220
sidan sanitariya-gigiyena ekspertizasi va davlat sanitariya epidemiolo-
giya nazorati;
• bolalar va o‘smirlar uyushgan jamoalarining yashash muhiti
omillari va tarbiyalanish, o‘qish, dam olish tartibini o‘rganish;
• bolalar va o‘smirlar jamoalarining salomatlik holati bilan tashqi va
atrof-muhit omillari, tarbiyalash, o‘qitish va bo‘sh vaqtni o‘tkazish
shart-sharoitlari orasidagi sababiy-oqibat borligini aniqlash;
• bola aholining sanitariya-epidemiologiya farovonligini ta’minlov-
chi tadbirlarni o‘tkazish
yuzasidan zaruriy takliflarni, bola aholining
salomatligini muhofazalash, kasalliklarini profilaktika qilish, yashash
muhitini sog‘lomlashtirish, ularning tatbiq etilishini nazorat qilish
bo‘yicha mahalliy, hududiy va respublika dasturlarini ishlab chiqish;
• bolalar va o‘smirlar muassasalarida sanitariya
qoidalari, me’yor-
lari va gigiyena normativlari bajarilishi, sanitariya-gigiyena va epide-
miyaga qarshi tadbirlar amalga oshirilishi ustidan sanitariya –
epidemiologiya nazorat harakatda bo‘lishini ta’minlash;
• mahsulotlar va bolalar buyumlarining anvoi navlarini, shuningdek,
ular tayyorlanadigan materiallarni gigiyenik baholash (sertifikatlash);
• o‘qitish tartiblari va dasturlari ekspertizasi.
Sanitariya-epidemiologik oshoyishtalik agentligidagiga quyidagi
davlatga qarashli va nodavlat umumiy ta’lim muassasalari bo‘ysunadi:
• Umumiy ta’lim (maktablar, litseylar, gimnaziyalar, umumiy tur-
dagi maktab-internatlar, kechki maktablar va boshqalar);
• Aqliy va jismoniy rivojlanishida nuqsonlari bo‘lgan
bolalar uchun
maxsus (korreksiyalovchi) maktablar, maktab-internatlari va boshqalar;
• Qo‘shimcha (maktabdan tashqaridagi) ta’lim muassasalari.
Bolalar va o‘smirlar gigiyenasi bo‘limining tekshiruv obyektlari:
1. Bolalar muassasalari, o‘quv yurtlarini qurish uchun yer
uchastkasi ajratilishida ishtirok etish va xulosalar berish.
2. Yuqorida qayd etilgan obyektlarni loyihalash, qurish, qayta
qurish, ularni foydalanishga topshirish chog‘ida sanitariya normalari,
qoidalari va gigiyenik normativlarga amal qilinganligini nazorat etish
va xulosalar berish.
3. Bolalar mebeli, o‘yinchoq, kitob, kiyim va shaxsiy foyda-
lanish asboblarini joriy qilish va ishlab chiqarish davrida sanitariya
nazoratini o‘tkazish.
221
4. Bolalar va o‘smirlarni o‘qitish va tarbiya qilish, ovqatlanish,
damolish sharoitlarini (kun tartibini, o‘quv jadvalini) sanitariya va
gigiyenik jihatdan baholash.
5. Maktabgacha bo‘lgan tarbiya muassasalari, maktab - litsey,
maktab-internat, bolalarni sog‘lomlashtirish muassasalarida va shu kabi
bolalar va o‘smirlarning maktabdan tashqari obyektlarida tibbiy
xizmat tashkil etilganligini, sanitariya-gigiyena va epidemiyaga qarshi
kurash qoidalariga rioya qilinayotganligini nazorat ostiga olish.
6. Polimer materiallarni qo‘llanilishini, bolalar mebeli, kiyim-
kechak, kitob, o‘yinchoq, kundalik asboblarni ishlab chiqarilishini
nazoratga olish.
7. O‘smirlarga kasb tanlash to‘g‘risida maslahat berish.
8. Ishchi o‘smirlarning turmush,
mehnat sharoitlarini, ular-
ga taalluqli mehnat qoidalariga rioya qilishni nazorat ostiga olish.
9. Bolalar muassasalari xodimlarining profilaktik tibbiy ko‘riklarini
o‘z vaqtida o‘tkazilishini nazorat qilish.
10. Maktabgacha tarbiya muassasalaridagi bolalarni, maktab,
litseylar, bilim yurtlari, kolledj, kasb-hunar litseylarida o‘qiyotgan
o‘quvchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘z vaqtida o‘tkazilishini tashkil qilish.
11. Bolalar va o‘smirlarning kasalliklarini, jismoniy rivojlanishini
o‘rganish ularga ta’sir qiladigan omillarni aniqlash: bolalar va o‘smir-
larni garmonik rivojlanishi bo‘yicha sanitariya-gigiyenik chora-
tadbirlarning ishlab chiqish.
Sanitariya-epidemiologik oshoyishtalik agentligidagi
xizmat
xodimining huquqlari quyidagilardan iborat:
1) umumta’lim muassasasi rahbaridan ta’lim va tarbiya dasturini,
o‘quv rejasi, bir haftalik mashg‘ulotlar turini, kun tartibini, darslar
jadvalini, kun va hafta davomidagi haqiqiy o‘quv yuklamasi haqidagi
ma’lumotlarni so‘rash;
2) bolalar va o‘smirlarning
kasallanishlari, jismoniy rivojlanishlari
va profilaktikaviy ko‘riklar natijalarini so‘rash (rasmiy qayd-hisobot
statistik formalari);
3) ta’lim-tarbiya tartibi yoki ba’zi bir tartibdagi vaqtlarning xrono-
metrajini o‘tkazish;
4) aqliy mehnat layoqatini tekshirish va baholanishini o‘tkazish;
5) bolalar, o‘smirlar va ota-onalarning so‘rovnomalarini o‘tkazish.
Sanitariya-epidemiologik xizmatning mansabdor shaxsi (mutaxas-
sis) quyidagilarni baholaydi:
222
• ta’lim va tarbiya dasturining o‘sayotgan bola organizmining fun-
ksional imkoniyatlari va ularni o‘zlashtirish
uchun tayyorligiga mos
kelishi;
• ta’lim-tarbiya tartibining fiziologik qonunlarga mosligi (bolalar va
o‘smirlarning yosh-jinsga oid o‘ziga xosliklarini, sutkalik bioritmlarini,
kun va hafta davomidagi maqbul mehnat layoqati davrlari, ishlash va
dam olishning oqilona uyg‘unlashuvi, ta’tillar tashkil etilishini hisobga
olish);
• haftalik o‘quv yuklamasi va uning haftalik davrga taqsimlanishi,
dars va o‘quv kunining vaqti, tuzilishi, o‘qitishning texnikaviy
vosita-
laridan oqilona foydalanish, mashg‘ulot o‘tish vaqti, ularning haftalik
davrdagi soni.
Do'stlaringiz bilan baham: