Microsoft Word bustonul orifiyn ziyouz com doc



Download 406,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet187/203
Sana26.09.2021
Hajmi406,08 Kb.
#185964
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   203
Bog'liq
Abu Lays Samarqandiy. Bo'stonul orifiyn

151-bob 
Oz yeyish haqida 
Faqih (rahmatullohi alayh) aytadilar: Kishi ovqatni oz eyishi, to'q qoringa emasligi lozim. 
Albatta, bu ish Alloh nazdida yomon ko'rilgan, mazammat qilingan, odamlar nazdida 
esa, badanga zarardir.  
Bir tabibdan: "Alloh taoloning kitobida tabobatni topdingmi?" deb so'raldi. U: "Ha, Alloh 
taolo tabobatning hammasini mana bu oyatda jamlagan: "Englar, ichinglar, lekin isrof 
qilmanglar, chunki U (Alloh) isrofgarlarni sevmas". Isrof ko'p eyishda, undan kasalliklar 
kelib chiqadi", dedi.  
Hasan Basriy aytadilar: "Kishining ziynati to'rtta narsada: xulqini tutishi; o'lchov bilan 
gapirishi; molini aql bilan ishlatishi; kirib chiqayotgan narsaga rioya qilishi". 
Umar ibn Xattob (roziyallohu anhu): "Kishi xohlagan narsani eyverishi isrofdir", 
deganlar.  
Sumra ibn Junbuddan rivoyat qilinadi: U kishining o'g'li bo'kkunicha edi, so'ng holi 
og'irlashib qayt qildi. Shunda Sumra: "Agar o'lib qolganingda, men senga janoza o'qimas 
edim", dedilar. 
Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Odam farzandi to'ldirgan idishlar ichida qornidan 
yomonrog'i yo'q. Odam bolasiga qomatini tutib turadigan ozuqa kifoya qiladi, agar iloji 
bo'lsa, qorinning uchdan biri taom uchun, uchdan biri sharob uchun va uchdan biri havo 
uchun", dedilar.  
Aytiladiki, ko'p eyishda beshta yomonlik bor: Allohdan qo'rquvni qalbdan ketkazadi; 
toat-ibodatni kishiga og'irlashtiradi; hikmat eshitsa, undan ta'sirlanmaydi; agar u 
hikmatli gaplarni gapirsa, uning gapi odamlar qalbida o'rnashmaydi; tanasida kasallik 
uyg'onadi.  
Aytiladiki, taomda to'rtta xislat bo'lishi farz, to'rttasi sunnat, to'rttasi odob, ikkitasi davo 
va ikkitasi makruh. Farz bo'lgan to'rt xislat: faqat haloldan yeyish; taom Allohdan 
ekanini unutmaslik; unga rozi bo'lish; uning quvvati bilan Allohga osiylik qilmaslik. 
Sunnat bo'lgan to'rt xislat: eyishdan oldin Alloh taoloning nomini aytish; taom oxirida 
Allohga hamd aytish; qo'lini taomdan oldin va keyin yuvish; ovqatlanayotganda chap 
oyog'ini tagiga to'shab, o'ng oyog'ini ko'tarib o'tirish. Odob bo'lgan to'rt xislat: oldidan 
olib yeyish; luqmani kichik qilish; mayda chaynash; boshqalarning luqmasiga 


Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy 
 
 
www.ziyouz.com kutubxonasi 
143
qaramaslik. Shifo bo'lgan ikki xislat: dasturxonga tushgan ushoqlarni terib yeyish
tavoqni yalab, tozalab qo'yish. Makruh bo'lgan ikki xislat: taomni hidlamaslik va taomga 
puflamaslik, ya'ni, issiq taomni sovugunicha kutish lozim. Nabiy (sollallohu alayhi 
vasallam) aytganlarki: "Issiq taomda baraka yo'q". Vallohu a'lam. 
 

Download 406,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   203




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish