O‘zbek tili fonetikasi


«baland» - teppa «yasama»



Download 1,31 Mb.
Pdf ko'rish
bet35/118
Sana28.09.2021
Hajmi1,31 Mb.
#188327
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   118
Bog'liq
ozbek tili fonetikasi

«baland» - teppa «yasama». 
Cho‘ziq  undoshlar  geminatalar  nomi  bilan  yuritiladi  va  u  qisqa  undoshga 
qarama-qarshi  qo‘yiladi.  Geminatalar  turkiy  tillarda  keyingi  hodisa  bo‘lib,  ikki  yo‘l 
bilan hosil bo‘ladi: 1) oldingi qisqa undoshning ikkilanishi, cho‘zilishi natijasida; 2) 
sintagmatik  munosabatga  kirisha-yotgan  morfema  yoki  so‘zlar  oralig‘idagi  yonma-
yon  kelgan  ikki  xil  undoshning  o‘zaro  assimilyativ  yoki  dissimilyativ  ta’siri 
natijasida (masalan, siz+ni – sizzi – sizi
Prof. A.G‘ulomov ham o‘zbek tilida geminatalar dastlab ma’noni kuchaytirish, 
ekspressivlikni  ta’minlash  uchun  kelib  chiqqanligini,  keyinchalik  esa  bunday 
ma’nodan uzoq bo‘lgan boshqa so‘zlarga ham tarqalganini bayon qiladi.
1
 
Prof. F.Abdullaev esa birinchi ochiq bo‘g‘in unlisini saqlab qolish tendensiyasi 
natijasida bo‘g‘inni yopishga urinish qonuniyatidan kelib chiqqan bo‘lishi kerak, deb 
taxmin qiladi.
2
 
Shuni  ta’kidlash  kerakki,  etimologik  qisqa  undoshning  cho‘ziq  undoshga 
aylanishi  (ikkilanishi)  ko‘proq  belgi  bildiruvchi  so‘zlarda  uchraydi.  Bu  esa 
cho‘ziqlikning,  darhaqiqat,  belgini  tagida  yetarli  asos  borligidan  dalolat  beradi. 
Keyinchalik  bu  hodisa  narsalarni  va  boshqa  ma’nolarni  bildiruvchi  so‘zlarga  ham 
o‘tgan  va  aylangan.  Masalan,  eshak-eshshak,  boshingni  yegur-boshshingni  yegur, 
maza qilmoq-mazza qilmoq va boshq. 
Shunday  qilib,  turkiy  tillarda  etimologik  qisqa  undosh  (yakka  undosh)  ning 
cho‘ziq  undoshga  (geminataga)  aylanishi  nisbatan  keyingi  hodisa  bo‘lib,  ma’noni 
kuchaytirish,  ta’kidlash,  birinchi  bo‘g‘inning  fonetik  tuzilishini  saqlab  qolish 
tendensiyasi natijasida hosil bo‘lgan. 
Hozirgi  o‘zbek  tilida  bir  qator  so‘zlar  ikki  xil  varintda  qo‘llanadi:  tepasida-
teppasida, eshak-eshshak, isimoq-issimoq, sasimoq-sassimoq va boshq. 
Bu  juftliklarning  moddiy  jihatdan  farqlovchi  belgisi  intervokal  holatdagi 
undoshning cho‘ziqligi-qisqaligidir. 
                                                                 
1
Гулямов А.Г. Проблемы исторического словообразования узбекского языка. Дисс.докт.филол.наук. -Ташкент, 1975. -С.122. 
 
2
 Абдуллаев Ф. Фонетика хорезмских говоров. –Ташкент: Фан, 1967. -С.131 
 


33 
 
Bu  cho‘ziqlik-qisqalik  belgisi  shu  so‘zlarning  atash  ma’nosini  o‘zgartirib 
yubormaydi, balki so‘zlovchining sub’ektiv munosabatini o‘zgartiradi. «Cho‘ziqlik» 
va «qisqalik» belgilariga ega bo‘lgan so‘zlar o‘zaro zidlanadi. Bu zidlanish mazmun 
jihatdan  «ekspressivlik»,  ma’noni  kuchaytirish  belgisiga  ham  tayanadi.  «qisqalik» 
belgisiga  ega  bo‘lgan  zidlanish  a’zosi  «ekspressivlik»  belgisiga  ega  bo‘lmaydi, 
aksincha  «cho‘ziqlik»  belgisiga  ega  bo‘lgan  zidlanish  a’zosi  bunday  belgiga  ega 
bo‘ladi. 
Bir xil qurshovda bir xil undoshning qisqa va cho‘ziq ko‘rinishlarining o‘zaro 
almashinuvi  so‘zlarning  atash  ma’nosining  o‘zgarishiga  olib  kelmas  ekan,  demak, 
o‘zaro almashinuvchi fonetik birliklar bir fonemaning turli variantlari sanaladi. 
Bu  esa  undoshlarning  «cho‘ziqlik»,  «qisqalik»  belgisi  fonologik  nomuhim 
belgi ekanligidan dalolat beradi. 

Download 1,31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish