F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


 Bakteriologik laboratoriyalarda ishlash qoidalari



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet256/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

10.2. Bakteriologik laboratoriyalarda ishlash qoidalari 
 
Mavjud bakteriologik, virusologik  va serologik laboratoriyalarda 
yuqumli kasalliklarni qo‘zg‘atuvchi, ya’ni patogen mikroorganizmlar 
bilan ish olib boriladi. Shuning uchun laboratoriyada ishlashning ichki 
tartib qoidalariga qat’iy (xodimlar va talabalar) rioya qilishlari zarur. 
1. Laboratoriyalarga patologik materiallarni qabul qilish va bakte-
riologik ishlarni bajarilishida bir tomonga yo‘naltirilgan oqim qoida-
lariga qa’tiy rioya qilinishi kerak. 
2. Laboratoriyaning barcha xodimlari oq xalat, oq qalpoqcha yoki 
oq ro‘molcha o‘rab, maxsus almashtiriladigan oyoq kiyimida ishlashlari 
kerak. Laboratoriyaga halatsiz kirish mutloqa mumkin emas.  Zarur 
hollarda xodimlar yuzlariga dokadan tayyorlangan niqoblar bilan ish-
lashlari mumkin. Virusologik va o‘ta xafli maxsus rejimli laboratoriya-
larda xodimlar maxsus qabul qilingan qo‘llanmalarga rioya qilgan holda 
ishlashadi. 
3. Patologik materiallarni qabul qilish, ekish va serologik muola-
jalarni bajarishda xodimlar albatta rezina qo‘lqop bilan ishlashlari zarur. 
4. Laboratoriyada chekish, ovqatlanish qa’tiy man qilinadi, ovqat-
lanish, dam olish va yechinish uchun maxsus xonalar ajratiladi. 
5. Favqulodda yuqumli materiallar ish stoliga, polga va boshqa 
joylarga tushsa, bu joy dezinfeksiya  qiluvchi eritma bilan yaxshilab 
zararsizlantirilishi zarur. 
6. Mikroorganizm kulturalarini saqlash, kuzatish va ularni zararsiz-
lantirish  maxsus qo‘llanmalar asosida olib borilishi lozim. Barcha 
laboratoriyaga kelgan patogen materiallar, ajratib olingan mikrob shtam-
mlari maxsus daftarlarga ro‘yxatga olinadi. 
7. Ishni tamomlagach, ish joyi tartibga keltiriladi va qo‘lni yaxshi-
lab yuvish, kerak  xollarda, dezinfeksiya qiluvchi eritmalardan foydala-
nish lozim. 
Mutaxassislik talablariga muvofiq bakteriolog shifokor  bilishi va 
quyidagi talablarga javob berishi kerak. 
1. Bakteriolog shifokor  umumiy ma’lumotlarga ega  bo‘lishi lozim: 
O‘zbekiston  Respublikasi sog‘liqni saqlash sohasidagi qonunchilik 
asoslari, sog‘liqni saqlash organlari va muassasalari faoliyatini belgilov-
chi siyosiy hujjatlarni


322 
 
- O‘zbekiston  Respublikasi sanitariya-epidemiologiya va davolash-
profilaktika muassasalarida mikrobiologik va immunologik tadqiqotlar 
o‘tkazishning asosiy masalalarini
- xizmat faoliyatini tartibga soluvchi asosiy yo‘riqnoma,  o‘quv-
uslubiy va boshqa hujjatlarni; 
- umumiy va xususiy mikrobiologiya masalalarini
- infektologiya muammolari, immunologiya, immunitet mexanizm-
lari, infeksiya ta’limotini; 
- bakteriologik, bakterioskopik, serologik va allergik tekshirish 
usullarini; 
- epidemiologiya va yuqumli kasalliklarning oldini olishning asosiy 
masalalarini; 
- bakterial  infeksiyalarining patogenezi va klinikalari ekologiyasi-
ning asosiy masalalarini; 
- sog‘liqni saqlash ta’limi shakllari va usullarini. 
2. Bakteriolog shifokor  umumiy ko‘nikmalarni  bilishi lozim: 
-  tekshiriladigan materiallarning xarakteri va hajmini, uning 
to‘planish vaqti, namuna olish usullari va muddatini belgilash; 
- patologik materiallarni olish va laboratoriyaga yetkazishni tashkil 
etish; 
-  tadqiqot uchun materiallarni tashish va saqlash shartlari va usul-
larini aniqlashni; 
-  tabiiy  patologik  materialni mikroskopik  usulda    tekshirish  o‘t-
kazishni; 
-  patologik materiallarni ekish usullari va ularni toza kulturasini  
ajratib olishni maqsadga muvofiqligi  va ajratish zarurligini aniqlash; 
-  birlamchi patologik matrialni ekish uchun optimal ozuqa vosita-
larini tanlash, kerak bo‘lganda  esa boyituvchi muhitlarni tanlash
-  o‘sib chiqqan kulturalarni sifat va miqdoriy  ko‘rsatkichlarini 
aniqlash; 
- toza kulturalarini  ajratish; 
-  turlarning,  tur  variantlarning patogenlik omillari  uchun kerakli 
testlarni  tanlash; 
- ajratib olingan  qo‘zg‘atuvchilarni antibiotikogrammasini va  pato-
genlarni  epidemiologik markerlarini  aniqlash; 
- tekshirilayotgan shaxslar qonidan  zardob ajratib olish; 
- qon zardobidagi antitela titrini va antigen mavjudligini aniqlash; 
- yuqumli materiallarini dezinfeksiya qilishni ta’minlash; 


323 
 
-  tekshiruv  materiallarni  o‘rganish,  yakunlanganidan keyin asosli 
javob berish; 
- qilingan ishlar bo‘yicha tibbiy hisobat  hujjatlarini berish; 
- o‘z ish rejasi (bir yil, bir oy, bir hafta, bir kun) va xodimlar ishini 
rejalashtirish; 
- o‘rta va kichik tibbiy xodimlarni xavfsizlik va epidemiyaga qarshi 
tartib-qoidalarga rioya etishlarini nazorat qilish; 
-  xodimlar; aholi o‘rtasida sog‘liqni saqlash bo‘yicha  targ‘ibot 
ishlarini amalga oshirish. 
3.  Bakteriolog shifokor  maxsus bilim va   ko‘nikmalarni    bilishi 
lozim: 
-  bakteriologik  va serologik tadqiqotlarni    sifatli bajarilishi uchun 
zarur bo‘lgan asbob-uskunalar, ozuqa vositalarini tanlash; 
- mikroorganizmlarni atrof-muhit va  odamlar materiallardan ajratib 
olishni, aholining yoki muayyan bemorlarning sog‘lig‘iga xavf tug‘-
dirish darajasini aniqlash; 
- bakteriologik tahlil natijalarini statistik qayta ishlashni amalga 
oshirish. 
Bundan tashqari bakteriologik shifokorlar SEOA  tasarrufidagi 
bakteriologik laboratoriyalarda  quyidagilarni  bilishi lozim. Sanitar-
mikrobiologik tadqiqotlar:  
- markazlashtirilgan ichimlik suvi  ta’minoti, suv omborlari, suzish 
havzalari, kanalizatsiya, havo, tuproq; 
-  oziq-ovqat mahsulotlari, umumiy ovqatlanish korxonalari mahsu-
lotlari, savdo korxonalari mahsulotlari, bolalar ta’minot sut mahsulotlari 
oshxonalari, sutni qayta ishlash va go‘sht sanoati, alkogolsiz sanoat 
korxonalarini;  
- klinikalar, dorixonalar va dori-darmonlarni o‘rganish; 
 -  oziq-ovqat manbalaridan toksiko-infeksiyalar va zaharlanishlar 
uchun: oziq-ovqat mahsulotlaridan zarar ko‘rgan kishilar mahsulotlari, 
qo‘llar va oshxona vositalarini tekshirish;  
-  jarrohlik va kiyim-kechak va bog‘lovchi materiallar dori-
darmonlarning sterilligini aniqlash. 
Diagnostik maqsadda  shifokor-bakteriolog (saralash) identifikat-
siya  qilishni bilishi kerak:  
- asosiy ichak guruhi bakteriyalarini; 
- resperator yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarini; 
- qon infeksiyalarini; 


324 
 
- o‘ta hafli yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarini; 
- jinsiy yo‘l bilan yuquvchi yuqumli kasallik qo‘zg‘atuvchilarni; 
- jarohat va yiringli kasallik qo‘zg‘atuvchilarini.  
Yuqorida keltirilgan  ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki bakterio-
logik shifokor, bakteriologik laboratoriyalarda ishlashi uchun chuqur 
bilimga ega bo‘lishi  va ko‘nikmalarni puxta bilishi zarur ekan. Shular-
dan kelib chiqgan holda bo‘lg‘uvchi bakteriolog shifokorlar tibbiyot 
oligohlarida zamonaviy mikrobiologiya, virusologiya  va sanitar bak-
teriologiya fanlarini chuqur o‘zlashtirishlari va amaliy ko‘nikmalarni 
puxta o‘zlashtirgan bo‘lishlari kerak, buning uchun oliygohlarda hamma 
sharoitlar mavjud. 
 
 
 
 
10.2.1- rasm. Patologik materiallarni 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   252   253   254   255   256   257   258   259   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish