10.2. Bakteriologik laboratoriyalarda ishlash qoidalari
Mavjud bakteriologik, virusologik va serologik laboratoriyalarda
yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi, ya’ni patogen mikroorganizmlar
bilan ish olib boriladi. Shuning uchun laboratoriyada ishlashning ichki
tartib qoidalariga qat’iy (xodimlar va talabalar) rioya qilishlari zarur.
1. Laboratoriyalarga patologik materiallarni qabul qilish va bakte-
riologik ishlarni bajarilishida bir tomonga yo‘naltirilgan oqim qoida-
lariga qa’tiy rioya qilinishi kerak.
2. Laboratoriyaning barcha xodimlari oq xalat, oq qalpoqcha yoki
oq ro‘molcha o‘rab, maxsus almashtiriladigan oyoq kiyimida ishlashlari
kerak. Laboratoriyaga halatsiz kirish mutloqa mumkin emas. Zarur
hollarda xodimlar yuzlariga dokadan tayyorlangan niqoblar bilan ish-
lashlari mumkin. Virusologik va o‘ta xafli maxsus rejimli laboratoriya-
larda xodimlar maxsus qabul qilingan qo‘llanmalarga rioya qilgan holda
ishlashadi.
3. Patologik materiallarni qabul qilish, ekish va serologik muola-
jalarni bajarishda xodimlar albatta rezina qo‘lqop bilan ishlashlari zarur.
4. Laboratoriyada chekish, ovqatlanish qa’tiy man qilinadi, ovqat-
lanish, dam olish va yechinish uchun maxsus xonalar ajratiladi.
5. Favqulodda yuqumli materiallar ish stoliga, polga va boshqa
joylarga tushsa, bu joy dezinfeksiya qiluvchi eritma bilan yaxshilab
zararsizlantirilishi zarur.
6. Mikroorganizm kulturalarini saqlash, kuzatish va ularni zararsiz-
lantirish maxsus qo‘llanmalar asosida olib borilishi lozim. Barcha
laboratoriyaga kelgan patogen materiallar, ajratib olingan mikrob shtam-
mlari maxsus daftarlarga ro‘yxatga olinadi.
7. Ishni tamomlagach, ish joyi tartibga keltiriladi va qo‘lni yaxshi-
lab yuvish, kerak xollarda, dezinfeksiya qiluvchi eritmalardan foydala-
nish lozim.
Mutaxassislik talablariga muvofiq bakteriolog shifokor bilishi va
quyidagi talablarga javob berishi kerak.
1. Bakteriolog shifokor umumiy ma’lumotlarga ega bo‘lishi lozim:
O‘zbekiston Respublikasi sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunchilik
asoslari, sog‘liqni saqlash organlari va muassasalari faoliyatini belgilov-
chi siyosiy hujjatlarni;
322
- O‘zbekiston Respublikasi sanitariya-epidemiologiya va davolash-
profilaktika muassasalarida mikrobiologik va immunologik tadqiqotlar
o‘tkazishning asosiy masalalarini;
- xizmat faoliyatini tartibga soluvchi asosiy yo‘riqnoma, o‘quv-
uslubiy va boshqa hujjatlarni;
- umumiy va xususiy mikrobiologiya masalalarini;
- infektologiya muammolari, immunologiya, immunitet mexanizm-
lari, infeksiya ta’limotini;
- bakteriologik, bakterioskopik, serologik va allergik tekshirish
usullarini;
- epidemiologiya va yuqumli kasalliklarning oldini olishning asosiy
masalalarini;
- bakterial infeksiyalarining patogenezi va klinikalari ekologiyasi-
ning asosiy masalalarini;
- sog‘liqni saqlash ta’limi shakllari va usullarini.
2. Bakteriolog shifokor umumiy ko‘nikmalarni bilishi lozim:
- tekshiriladigan materiallarning xarakteri va hajmini, uning
to‘planish vaqti, namuna olish usullari va muddatini belgilash;
- patologik materiallarni olish va laboratoriyaga yetkazishni tashkil
etish;
- tadqiqot uchun materiallarni tashish va saqlash shartlari va usul-
larini aniqlashni;
- tabiiy patologik materialni mikroskopik usulda tekshirish o‘t-
kazishni;
- patologik materiallarni ekish usullari va ularni toza kulturasini
ajratib olishni maqsadga muvofiqligi va ajratish zarurligini aniqlash;
- birlamchi patologik matrialni ekish uchun optimal ozuqa vosita-
larini tanlash, kerak bo‘lganda esa boyituvchi muhitlarni tanlash;
- o‘sib chiqqan kulturalarni sifat va miqdoriy ko‘rsatkichlarini
aniqlash;
- toza kulturalarini ajratish;
- turlarning, tur variantlarning patogenlik omillari uchun kerakli
testlarni tanlash;
- ajratib olingan qo‘zg‘atuvchilarni antibiotikogrammasini va pato-
genlarni epidemiologik markerlarini aniqlash;
- tekshirilayotgan shaxslar qonidan zardob ajratib olish;
- qon zardobidagi antitela titrini va antigen mavjudligini aniqlash;
- yuqumli materiallarini dezinfeksiya qilishni ta’minlash;
323
- tekshiruv materiallarni o‘rganish, yakunlanganidan keyin asosli
javob berish;
- qilingan ishlar bo‘yicha tibbiy hisobat hujjatlarini berish;
- o‘z ish rejasi (bir yil, bir oy, bir hafta, bir kun) va xodimlar ishini
rejalashtirish;
- o‘rta va kichik tibbiy xodimlarni xavfsizlik va epidemiyaga qarshi
tartib-qoidalarga rioya etishlarini nazorat qilish;
- xodimlar; aholi o‘rtasida sog‘liqni saqlash bo‘yicha targ‘ibot
ishlarini amalga oshirish.
3. Bakteriolog shifokor maxsus bilim va ko‘nikmalarni bilishi
lozim:
- bakteriologik va serologik tadqiqotlarni sifatli bajarilishi uchun
zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, ozuqa vositalarini tanlash;
- mikroorganizmlarni atrof-muhit va odamlar materiallardan ajratib
olishni, aholining yoki muayyan bemorlarning sog‘lig‘iga xavf tug‘-
dirish darajasini aniqlash;
- bakteriologik tahlil natijalarini statistik qayta ishlashni amalga
oshirish.
Bundan tashqari bakteriologik shifokorlar SEOA tasarrufidagi
bakteriologik laboratoriyalarda quyidagilarni bilishi lozim. Sanitar-
mikrobiologik tadqiqotlar:
- markazlashtirilgan ichimlik suvi ta’minoti, suv omborlari, suzish
havzalari, kanalizatsiya, havo, tuproq;
- oziq-ovqat mahsulotlari, umumiy ovqatlanish korxonalari mahsu-
lotlari, savdo korxonalari mahsulotlari, bolalar ta’minot sut mahsulotlari
oshxonalari, sutni qayta ishlash va go‘sht sanoati, alkogolsiz sanoat
korxonalarini;
- klinikalar, dorixonalar va dori-darmonlarni o‘rganish;
- oziq-ovqat manbalaridan toksiko-infeksiyalar va zaharlanishlar
uchun: oziq-ovqat mahsulotlaridan zarar ko‘rgan kishilar mahsulotlari,
qo‘llar va oshxona vositalarini tekshirish;
- jarrohlik va kiyim-kechak va bog‘lovchi materiallar dori-
darmonlarning sterilligini aniqlash.
Diagnostik maqsadda shifokor-bakteriolog (saralash) identifikat-
siya qilishni bilishi kerak:
- asosiy ichak guruhi bakteriyalarini;
- resperator yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarini;
- qon infeksiyalarini;
324
- o‘ta hafli yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarini;
- jinsiy yo‘l bilan yuquvchi yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarni;
- jarohat va yiringli kasallik qo‘zg‘atuvchilarini.
Yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki bakterio-
logik shifokor, bakteriologik laboratoriyalarda ishlashi uchun chuqur
bilimga ega bo‘lishi va ko‘nikmalarni puxta bilishi zarur ekan. Shular-
dan kelib chiqgan holda bo‘lg‘uvchi bakteriolog shifokorlar tibbiyot
oligohlarida zamonaviy mikrobiologiya, virusologiya va sanitar bak-
teriologiya fanlarini chuqur o‘zlashtirishlari va amaliy ko‘nikmalarni
puxta o‘zlashtirgan bo‘lishlari kerak, buning uchun oliygohlarda hamma
sharoitlar mavjud.
10.2.1- rasm. Patologik materiallarni
Do'stlaringiz bilan baham: |