F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


 Ochiq va yopiq turdagi INM haqida tushuncha



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

9.4. Ochiq va yopiq turdagi INM haqida tushuncha 
 
Insonlar  o‘z faoliyatining turli sohalarida foydalanadigan  ionlan-
tiruvchi nur manbalari 2 guruhga:  ochiq va yopiq turga   bo‘linadi. 
Yopiq  ionlanish  manbalar    -    bu shunday INM -ki, ular bilan ish-
laganda odamlar nurlanadi, ammo RM ni normal sharoitda  ekspluatatsiya 
qilganda, u odam organizmiga tushmaydi. Bu INM ning o‘zi  ham 2 
guruhga bo‘linadi:  
a)  izotop manbalar, ular uzluksiz ta’sirga ega nurlanish manbalari 
hisoblanadi.   
b) noizotop manbalar, ya’ni nurlanish generatorlari. 
        Yopiq INM metallurgiyada, temir yo‘l transportida (gamma-defek-
toskopiya), kimyo sanoatida  (radioizotopli asboblar (RIA)dan foyda-
lanish), geologiyada (razvedka-qidiruv ishlari, RIA, daraja o‘lchagichlar 
va hokazo), tibbiyotda (rentgen va gamma-qurilmalari,  zarrachalarni tez-
latgichlar), qishloq xo‘jaligida (urug‘larni, qishloq xo‘jaligi mahsu-
lotlarini nurlantirish), ilmiy tadqiqotlarda, energetikada (AESlarda) 
 
qo‘llanilishi mumkin.  Yopiq manbalar bilan ishlovchi shaxslar, ulardan 
normal sharoitda foydalanganda faqat tashqi nurlanish ta’siriga uchray-
dilar. Tashqi nurlanish manbaning aktivligiga, ular bilan ishlash vaqtiga, 
izotopning doimiy gammasiga to‘g‘ri proportsional  manba bilan xodim 
o‘rtasidagi masofa va nurlanishni to‘siqlar bilan pasaytirish karraligiga 
teskari proportsional ekanligi aniqlangan.                             
Yopiq INM bilan ishlashga faqat SEOA bilan kelishilganda va sanitar 
pasport bo‘lgandagina ruxsat etiladi. Bu manbalarni ekspluatatsiya 
qilganda ularni  saqlash, tashish,  ximoya moslamalarini qo‘llash, masofa 
orqali boshqarish, xonalarni shamolatish,  chiqindilarni hisobdan chiqarish 
va ko‘mish boshqa xonalarga nisbatan manbalarni joylashtirish kabi qator 
talablar bajarilishi kerak. 


306 
 
Ochiq INM  —  shunaqangi manbalarki, ulardan foydalanilganda 
atrof-muhitning RM bilan ifloslanishi va oqibatda ularning inkorporat-
siyaga uchrashi  sodir bo‘lishi mumkin. Bunday manbalar bilan 
ishlayotgan odamlar inkorporatsiyalangan RM hisobiga ham ichki, ham 
tashqi nurlanishga duchor bo‘lishadi.  
INM tibbiyotda juda keng qo‘llaniladi: ulardan tashxislashda, davo-
lashda, shuningdek, ilmiy tadqiqotlar o‘tkazilishida  foydalaniladi. Bunda 
yopiq izotopli manbalar (disantsion telegamma-terapiya apparatlari, 
applikatorlar, bo‘shliqlararo radioterapiya uchun RM), ionlovchi nurlanish 
ishlab chiqaruvchi qurilmalar  (rentgen apparati), shuningdek, ochiq ra-
dionukleidli manbalar (radiofarmatsevtika preparatlari)dan foydalaniladi. 
Tibbiyotda eng keng tarqalgan usullardan biri rentgenodiagnostika, 
ya’ni rentgen tekshiruvlari yordamida olingan ma’lumotlar asosida 
insonlar va hayvonlardagi kasalliklar va shikastlanishlarni aniqlashdir. 
Turli to‘qimalarning rentgen nurlarini yutish koeffitsiyentlari turlicha 
bo‘lgani sababli ba’zi a’zolar (suyaklar, o‘pkalar, yurak) rentgeno-
grafiyada olingan suratlarda va rentgenoskopiya paytida ekranda juda 
yaxshi ko‘rinadi. Shuningdek, organizmga rentgenokontrastli modda-
larni kiritish asosida tashxis qo‘yish usulidan ham foydalaniladi.   
Rentgen tekshiruvlari turlari:  
 rentgenoskopiya  (nur bilan tekshirish, flyuoroskopiya). Ushbu 
rentgen tekshiruvida obyektning tasviri flyuoroskopiya ekranida aks 
etadi. Oddiy rentgenoskopiya qorong‘ilashtirilgan xonada o‘tkaziladi. 
Rentgen-televizion yoritishda tasvir elektron-optik  o‘zgartirgich yorda-
mida kuchaytiriladi va televizor ekraniga uzatiladi.  
rentgenografiya  —  ushbu rentgen tekshiruvida obyektning rentgen 
tasviri (rentgenogramma) fotoplyonkaga tushiriladi.  Rentgenogramma-
larda rentgenoskopiyadagiga nisbatan ko‘proq mayda tafsilotlar aniq-
lanadi. Rentgenografiyada nurlanish yuklamasi kichikroq bo‘ladi.    
 
 
9.4.1-rasm. Rentgen apparatini boshqaruv pulti. 


307 
 
Tomografiya (lotincha tomos — bo‘lak, qatlam, graphia — yozuv). 
Ushbu rentgen tekshiruvi usuli yordamida tekshirilayotgan a’zoning 
chuqurligida yotgan qatlamning suratini olish mumkin. Qavatli surat 
olish uch komponent (rentgen trubkasi, rentgen plyonkasi, tekshirilayot-
gan a’zo)dan ikkitasiga asoslanadi. Tomografga ulangan kompyuter 
shifokorning ishini salmoqli yengillashtirib, shikastlangan a’zoni turli-
cha ko‘rinishlarda tekshirish imkonini beradi. Kompyuter tomografiyasi 
xonasida  o‘tkaziladigan tekshiruvlarning asosiy qismini neyrojarrohlik 
kasalliklari (bosh va orqa miya kasalliklari va shikastlanishlari) tashkil 
etadi. 
Flyurografiya  —  ushbu rentgen tekshiruvida a’zoning rentgen tas-
viri nurlanuvchi ekrandan fotoplyonkaga suratga tushiriladi. Flyuoro-
grafiya asosan ko‘krak qafasi a’zolari, ko‘krak bezlari, suyaklar tizimini 
tekshirish uchun qo‘llaniladi. Rentgen yordamida tashxislash — 
rentgenodiagnostikaning boshqa usullariga nisbatan flyuorografiyaning 
afzalligi shundaki, u yashirin tarzda kechadigan kasalliklarning barini 
birdaniga aniqlash imkonini beradi.  
   
 
 
9.4.2-rasm. Kompyuterli tomografiyaning ko‘rish oynasi orqali  boshqaruv 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish