F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet237/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

 
Nazorat savollari 
 
1. Mehnat gigiyenasi fani va vazifalari? 
2. Mehnat gigiyenasining maqsadi? 
3. Havfli va zararli ishlab chiqarish omillarining tasnifi? 
4. Fizik omillarga umumiy tavsif? 
5. Mehnat gigiyenasida qo‘llaniladigan qonunchilik hujjatlari haqida 
tushuncha? 
6. Mehnat gigiyenasi bo‘limining obyektlari haqida tushuncha? 


288 
 
 
 
 
9. Radiatsion gigiyena fani haqida tushuncha. Radiologik 
bo‘limning tekshiruv obyektlari haqida tushuncha 
 
XIX asrning eng muhim kashfiyotlaridan biri -  radioaktivlik va 
ionlantiruvchi nurlarning kashf etilishi bo‘lib, ular insoniyatning xo‘jalik 
faoliyatidagi ko‘plab sohalar, ilm-fan, sog‘liqni saqlash, energetika, 
shuningdek, harbiy sohada keskin burilish yasalishiga sabab bo‘ldi. Ayni 
vaqtda inson faoliyatida ionlantiruvchi nur manbalari qo‘llanilmaydigan 
sohani topish mushkul. Biroq ushbu buyuk kashfiyotlar amalga oshiril-
ganidan so‘ng tez orada barcha ionlantiruvchi nurlar organizm uchun 
xavf tug‘dirishi aniqlanib, shu bois radiatsion xavfsizlikni ta’minlash 
bo‘yicha tadbirlar tizimini yaratish zarurati paydo bo‘ldi.  
Radiatsion gigiyena fani va uning vazifalari .Radiatsion  gigiyena  
bu – INM inson organizmiga ta’sir qilishining shart-sharoitlari va oqibat-
larini o‘rganuvchi va ionlantiruvchi nur manbalarining organizmga salbiy 
ta’sirining oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlarni ishlab chiquvchi fan. 
Bu fanning vazifalari quyidagilardan iborat:  
- xalq xo‘jaligida INM turlari va foydalanish sharoitlarini o‘rganish;  
-  nurlantirish turi, dozasi, nurlantirish vaqti va boshqa radiologik 
xususiyatlaridan kelib chiqqan holda nurlanishning salbiy ta’sir qilish 
ehtimolini aniqlash; 
-  sanitariya qoidalari va radiatsion xavfsizlik me’yorlarini ishlab 
chiqish; 
- sanitariya qoidalari va radiatsiya xavfsizligini insonlarning amaliy 
faoliyatiga tatbiq qilish.   
Bu masalalarni hal qilish uchun radiobiologiya bilimlariga ega bo‘-
lish, shu bilan birga yadro fizikasi asoslari haqida aniq tasavvurga ega 
bo‘lish kerak.   
1895-yili nemis  fizigi Vilgelm Konrad Rentgen tomonidan ionlan-
tiruvchi nurlar kashf etildi. Dastavval bu nurni olim   “X-nurlar” deb ata-
di. Germaniya olimlari bu buyuk ixtirodan larzaga tushishdi va Rentgen 
kashf etgan nurlarni uning sharafiga  “rentgen nurlari” deb atashga qaror 
qilishdi.  Yangi nurlarning o‘ziga xosligi shunda ediki, ular qora o‘rov 
qog‘ozidan, inson tanasidan va barcha narsalardan o‘tib ketaverardi.  


289 
 
Ushbu kashfiyoti uchun V.K.  Rentgen  1901-yilda Nobel mukofotiga 
sazovor bo‘ldi.  
       Radioaktivlik  deganda, ayrim elementlarning  o‘zgaruvchan atom 
yadrolarining  o‘z-o‘zidan  o‘zgarishi natijasida boshqa nuklidga o‘tib 
qolishi jarayonida, o‘zidan ana shunday nurlanishlarni tarqatishiga aytiladi.  
Bu nurlar boshqa har qanday muhit orqali o‘tishi natijasida turli belgilarga 
ega bo‘lgan ionlarni  hosil qiladi, shuning uchun bunday nurlarning 
barchasi “ionlantiruvchi nurlanishlar” (IN) deb nomlangan. 
Ionlantiruvchi nurlar  –  bu  o‘zi ta’sirga kirishadigan atomlarning 
ionlanishi uchun yetarli darajada energiyaga ega bo‘lgan radiatsiyadir.   
α- alfa-nurlar 
β- beta-nurlar 
j- gamma-nurlar 
n- neytronlar, rentgen nurlari (Ax). 
Bu nurlarning organizmga negativ ta’sir etishi mumkinligi haqidagi 
ma’lumotlar amalda nurlar ixtiro qilingandan keyin ko‘p  vaqt  o‘tmayoq  
ma’lum bo‘lgan. Nurlanishlarning organizmga ta’sir etishini shu sohada 
ishlovchi  ko‘pchilik tadqiqodchilar o‘zlarida sinab ko‘rganlar. Mas., 
Mariya va Per Kyuri bu nurlar bilan o‘zlarining qo‘l terilarini nurlantirib, 
ularning ta’sir samarasini sinovdan o‘tkazganlar. 
Radiatsion gigiyenada yadro fizikasi asoslari. Atomlarning  har 
qanday turi belgilar bilan ifodalangan bo‘lishi mumkin: 
Z
A
S
  yoki 
s
z

bu yerda  A – elementning kimyoviy belgisi; 
s – atom og‘irligi; 
z – atom raqami. 
Atom tuzilishi 
Atom yadrosi tuzilishi: Protonlar + neytronlar = nukleonlar; 
 Z — musbat zaryadli protonlar 
(1,6 ∙10
-19
 C);  
 Neytronlar — elektr zaryadiga ega emas (elektroneytral); 
 Nukleonlar miqdori davriy jadvaldagi element raqamiga va uning atom 
og‘irligiga teng;  
Bir xil tartib raqamiga ega, ammo og‘irligi turlicha bo‘lgan radio-
nukleidlar izotoplar deb ataladi. Izotoplarning parchalanishi nurlanish 
ajralib chiqishi bilan birga kechadi.   
       Izotoplar  —  aynan bitta elementning atomlari bo‘lib, ularda pro-
tonlar soni bir xil, ammo neytronlar soni turlicha bo‘ladi. Izotoplar bir 


290 
 
xil kimyoviy tarkibga ega, biroq yadro xususiyatlari (barqarorligi va 
og‘irligi) salmoqli farqlanadi.  
       Radioaktiv parchalanish –  bu  atom yadrosidan juda katta tezlikda 
atrof-muhitga tarqaladigan “elementar”  zarrachalar (atomli va suba-
tomli) bo‘lib, odatda ularni radioaktiv zarrachalar yoki radioaktiv nur-
lanishlar deb atash qabul qilingan. Bunda deyarli hamma holatlarda ham  
bir kimyoviy elementning atom yadrosi (demak atomning o‘zi), boshqa 
kimyoviy elementning atom yadrosiga aylanib    qoladi,  yoki bir kimyo-
viy elementning bitta izotopi shu elementning boshqa izotopiga aylanib 
qolishidir.  
       Radioaktiv parchalanish, huddi boshqa turdagi radioaktiv o‘zgarish 
kabi, tabiiy (o‘z-o‘zidan, beixtiyor yuz beradigan) va barqaror atom 
yadrosiga ichkaridan qandaydir zarrachaning tushib qolishi tufayli ro‘y 
beradigan sun’iy bo‘lishi mumkin. 
       Alfa-
parchalanish  (α  -parchalanish)  —  Alfa  -  parchalanish  -  bu 
atom yadrosidan alfa zarachalarning tarqatilishi bo‘lib, u 2 - ta proton va 
2  ta neytrondan iboratdir. Alfa zarrachaning massasi 4 birlikka va 
zaryadi  +2 ga teng bo‘lib, amalda geliy atomining yadrosi hisoblanadi. 
Alfa zarrachaning chiqarilishi natijasida yangi element hosil bo‘ladi. 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
9.1-rasmalfa-parchalanish. 
 
Alfa zarrachaning uchib chiqish tezligi  20000 km/sekundga teng.  
       Beta-
parchalanish (β-parchalanish) —  Beta-parchalanish – radio-
aktiv parchalanishning (radioaktiv o‘zgarish) eng ko‘p tarqalgan turi 
bo‘lib, ayniqsa sun’iy radionuklidlar o‘rtasida ko‘p uchraydi. Bu jarayon 
amalda bugungi kunda fanga ma’lum bo‘lgan barcha elementlarda 
kuzatiladi. Bu degani, har bir kimyoviy elementda, eng kam deganda 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   233   234   235   236   237   238   239   240   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish