F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish


partalarda noto‘g‘ri o‘tirishi, portfellarni noto‘g‘ri ko‘tarish kabilar aso-



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet188/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH


partalarda noto‘g‘ri o‘tirishi, portfellarni noto‘g‘ri ko‘tarish kabilar aso-
siy sabablar qatoridan o‘rin oladi. Yuqori sinf o‘quvchilari  o‘rtasida 
ko‘pincha asab funksional siljishlar qayd qilinib, ular o‘quv dastur-
larining, dars soatlarining noto‘g‘ri taqsimoti va kun tartibining noto‘g‘ri 
tuzilganligi oqibatida kelib chiqadi. 


217 
 
Maktab o‘quvchilarining kun tartibini tuzishdagi asosiy prinsiplar: 
-  turli faoliyat turlarining optimal davomiyligi (o‘quvchilarning ish 
qobiliyatlarini dinamik o‘zgarishini hisobga olgan holda); 
-  toza havoda maksimal muddatlarda bo‘lish  bilan dam olishni 
tashkil etish; 
- to‘g‘ri va to‘la qiymatli ovqatlanish; 
- yetarlicha va to‘la qiymatli uyqu; 
Bu prinsiplarga to‘liq amal qilish, albatta faqat o‘quvchilarning ota-
onalari va maktab pedagoglarining o‘zigagina bog‘liq  bo‘lmay, balki 
ma’lum darajada o‘quvchilarning  o‘zlariga ham bog‘liqdir. Shuning 
uchun maktabni tugallovchi har  bir  o‘quvchi sog‘lom turmush tarzi 
haqidagi ma’lumotlar haqida to‘liq  bilimga va tushunchalarga ega 
bo‘lishi kerak. 
       Shunday qilib, maktab yoshi davri uchun muhim bo‘lgan eng asosiy 
gigiyena tadbirlari  quyidagilardan iborat: oqilona tuzilgan kun tartibiga 
rioya qilish,  o‘quv mashg‘ulotlarining to‘g‘ri tartibi, to‘g‘ri ovqatlanish 
tartibini joriy qilish, o‘qish, jismoniy tarbiya va dam olish soatlarini 
to‘g‘ri tashkil etilganligi, qaddi-qomatning to‘g‘ri  bo‘lishini ta’minlov-
chi tadbirlar,   aniq ko‘rish bilan bog‘liq  bo‘lgan ishlarni to‘g‘ri tashkil 
qilish,  o‘g‘il va qiz bolalar uchun muvofiqlashtirilgan jismoniy tarbiya 
mashqlarini tanlash, o‘quvchilarni gigiyenik tarbiyalash kabilar. 
      Xuddi  gigiyena  fani  singari, bolalar  va  o‘smirlar  gigiyenasining  
ham  vazifasi  pirovardida  tashqi  muhitni  me’yorlashtirish,  ya’ni  me’-
yorlarning  o‘rnatilishi  va  ularning  keyinchalik   amalga  oshirilishidan  
iborat. Muhit  sharoit  (omil) larini  gigiyenik  baholash  mezoni  sifatida  
organizmning  ushbu  omillarga  nisbatan  javob  reaksiyasi,  ularning  
bir  maromda  o‘tishiga  reaksiyalarning  mos  yoki mos  emasligi  dara-
jasi  xizmat  qiladi. Yosh  fiziologiyasi  sohasidagi  tadqiqotlar  bolalar  
va  o‘smirlar  gigiyenasi  fanini  bu  moslikni  aniqlovchi  usul  sifatida  
qurollantiradi,   “me’yoriylik” ni  aniqlashda,  me’yor  sifatida   optimal  
reaksiyani,  shuningdek,  fiziologik  reaksiya  me’yoriy  ko‘rinishni  saq-
lab  qoluvchi  doiradagi  nazarda  tutilgan  cheklanishlarni  tushunish 
lozim.  Shu  sababli  ham  ushbu  fanda  fiziologik  tadqiqot  usullari  
keng  qo‘llaniladi  va  ular   o‘sayotgan  organizmning  yaxshi  rivojla-
nishi,  sog‘lig‘ining  va  mustahkamlanishini  ta’minlovchi  muhit  shart 
– sharoitlarini  me’yorlashtirish,  belgilashga  qaratiladi. 
Muhit  omillarining  turli  yosh  bosqichlaridagi  ta’siri  bir  xil  qiy-
matga  ega  bo‘lmaganligi  tufayli  ham  bolalar  va  o‘smirlar  gigiyena-


218 
 
si  fani  oldida  yoshni  hisobga  olgan  holda  bu  omillarni  differensiya-
langan  gigiyenik  me’yorlashtirish,  ularning  har  biri  uchun  muayyan  
gigiyenik  normativ  o‘z  ahamiyatini  saqlab  qoluvchi  doiradagi  yosh  
intervalini  aniqlash  vazifasi  turadi. 
        Bolalar  va  o‘smirlar  gigiyenasida  me’yorlashtirish,  bu –  orga-
nizmga  ijobiy  yoki  bexatar  ta’sir  o‘tkazuvchi  omillarning  ko‘rsat-
kichlarini  (yoki  qanchalik  intensivligini)  ilmiy  asoslangan  holda  
aniqlashdir.  Shu  bilan  birga  omillarning  bolalar  va  o‘smirlar  sog‘-
lig‘ini  saqlash,  ularning  o‘z  mavridida  va  uyg‘un  rivojlanishini  ta’-
minlovchi  ta’sir  muddati  va  intensivligi  gigiyenik  me’yor  deb  hi-
soblanadi. 
        Salbiy  omillarning  asl  “me’yori”  nol  qiymatiga  teng,  ya’ni  
ularning  yo‘q  bo‘lishi  hisoblanadi. Ijobiy  omillarning  ta’siri  parabo-
lik  bog‘liqlikka  bo‘ysunib,  asl “me’yor”  sifatida  ular  intensivligining  
optimal  kattaligiga  ega.  Yo‘l  qo‘yiladigan  cheklanishlar  parabola-
ning  har  ikkala  tomonida  joylashadi:  kattalashuvchi  tomonida – eng  
yuqori  darajada  yo‘l  qo‘yiladiganlari,  kamayuvchi  tomonga –  eng  
kam  darajadagi  zaruriyat  qo‘yiladi. 
Gigiyenik  me’yor  va   o‘rganilayotgan  omillar  ta’sirining  yo‘l  
qo‘yiladigan  gradatsiyasi (bir  bosqich  yoki  holatdan  ikkinchi  bos-
qich  yoki  holatga  o‘tishdagi  izchillik) ni  belgilashda  bolalar  orga-
nizmining  turli  intensivlikda  ta’sir  etuvchi  omillardagi  funksional  
holati  asos  qilib  olinadi. 
Bolalar  va  o‘smirlar  gigiyenasi  uchun  quyidagi  me’yorlash  tar-
tiblari  mavjud: 
- me’yorlarning  o‘ziga  xosligi.  O‘sayotgan  organizmning  muhit-
dagi  ko‘pgina  omillarga  sezuvchanligini  o‘ziga  xosligi  sababli  ham  
bolalar  va  o‘smirlar  uchun  kattalarnikiga  nisbatan    boshqacha  
me’yorlar  kerak; 
- me’yorlarning  o‘zgarib  turishi. Organizm  yoshiga  nisbatan mu-
tanosib  rivojlanish  jarayonidan  o‘tadiki, ularning  har  biriga  belgi-
langan,  faqat  ungagina  xos  bo‘lgan  turli  omillar  ta’siriga  sezuv-
chanlik (ehtiyojlilik)  xosdir. Shu  tufayli  ham  o‘sish  va  rivojlanish  
davomida  gigiyenik  me’yorlar  nomuhimdir, ular  o‘z xususiyatini  fa-
qat  ma’lum  bir  yosh  intervalida  saqlab  qoladi  va  u  tugaganida  
yangisi  bilan  almashadi; 
- me’yorlarning  rivojlanuvchi, mashq  qiluvchi  yo‘nalishi. 


219 
 
Gigiyenik  me’yorlashtirishda  shunaqangi  shart-sharoitlarni  yara-
tish  lozimki,  ular  nafaqat  organizmning  ayni  paytdagi  tevarak-atrof  
bilan  maqbul  o‘zaro  ta’siri  va  uning  maqbul  holatini  ta’minlabgina  
qolmay,  yanada  yaxshiroq  rivojlanishiga  ko‘maklashuvi  ham  kerak. 
O‘sayotgan  organizmning  jinsi  va  sog‘lig‘ini  hisobga  olgan  hol-
da  gigiyenik  me’yorlarni  differensiyalash. 
Muhit  ta’siriga  reaksiyalarning  ijobiy “me’yoriy”  ko‘rinishi  kat-
talar  organizmi  uchun  asosiy  ta’sir  kuchi  va  inson  sog‘lig‘i  holati-
ga  bog‘liq  bo‘lsa,  o‘sayotgan  organizm  uchun  bundan  tashqari  yana  
salmoqli  darajada  uning  erishgan  funksional  imkoniyatlari, u  yoki  
bu  omillar  ta’siriga  morfofiziologik  tayyorligi  (yetilganligi)  darajasi-
ga  bog‘liq. 
Har  bir  yosh  bosqichida  yetilgan  organizm  bu  ta’sirlarning  fa-
qat  ma’lum  bir  o‘lchamlariga  bo‘ladi  va  aynan ular  shu  yosh  uchun  
me’yoriy  deb  hisoblanmog‘i  lozim.  
Bolalar  va  o‘smirlar  gigiyenasi  fan  sifatida  quyidagi  asosiy  
bo‘limlardan  iborat:  
1) bolalar  va  o‘smirlar  salomatligi; 
2) o‘quv- tarbiya  jarayoni  va  kun  tartibi  gigiyenasi;  
3) jismoniy  tarbiya  gigiyenasi;  
4)  o‘quvchilarning  mehnat  ta’limi,  o‘qitish  va  kasb  o‘rgatish  
gigiyenasi;     
5) bolalar  va o‘smirlar  ovqatlanishi  gigiyenasi;  
6) bolalar  va  o‘smirlar  muassasalarini  loyihalashtirish,  qurish,  
obodonlashtirish  va  jihozlashning  gigiyenik  asoslari;  
7) gigiyenik  ta’lim  va  tarbiya. Bolalar  va o‘smirlarning  sog‘lom  
hayot  tarzini  shakllantirish  asoslari;  
8) bolalar  va  o‘smir  yoshdagi  aholining  tibbiy  va  sanitariya -  
epidemiologiya  ta’minoti. 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   184   185   186   187   188   189   190   191   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish