F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet238/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

 
 


291 
 
bitta beta-aktiv ya’ni beta-parchalnishga duchor bo‘luvchi izotopi bor 
demakdir. Bunda ko‘pincha beta-manfiy parchalanish sodir bo‘ladi. 
Beta-manfiy parchalanish (beta)  –yadrodan beta-manfiy zarracha- 
elektronning chiqarilishi bo‘lib, bitta neytronning g‘ayri-ixtiyoriy (o‘z-
o‘zidan) parchalanishi natijasida proton va elektronga o‘tishi hisoblana-
di. Bunda og‘ir proton yadroda qoladi, yengil elektron esa - beta-manfiy 
zarracha  -  juda katta tezlikda parchalanuvchi yadrodan otilib chiqadi. 
Masalan, kaliy radioaktiv izotopining beta-parchalanishi natijasida - 
(kaliy-40), kaltsiyning barqaror izotopiga aylanadi (davriy sistemada 
kaliyning  o‘ng tarafidagi birinchi katakdagi)  ya’ni kaltsiy -40 ga 
aylanadi. Radioaktiv kaltsiy - 47 esa, o‘zidan bir katak o‘ngda joylash-
gan skandiy -  47 ga ( bu ham radioaktivli), o‘z  o‘rnida beta-manfiy 
parchalanish natijasida bu element barqaror titan - 47 ga aylanadi va h.k. 
 
 
 
9.2-rasm: beta-parchalanish. 
 
Beta-zarrachaning uchib  chiqish  tezligi —  nur  tezligining  9/10  
qismi,  ya’ni  270 000 km/sekundga teng.  
Beta-musbat parchalanish  —  beta-musbat zarracha yadrosidan 
pozitron (musbat zaryadli “elektron”)ni chiqarish (taratish) bo‘lib, u 
protonlardan birining o‘z-o‘zidan neytron va pozitronga  natijasida hosil 
bo‘ladi. Buning natijasida (protonlar kamayib qolganligi oqibatida) 
ushbu element chap yonidagi (oldingisidan ko‘ra kichikroq raqamli) 
qo‘shnisiga aylanadi. Masalan, beta-musbat parchalanishda magniyning 
radioaktiv izotopi —  magniy-23 natriyning barqaror izotopi (chapda 
turgan)  —  natriy-23ga aylanadi, yevropiyning radioaktiv izotopi — 
yevropiy-150 samariyning barqaror izotopi — samariy-150ga aylanadi. 


292 
 
Gamma-nurlanish (j-nurlanish) — bu oddiy tibbiy rentgen nurlariga 
nisbatan “qattiqroq” elektromagnit nurlanishdir. Gamma-nurlanishning 
rentgen nurlanishidan farqi faqat “tug‘ilgan joyi” elektron qobiqda emas
balki atom yadrosida bo‘lishidir (xuddi beta-nurlanish hodisasidagi 
kabi).  
                        
 
9.3-rasm: gamma-nurlanish. 
 
Nurlanishlar dozasi va o‘lchov birliklari.  Ionlantiruvchi nurlanish-
larning  obyektga ta’sirini miqdoriy baholash uchun “doza” tushunchasi 
qabul qilingan. Doza quyidagilarga ajratiladi:    
- ekspozitsion doza; 
- yutilgan doza; 
- ekvivalent (teng qiymatli) doza; 
- samarali ekvivalent doza.  
Ekspozitsion doza  gamma va rentgen nurlanishlarining havodagi 
ionlantiruvchi qobiliyatini ifodalaydi.   
Ekspozitsion dozaning SI tizimidagi o‘lchov birligi —  kulon/kilo-
gramm (Kl/kg). Ekspozitsion dozaning tizimdan tashqari birligi — rent-
gen (R).  
Ekspozitsion dozaning quvvati  R/soat, mR/soat, mkR/soat larda 
ifodalanadi.  
      Yutilgan doza- IN dan biologik to‘qimalarning ta’sirlanishi.  
 SI sistemasidagi birlik-  Grey (Gr) hisoblanadi.  Sistemadan tashqari - 
Rad hisoblanadi. 
      Ekvivalent (teng qiymatli) doza  –  inson  organizmiga ionlantiruvchi 
nurlarning surunkali ta’siri. Ayrim  organlarni nurlantirganda zararli 
oqibatni hisobga olish uchun radiatsion xavfsizlik uchun  qo‘llaniladi 
O‘lchov birligi SI sistemada -Zivert SI sistemadan tashqari – BER. 


293 
 
Odam organizmiga  ta’sir ko‘rsatadigan umumiy radiatsion fonning 
gigiyenik ahamiyati.   
Insonning ionlantiruvchi nurlanishlar bilan nurlanishi ehtimoli va 
darajasi nafaqat IN manbalari bilan kasbiy aloqadorlikka, balki  atrof-
muhit radioaktivligi darajasiga ham bog‘liq bo‘ladi. 
Butun aholining nurlanishi 3 ta asosiy omillarga: tabiiy radiatsion 
fon, tibbiy muolajalar va atrof-muhitning radioaktiv ifloslanishiga bog‘-
liq bo‘ladi. Radiatsion fon quyidagilarga bo‘linadi: 
- tabiiy radiatsion fon (TRF); 
- texnologik o‘zgargan radiatsion fon (TO‘RF); 
- sun’iy radiatsion fon (SRF). 
Tabiiy radiatsion fon (TRF)  Yer qobig‘iga bog‘liq bo‘lmagan ion-
lantiruvchi nurlardan (kosmik nurlanish) va yer qobig‘iga bog‘liq  
bo‘lgan manbalardan tashkil topadi.  
Kosmik nurlanishlar birlamchi va ikkilamchi nurlanishlarga bo‘li-
nadi: 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish