F. I. Salomova, L. K. Abdukadirova, X. A. Sadullayeva, S. A. Sharipova mutaxassislikka kirish



Download 3,61 Mb.
Pdf ko'rish
bet192/270
Sana28.09.2021
Hajmi3,61 Mb.
#188450
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   270
Bog'liq
MUTAXASSISLIKKA KIRISH

Antropometrik tekshirishlar 
 
Antropometrik ko‘rsatkichlarni aniqlash yoki tekshirish  dasturini 
tanlash tekshiriluvchi yosh kontingentlarga bog‘liq. Odatda qator antro-
pometrik  ko‘rsatkichlardan asosiylari tanlab olinadi. Somatometrik 
belgilardan tana uzunligi –  bo‘yi  (tik va o‘tirgan holda), tana  vazni, 


224 
 
ko‘krak  qafasi aylanasi, fiziometrik ko‘rsatkichlardan  –  o‘pkaning 
tiriklik sig‘imi (O‘TS), qo‘lning mushak kuchi,  belning tortish  kuchi, 
somatoskopik ko‘rsatkichlardan  –  tayanch-harakat  apparata  holati 
(umurtqa tuzilishi, ko‘krak qafasi, oyoq, qomat holati, mushaklar rivoj-
langanligi), jinsiy yetilish darajasi kabilar aniqlanadi. 
Bolalarning  yoshiga qarab tekshirish  dasturi biroz o‘zgaradi. 
Maktab yoshidan oldingi va maktab yoshigacha bo‘lgan bolalar jismoniy 
rivojlanganligini baholashda nutq va motorika rivojlanganligini baho-
lovchi usullar qo‘shiladi, lekin ba’zi funksional  tekshirishlar (O‘TS, 
mushak kuchi) o‘tkazilmaydi.  O‘smirlarni  tekshirish dasturiga funksio-
nal sinamalar va jinsiy yetilishni aniqlovchi formula kabilar qo‘shiladi. 
 
Bolalar va o‘smirlar gigiyenasida antropometrik  tekshirishlar  o‘t-
kazishdan maqsad maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalar  muassasalari 
va  maktablar uchun o‘quv jihozlari, o‘quv –  ishlab chiqarish ish qurol-
lari, kiyim, oyoq kiyim kabilarni gigiyenik jihatdan talablarga mos 
ravishda ishlab chiqarishdir. Shu maqsadda tana alohida qismlarining 
yoshga mosligi ham o‘rganiladi. Qator hollarda bu tekshirishlarga 
qo‘shimcha ravishda bola organizmining funksional  qobiliyati ham 
o‘rganiladi. Keyingi sanitar nazorati bolalar asbob-anjomlari, mebellarni 
antropometrik  tekshirishlar natijasiga qarab, yoshga va anatomo-
fiziologik ko‘rsatkichlarga qarab sanitariya shifokori tavsiyasiga bog‘liq 
holda ishlatishga qaratilgan. Bunda asosiy talablardan biri ularning 
unifikatsiyasidir. Faqat bir xil sharoitda va bir xildagi tekshirish usul-
lardan foydalanish aniq ma’lumot bera oladi. Hamma tekshirishlar 
o‘tkazilayotganda  bolalar yechingan holda bo‘lishi, xona yorug‘  (iloji 
boricha tabiiy) va issiq bo‘lishi kerak. Antropometrik tekshirishlar 
kunning  birinchi yarmida o‘tkazilishi shart, chunki kunning oxiriga 
borib tana uzunligi tovonlar va umurtqalararo tog‘aylar siqilishi hisobiga 
bir-ikki santimetrga kamayadi, mushaklar tonusi pasayadi, tana vazni 
esa deyarli bir kilogrammgacha ortadi. 
 

Download 3,61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   270




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish