F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet247/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

pultidan ko‘rinishi. 
 
9.4.3-rasm. Flyuorografiya apparati kamerasi va boshqaruv pulti. 


308 
 
Angiografiya  —  turli a’zolar (miya, yurak, o‘pkalar, buyraklar va 
hokazo)dagi qon tomirlariga kontrastli (keskin soya beruvchi va orga-
nizm uchun xavfsiz bo‘lgan) moddalar kiritiladigan rentgen tekshiruvi. 
Angiografiyadan  tomirlarning, shuningdek, ular atrofidagi to‘qimalar-
ning qon bilan ta’minlanishini o‘rganishda foydalaniladi.  
 
Ionlantiruvchi nurlanish manbalaridan  foydalanganda radiatsion 
xavfsizlik.  Butun aholini 3 toifadagi nurlanuvchi shaxslarga bo‘lish 
mumkin: 
A - INM bilan bevosita ishlovchi shaxslar yoki xodimlar;    
B - aholining cheklangan qismi;  
D  - butun viloyat va respublika aholisi. 
RED –Ruxsat etilgan   doza faqat A va B guruhiga mansub aholi uchun 
belgilangan. V-guruh uchun esa belgilanmagan. 
RED- bu shunday ekvivalent dozaki, qachonki 50 yil maboynida IN 
bilan muloqotda bo‘lsada, salomatlikka zarar yetkazmaydi. 
A-guruh-xodimlar uchun yo‘l qo‘yilgan eng kam doza miqdori  -  2 
ber/yil;  
B - aholining cheklangan qismi uchun  (0,2 ber/yil); 
D  - guruh uchun RED belgilanmagan.  
Atrof-muhitni radioaktiv ifloslantiruvchi manbalar va radioaktiv 
chiqindilarning tavsifnomasi. 
Radioaktiv moddalardan foydalanila boshlanganidan beri atrof-mu-
hitda salmoqli miqdorda radionukleidlar paydo bo‘ldiki, ular quyidagi 
sabablarga ko‘ra yuzaga kelgan:   
 a)  yadro quroli sinovlari; 
 b) bo‘linuvchi materiallar olinishi va qayta ishlanishi bo‘yicha kor-
xonalar faoliyati;   
 d) ishlab chiqarish texnologiyasida RMdan foydalanadigan muassasalar, 
tashkilotlar va laboratoriyalar faoliyati. 
Hozirgi vaqtda INMdan foydalanish ko‘lamlari kengayayotganligi 
tufayli ham atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishi jiddiy muammoga 
aylanib bormoqda. Atrof-muhit radioaktiv ifloslanishining xususiyatlari 
va darajasi ifloslanish manbalariga bog‘liq.   
Atrof-muhitning global radioaktiv ifloslanishida yadro qurollari 
portlashlarining qoldiqlari, ba’zi mamlakatlarning mahalliy harbiy nizo-
larida qo‘llaniluvchi zamonaviy qurollarning ba’zi turlarida zaif 
boyitilgan urandan foydalanilishi, shuningdek, yadro obyektlarida yuz 
beruvchi halokatlarning asoratlari katta ahamiyatga ega bo‘ladi. 


309 
 
Mahalliy radioaktiv ifloslanish ko‘pincha uncha qudratli bo‘lmagan 
radiologik obyektlarning ishlashi bilan bog‘liq bo‘ladi. 
Atrof-muhitni radioaktiv ifloslantirishi jihatidan xavf soluvchi 
radiologik obyektlarni shartli ravishda 2 guruhga bo‘lish mumkin:  
1. Texnologiyasida ochiq INM gazlar, eritmalar, qattiq yoki kukun-
simon tanachalar sifatida foydalanilishi nazarda tutilgan korxonalar va 
tashkilotlar. Bunday obyektlar sirasiga eng avvalo atom sanoati kor-
xonalari, shuningdek, tibbiyotda ochiq INMdan foydalanish kiradi. 
2. RM ochiq holda foydalaniladigan obyektlar texnologik jarayon-
ning istalmagan yoki muqarrar mahsulotlari sifatida paydo bo‘lmoqda. 
Shunday ekan, radon yerosti yaratmalarida ishlab chiqarish muhitining 
muqarrar omili bo‘ladi, issiqlik ajratuvchi elementlar (IAEL)ning sovu-
tilish jarayonida esa AESda neytronlarni istilo qilishda suvning yo‘nal-
tirilgan radioaktivligi oqibatida radionukleidlar hosil bo‘ladi.    
San Q va M 0193-06 ga muvofiq, tarkibida belgilangan chegaradan 
oshadigan miqdorda RM bor va kelgusida ishlatish uchun yaroqsiz 
bo‘lgan biologik obyektlar, materiallar, mahsulotlar, eritmalar radio-
aktiv chiqindilar sirasiga kiritiladi. Bunday chiqindilar sirasiga ishlatil-
gan radionukleidli manbalar ham kiradi.  
Radioaktiv chiqindilar agregat holatiga ko‘ra suyuq, qattiq va 
gazsimonga ajratiladi.   
Suyuq radioaktiv chiqindilar sirasiga kelgusida ishlatishga yaroqsiz 
organik va noorganik suyuqliklar kiradi, ulardagi radionukleidlarning 
solishtirma faolligi suv bilan tushgandagi aralashuvlar darajasi 
qiymatidan 10 barobar oshiq bo‘ladi.   
Qattiq radioaktiv chiqindilarga o‘z resursini ishlatib bo‘lgan radio-
nukleidli manbalar, kelgusida ishlatishga mo‘ljallanmagan materiallar, 
buyumlar, asbob-uskunalar, biologik obyektlar, tuproq, shuningdek, 
qotirilgan suyuq radioaktiv chiqindilar kiradi.  
Gazsimon radioaktiv chiqindilar sirasiga sanoat ishlab chiqarish 
jarayonlarida yuzaga keladigan, ishlatish mumkin bo‘lmagan radioaktiv 
gazlar va aerozollar kiradi. 
Atrof-muhitni radioaktiv ifloslanishdan himoya qilish chora-
tadbirlari tizimi: 
- tozalovchi asbob-uskunalar sonini maksimal darajada kamaytirish-
ga intilish;   
-  tozalash tizimlariga xizmat ko‘rsatish  va ta’mirlash maksimal 
avtomatlashtirilishini ta’minlash;  


310 
 
- ish samaradorligi signalizatsiyasini ta’minlash;   
- xodimlar uchun xavfsiz ishlashni ta’minlash.  
Atmosferaga tashlanmalarni tozalash bir necha usullar bilan amalga 
oshiriladi, ularni tanlash havo tarkibidagi RMning agregat holati va 
fizikaviy-kimyoviy xususiyatiga bog‘liq. Xususan, radioaktiv aerozollar  
ingichka tolali polimer filtrlar (AFA, FPP turidagi) bilan filtrlash orqali, 
gazlar va bug‘lar esa qattiq yoki suyuq sorbentlar yordamida adsorb-
siyalash yo‘li bilan yo‘qotilishi mumkin.  
Suyuq va qattiq radioaktiv chiqindilar bilan ishlash tizimi ularni 
to‘plash, saralash, qadoqlash, vaqtincha saqlash, ular saqlanishi uchun 
qulay sharoit yaratish (konsenratsiyalash, qotirish, zichlash, yoqish), 
tashish, uzoq vaqt saqlash va ko‘mishni o‘z ichiga oladi.  
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   243   244   245   246   247   248   249   250   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish