294
tekshirishlari eng katta hissa qo‘shadi. O‘zR aholisi uchun
AES dan
tashqari, barcha nurlanish hisobiga bo‘ladigan o‘rtacha shaxsiy samarali
nurlanish dozasi, taxminan yiliga 3,5 mZv (440 mkR/soat) ni tashkil
qiladi.
Organizmga nurlanish ta’sirining biologik samarasi.
Nurlanishlarning inson organizmga ta’siri 2 guruhga bo‘linadi:
- 1 guruh — somatik (deterministik) samaralar: nurdan kuyishlar,
katarakta (ko‘z gavharining xira tortishi), nur kasalligi, gemopoezning
buzilishi, bepushtlik, alopetsiya.
- 2 guruh — stoxastik samaralar: genetik
buzilishlar, umr ko‘rish
muddatining qisqarishi.
9.4-rasm. IN biologik ta’siri.
Ushbu samaralarning har biri uchun biologik ta’sirning ba’zi bir
xususiyatlari xos bo‘ladi:
Deterministik samaralar:
- bo‘sag‘a doza samarasi mavjudligi (nurlanishning boshlang‘ichdan
oldingi dozasi bunaqangi biologik ta’sir ko‘rsatmaydi);
- biologik o‘zgarish qiymati nurlanish dozasiga to‘g‘ri praportsional.
Stoxastik samaralar uchun:
- boshlang‘ich doza yo‘qligi;
Ta’sir samaraning yuzaga chiqish mumkinligi nurlanish muddatini
oshirish bilan o‘sib boradi. Natijada genetik o‘zgarishlar, xavfli o‘sma-
lar, umr ko‘rish muddatining qisqarishi yuzaga keladi.
Ko‘rsatilgan samaralar asosida ionlantiruvchi nurlanishning hujayra-
ga bevosita yoki bilvosita (to‘g‘ridan-to‘g‘ri va to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘l-
magan)ta’sir ko‘rsatishi yotadi.
295
Ionlantiruvchi nurlarning hujayralarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri (bevo-
sita) ta’siri: oqsil molekulasini parchalashi, DNK ning jarohatlanishini
keltirib chiqarishi, mustahkam bo‘lmagan bog‘larning uzilishi, radikal-
larning
ajralishi, boshqa denaturatsion o‘zgarishlarni kelib chiqishi.
Ionlantiruvchi nurlarning hujayralarga bilvosita ta’siri: nurlan-
gan xujayradagi xromosom apparat mexanizmining jarohatlanishi,
xu-
jayralarning tiklanishi va tabaqalanish jarayonlarini qurshab olinishi,
birlamchi jarayon hujayradagi suvga yutilgan nurlanish
va yuqori
aktivlikka ega bo‘lgan ON+ yoki N+ ozod radikallarning hosil bo‘lishi
bilan belgilanadi.
Hujayralardagi eng muhim o‘zgarishlar:
a) nurlantirilgan hujayralarda bo‘linish mexanizmi va xromosomalar
apparati shikastlanishi;
b) hujayralarning yangilanish va taqsimlanish (differensiyalanish)
jarayonlari to‘silib qolishi (uzoq vaqtgacha bitmaydigan nurdan kuyish-
lar);
d) proliferatsiya va to‘qimalarning kelgusidagi fiziologik regenerat-
siya (tiklanish) jarayonlari to‘xtab qolishi (nurdan kuyish
va boshqa
jarohatlanishlar).
Ionlantiruvchi nurlarning biologik ta’siri: umumiy olingan doza
qiymatiga,
nurlanish davomiyligiga,
radiatsiya turi (tashqi, ichki)ga, or-
ganlarning radiosezgirligiga,
hujayralarning ta’sirchanligiga va individual
ta’sirchanlikka bog‘liq bo‘ladi.
IN ta’sirida yuzaga keladigan jarohatlar va
samaralar eng avvalo nur-
lantirish dozasi va uning organizmga ta’sir qilgan vaqtiga bog‘liq bo‘ladi.
Agar IN insonga o‘zaro ta’sirining somatik samaralari yiliga 0,5 Zv (50
ber/yil) va undan kattaroq dozadagi muntazam nurlantirishda namoyon
bo‘lsa, unda istalgan dozadagi uzluksiz nurlantirish ta’sirida stoxastik
samaralar xavfi oshishini kutish mumkin. Shu sababli 1985-yildayoq
qabul qilingan qarorga binoan, har qanday kichik dozadagi qo‘shimcha
nurlantirilish kanserogenez xavf oshishi bilan bog‘liqdir. Bu
qaror IN
boshlang‘ichsiz ta’siri konseptsiyasiga muvofiq bo‘lib, o‘z kuchini saqlab
kelmoqda.
Tana a’zolarining radiosezgirligi.
Barcha a’zolar ham IN ta’siriga
birdek ta’sirchan emas, bu esa “radiosezuvchanlik” (RS) tushunchasi
bilan ifodalanadi. Ular organlar sistemasiga ta’sirchanligi jihatdan 3
guruhga bo‘linadi: yuqori, o‘rtacha va past: