311
Lokal halokat - radioaktiv mahsulotlar yoki nurlanishlarning usku-
nalar, texnologik tizimlar, binolar va inshootlarning chegarasidan nor-
mal ekspluatatsiya uchun belgilangan qiymatlardan chetga chiqishiga
olib keladi. Bunda binoda, inshootda yoki ish maydonchasida bo‘lgan
xodimlar (shaxsiy tarkib) normal ekspluatatsiya uchun yo‘l qo‘yiluvchi
dozalardan oshadigan darajada nurlanishi mumkin.
Mahalliy halokat - radioaktiv mahsulotlar sanitariya-muhofaza zo-
nasi (SMZ) hududida normal ekspluatatsiya uchun belgilangan qiymat-
lardan oshadigan miqdorda chiqishiga olib keladi. Bunda ham xodimlar
(shaxsiy tarkib) yo‘l qo‘yiluvchi dozalardan oshadigan
darajada nur-
lanishi mumkin.
Umumiy halokat - radioaktiv mahsulotlar normal ekspluatatsiya
uchun belgilangan qiymatlardan oshadigan miqdorda SMZ chegarasidan
tashqariga chiqishiga va bunda aholining nurlanishi va atrof-muhitning
ifloslanishi belgilangan me’yorlardan oshishiga olib kelishi mumkin.
1990-yilda “Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik” va “Iqtiso-
diy hamkorlik va rivojlanish tashkilotining yadro energiyasi bo‘yicha
agentligi”ning xalqaro mutaxassislar guruhi tomonidan “Yadro va
radiologik hodisalarning xalqaro shkalasi” (INES) ishlab chiqilgan bo‘-
lib, uning yadro obyektlarida sodir bo‘ladigan hodisalarning xavfsizlik
nuqtai nazaridan ahamiyati haqida xabardor qilib turadigan qurol sifatida
qilishi mo‘ljallangan. Keyinchalik, radiatsion xavflar paydo bo‘lishiga
olib keluvchi har qanday hodisalarning ahamiyati haqida
xabar berib
turish zarurati oshgani oqibatida INESga qo‘shimchalar kiritildi. 2008-
yilda RMXKga radiatsion halokatlar va hodisalar darajalarining
quyidagi tavsifnomasi tavsiya etilgan.
INES shkalasi:
7 daraja: Yirik halokat — insonlar salomatligi va atrof-muhit uchun
keng ko‘lamdagi asoratlar qoldiruvchi, rejalashtirilgan va uzoq davom
etuvchi qat’iy choralarni amalga oshirishni talab qiluvchi yirik
radioaktiv materiallar tashlanmalari (masalan, AESdagi halokat);
6 daraja: Jiddiy halokat — rejalashtirilgan qat’iy
choralarni amalga
oshirishni talab qilishi ehtimoli bo‘lgan salmoqli radioaktiv materiallar
tashlanmalari (masalan, AESdagi halokat);
5 daraja: Keng asoratli halokat — reaktor faol zonasining og‘ir
shikastlanishi: qurilma doirasidagi aholini nurlantirishi ehtimoli yuqori
bo‘lgan radioaktiv materiallar tashlanmasi, shuningdek, radioaktiv
materialning cheklangan tashlanmasi, u ba’zi rejalashtirilgan qat’iy
312
choralarning amalga oshirilishini talab qilishi mumkin. Nurlanish tufayli
bir nechta o‘lim hodisalari bo‘lishi mumkin;
4 daraja: Lokal asoratli halokat — eng
kamida bitta nurlanishdan
o‘lish hodisasi kuzatiladi. Loyihada ko‘zda tutilgan zonadan tashqariga
uncha katta bo‘lmagan radioaktiv material tashlanmasi ro‘y beradi.
Rejalashtirilgan qat’iy choralarning amalga oshirilishi talab etilishi
ehtimoli kam;
3 daraja: Jiddiy hodisa (masalan, yo‘qolgan, o‘g‘irlangan va ko‘z-
lanmagan joyga yetkazib berilgan manba) — ishchilar uchun o‘rna-
tilgan yillik chegaradan o‘n marta oshadigan nurlanish. Nurlanishdan
salomatlik uchun o‘limga olib kelmaydigan determinatsiyalangan
samara (masalan, kuyishlar). Ishlash dozasidagi nurlanish dozasi quvvati
1 Zv/sdan oshmaydi. Loyihada ko‘zda tutilmagan zonadagi kuchli
radioaktiv
ifloslanish;
2 daraja: Hodisa - aholining 10 mZv dan yuqori nurlanishi. Xodim-
ning belgilangan yillik chegaralardan oshadigan nurlanishi (masalan,
xavfsizlikni ta’minlash vositalaridan voz kechish, xavfsizlik saqlangani
holdagi yuqori faol egasiz INM, yuqori faollikka ega yopiq INMning
qadog‘i buzilishi);
Anomaliya — aholi vakillarining me’yordan
ortiqcha nurlanishi
(masalan, INM yo‘qolishi yoki o‘g‘irlanishida, tashish vaqtida noto‘g‘ri
joylanganda).
Do'stlaringiz bilan baham: