F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


 Bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishi gigiyenik



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet186/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

7.2. Bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishi gigiyenik 
tadbirlarning asosi ekanligi 
 
Yuqorida aytib o‘tilganidek, gigiyenik tadbirlarning asosini turli 
yosh davrlaridagi bolalar va o‘smirlar organizmidagi anatomo-fiziologik 
xususiyatlarni hisobga olish hisoblanadi. 


213 
 
Bolalar va o‘smirlarning jismoniy rivojlanishini V.N.  Kardashen-
koning ta’rifi bo‘yicha asosiy qonuniyatlari quyidagilardan iborat: 
–  Bola organizmi qanchalik kichik bo‘lsa,  o‘sish va rivojlanish 
jarayoni shunchalik jadal ketadi. 
– O‘sish va rivojlanish bolalarda bir tekisda ketmaydi, har bir yosh 
davri uchun o‘zining anatomo-fiziologik xususiyatlari mavjud. 
–  O‘sish va rivojlanish davomida jinsiy belgilardagi farqlar ham 
asta-sekinlik bilan namoyon bo‘la boshlaydi. 
Xalqaro tasnifga muvofiq quyidagi yoshga doir davrlarni ajratish 
mumkin: 
1.  Yangi tug‘ilgan davr  -  tug‘ilgan vaqtdan 10 kungacha bo‘lgan 
davrni o‘z ichiga oladi. 
2. Ko‘krak yoshi davri -10 kundan 1 yilgacha. 
3. Ilk bolalik davri - 1-3 yosh. 
4. Birinchi bolalaik - 4-7 yosh. 
5. Ikkinchi bolalik: qizlar - 8 - 11 yosh, o‘g‘il bolalar 8-12 yosh. 
6. O‘smirlik davri – qizlar - 11-15 yosh, o‘g‘il bolalar - 13-16 yosh. 
7. O‘spirinlik davri: qizlar -16-20yosh, o‘g‘il bolalar - 17-21 yosh. 
Sog‘liqni saqlash amaliyotida ko‘pincha qisqartirilgan sxemadan 
foydalanib, yoshga doir 5 davrni baholanadi: 
1.Yangi tug‘ilgan davr. 
2.Ko‘krak yoshi davri. 
3.Ilk maktabgacha bo‘lgan yosh davri (1-3).  
4.Maktabgacha bo‘lgan yosh davri - 3-7 yosh. 
5.Maktab yoshi davri (kichik, o‘rta va katta maktab yoshi). 
Turlicha yosh davrlaridagi bolalar organizmida anatomo-fiziologik 
xususiyatlarning asosiylarini ta’riflash va har bir yosh guruhi uchun 
muhim bo‘lgan gigiyenik tadbirlarni ta’riflashga o‘tamiz. 
Yangi tug‘ilgan davrda chaqaloq bolaning organizmi morfologik va 
funksional jihatdan yaxshi takomillashmagan bo‘ladi. Bu davrda bola 
organizmi uchun umuman begona bo‘lgan muhit, yangi sharoitga mosla-
shish bilan boradi. Bola organizmidagi asosiy organlar va sistemalarning 
yaxshi takomillashmaganligi tufayli atrof-muhitning nomuvofiq ta’sir-
otlariga juda sezgir bo‘ladi.  Yangi tug‘ilgan davrdan  30 kungacha 
bo‘lgan muddatda bolalar o‘rtasida kuzatiladigan o‘lim darajasi bolaning 
1yoshgacha bo‘lgan hamma oylaridagiga qaraganda 2-3 marta ko‘p 
kuzatiladi. Bu davrda qayd qilinadigan kasalliklar ichidan eng asosiylari 
qatoriga  -  nafas yo‘llari kasalliklari, pnevmoniya va yiringli -  septik 


214 
 
kasalliklar hisoblanadi. Bu davrda uchraydigan kasalliklar darajasini 
kamaytirish uchun eng muhim bo‘lgan tadbirlar qatoriga -  tug‘ruqxona 
xodimlari tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinishi, bolani 
parvarish qilishda aseptik sharoitlarni yaratgan holda bajarish, bolani 
emizishdan oldin ona ko‘kragini iliq suv bilan yuvish, bola badanini toza 
bo‘lishiga e’tibor qaratish, chaqaloq yotgan xonadagi harorat-namlik tar-
tibini oqilona bo‘lishini ta’minlash, (xona havosining harorati 24-26

C), 
chaqaloqni to‘g‘ri ovqatlantirish, chaqaloq uchun eng muvofiq kiyim-
larni tanlash muhim ahamiyatga egadir. 
Ko‘krak yoshining butun muddati davomida bola organizmida jadal 
tarzda  o‘sish va rivojlanish jarayoni kuzatilib, u endokrin bezlarning 
ta’sirida bo‘ladi (qalqonsimon,  buyrak usti bezlari), asosiy modda 
almashinuvining ortib borishi, birinchi signal sistemasining shakllanishi 
kuzatiladi. Shu bilan birga bola organizmidagi organlar va sistemalar-
ning to‘liq takomillashmaganligi tufayli uning organizmi turli 
kasalliklarga nisbatan juda sezgir va tez bu kasalliklarga beriluvchan 
bo‘ladi, buning natijasida atrof-muhitdagi nomuvofiq omillar ta’sirida 
quyidagi kasalliklar tez-tez qayd qilinib turiladi: pnevmoniya, otitlar, 
infeksion-toksik kasalliklar, oshqozon-ichak faoliyatining buzilishi 
kasalliklari. Bu yoshdagi bolalarning kasallanishini oldini olish tadbirlari 
qatoriga  –  ona tomonidan shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilinishi, 
bolani to‘g‘ri parvarishlar, bola organizmi uchun muvofiq mikroiqlim 
sharoitlarini yaratish, bolani to‘g‘ri ovqatlantirish, o‘z vaqtida uxlatish, 
toza havoda o‘ynatish, chiniqtiruvchi tadbirlardan unumli foydalanish, 
passiv gimnastika, bolani kunda cho‘miltirish, quyosh nuridan bah-
ramand qilish kabilar juda muhimdir.               
1-3 yoshlik va 3-7 yoshlik bolalar organizmida o‘sish va rivojlanish 
jarayonlari biroz sekinlashadi, bola organizmidagi disproporsiya ha-
nuzgacha saqlanadi, ammo shu sharoitda ichki organlarning morfologik 
strukturasi takomillasha boradi, ikkinchi signal sistemasi ham shakllana 
boshlaydi. 
        Bolaning MNS ham kuchli rivojlanish kuzatilib, uning ongi orta 
boradi,  atrof-muhitdagi bo‘layotgan hodisalar va borliqqa nisbatan 
tafakkurlash qobiliyati paydo bo‘la boshlaydi, bolada so‘zlash qobiliyati 
kun sayin orta boradi. Bolalarning bu yosh davrlarida harakat faoliyati 
juda kuchli taraqqiy etadi va ongli faoliyat tez taraqqiy etadi, buning 
natijasida bu yoshdagi bolalarda turli xildagi shikastlanishlar, tasodifan 
yuzaga keladigan hodisalar uchrab turadi, chunki bola beixtiyor ravishda 


215 
 
qo‘liga tushgan buyumlarni og‘ziga olib boradi,  bu yoshdan o‘tgan 
bolalardagi eng ko‘p kuzatiladigan kasalliklar qatoriga bolalar infeksiya-
lari va invazion kasalliklar juda ko‘plab qayd qilinadi. Shuning uchun bu 
yoshdagi bolalarni gigiyenik tarbiyalash va ular organizmini chiniqtirish 
juda muhim ahamiyatga egadir. Bu tadbirlar faqatgina profilaktik tadbir-
lar bo‘lib qolmay,  balki organizmni stimullovchi tadbirlar ham hisob-
lanadi (cheklangan miqdorlardagi jismoniy mashqlar, harakatli o‘yinlar, 
bolalar organizmini chiniqtirish, mikroiqlim sharoitlarini o‘zgartirib 
turish). Bolalar uchun tuzib chiqilgan oqilona kun tartibining ahamiyati 
juda muhim bo‘lib, shu bilan birga bu yoshdagi bolalarni to‘g‘ri 
ovqatlantirish, sifatli taomlar bilan ta’minlash katta ahamiyatga ega. Bu 
yoshdagi bolalarni atrof-muhitda bor bo‘lgan hodisalarni bilishga juda 
chanqoqligi sababli, ularni o‘qishga bo‘lgan munosabatlarini  astalik 
bilan shakllantirish lozim, ammo asab tizimining yuqori darajadaligini  
inobatga olib, ular psixikasini zo‘riqtirish maqsadga muvofiq emas. 
Ikkinchi bolalak davrida (kichik maktab yoshi) o‘sish tempining 
yanada sekinlashishi kuzatiladi, ammo mushaklar massasi, yurak mu-
shaklarining massasi orta boradi, ichki organlar ham yaxshi rivojlanadi. 
Badan skeletida suyaklashish jarayoni juda jadal ketadi va sut tishlari 
sekin-asta haqiqiy tishlarga  almashina boshlaydi. MNS uchun qo‘zg‘a-
lish jarayoni tormozlanish jarayonidan ustunlikka ega bo‘ladi, shuning 
uchun bu yoshdagi bolalarda aqliy ish bilan bo‘lgan mashg‘ulotlar ularni 
tez toliqishiga sababchi bo‘ladi va ayniqsa bir xil turdagi mashqlar ularni 
tez toliqtiradi. Skeletlardagi mushaklar, boshqa turdagi mushak guruh-
larining umumiy massasini ortib borishi bilan birga ular hanuzgacha 
rivojlanishda va to‘liq takomillashmaganligi sababli ayrim mushak 
guruhlarida (qo‘l barmoqlarining mushaklari, harakat-tayanch organlari-
ning mushaklarida toliqish jarayoni yuzaga keladi va bu holat bola-
larning qaddi-qomatini buzilishiga asos bo‘lib qolishi mumkin. Shuning  
uchun  bolalarni maktablarda partada to‘g‘ri  o‘tirishiga, partalarning 
o‘lchamlari bolaning bo‘yiga muvofiq tanlanganligiga e’tiborni qaratish 
muhimdir. Bu yosh davrida shaxsiy gigiyena mahoratlarining o‘zlash-
tirilishi, badanni chiniqtiruvchi mashqlarga moslasha borishi, to‘g‘ri 
ovqatlanishga  o‘rgana borishi bilan bir qatorda optimal kun tartibi va 
maktabdagi dars jadvallarining to‘g‘ri tuzilganligi, o‘quv va jismoniy 
tarbiya mashqlariga muvofiq tashkil etilganligi, o‘qitish sharoitlarining 
gigiyenik me’yorlar asosida oqilona tashkil etilganligi xonalarning 


216 
 
yoritilganligi, mikroiqlim sharoitlari, xonalar havosining shamollatilishi, 
Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   182   183   184   185   186   187   188   189   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish