, kommunal
gigiyena, mehnat gigiyenasi, radiatsion gigiyena, harbiy gigiyena,
epidemiologiya) o‘zlashtirish uchun zamin yaratadi. Shunday qilib ush-
bu o‘quv adabiyoti sizning tanlagan kasbingiz haqida umumiy tushuncha
berishga, kelgusida mutaxassislik fanlarini chuqur o‘zlashtirishga to‘g‘ri
yo‘nalish beradi degan umiddamiz. Mualliflar o‘quv adabiyoti bo‘yicha
bildirilgan barcha fikr va mulohazalarni mamnuniyat bilan qabul qiladi.
7
Do'stlaringiz bilan baham: |