Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
141
seviklirog'i Alloh taolo uchun yo'qdir".
Ibrohim Naxa'iy aytadilar: "Bolalarning muallimiga osmondagi farishtalar,
erdagi
hayvonlar, havodagi qushlar va dengizdagi baliqlar istig'for aytadi".
Aytilishicha, agar bola maktabga kirsa va "Bismillahir rohmanir rohiym" kalimasini
o'rgansa, Alloh shu sababli uchta kishini – otasini, onasini va muallimini kechiradi.
Abu Said Xudriy: "Kishi o'g'il yo qiziga Qur'ondan o'rgatgan biror narsani yoki muallim
uchun bergan biror dirhami sababli Uhud tog'ining og'irligicha (ajr topadi), agar bola
uydan maktabga chiqsa, otasining uyida yaxshilik ko'payadi va yomonliklar kamayadi,
shayton undan qochadi", deganlar. Hasan Basriy aytadilar: "Kim bolasiga Qur'onni
o'rgatsa, Alloh unga qiyomat kunida jannat kiyimlaridan uchtasini kiygizadi.
Ularning
bittasi dunyo va undagi narsalardan yaxshiroqdir. Vaholanki, insonlar yalang'ochdir.
So'ng unga Alloh kitobidagi, har bir harfi uchun daraja bor".
Abu Abdurahmon Sulaymoniy Usmon ibn Affondan (roziyallohu anhu) rivoyat qiladi:
"Rasululloh (sollallohu alayhi vasallam): "Sizlarning afzalingiz Qur'onni o'rganib so'ng,
uni o'rgatganingiz", dedilar". Abdurahmon: "Bu hadis meni bu majlisga o'tkazdi",
dedilar. Ya'ni, u kishi insonlarga ta'lim berar va Hasan va Xusaynlarning (roziyallohu
anhumo) muallimi edilar. Zahhok ibn Abbosdan rivoyat qiladilar: "Nabiy (sollallohu
alayhi vasallam) Haujjatul vadoda: "Ey Parvardigor, muallimlarni kechir, ularning
umrlarining uzun qil va ularni kasblari va maishatlariga (tirikchiliklariga) baraka ber",
dedilar".
Anas ibn Molik aytadilar: "Nabiy (sollallohu alayhi vasallam): "Ey Parvardigor,
ulamolarni
boy, muallimlarni faqir qil", dedilar. Faqih aytadilar: Rasululloh (sollallohu alayhi
vasallam): "Muallim ularning kasblariga baraka ber", degan so'zlarida kunlik ozuqani
nazarda tutdilar, "ularni faqir qil", degan so'zlarida ularni mollari ko'paytirmasligini
aytdilar, chunki ularning moli ko'paysa, ta'lim berishni tark qiladilar. Muallim savobga
etishni, amali payg'ambarlar amalidan bo'lishini xohlasa, besh narsani yodda tutishi
lozim:
birinchisi, haqni shart qilmasligi va uni chuqur so'rab-surushtirmasligi, nimani
bersa, olishi, bermasa so'ramasligi lozim. Ammo o'qish va yozishni ta'lim berishni
shartlashishi va bolaga yod oldirishi joizdir; ikkinchisi, doimo taxoratli bo'lishi lozim,
chunki har vaqt, har soatda mushafni ushlaydi;
uchinchisi, ta'lim berish vaqtida nasihat
berishi va o'z amriga iqbol qilishi; to'rtinchisi, nizolashib qolgan bolalar orasida adolat
etishi, ularga insof qilishi, kambag'allarning bolasi qolib boylarning bolasiga moyil
bo'lmasligi lozim;
beshinchisi, urmasligi kerak, had joiz emas, chunki qiyomat kunida
hisob beradi.
Habib ibn Abu Said aytadilar: "Muallimlar podshohlarni yulduzida tug'iladilar, ular
podshohlar hisob-kitob qilinganidek, hisob-kitob qilinadilar".
Oldingilardan birining o'g'li uyiga yig'lab keldi. "Senga nima bo'ldi?" deb so'radi.
"Muallim urdi", dedi o'g'il. Shunda: "Menga Ikrima Ibn Abbosning "Bolalaringizning
muallimlari ichida Allohga eng yomoni etimlarga mehribonchiligi oz va miskinlarga qo'pol
muomala qilganidir; deganlarini aytgan edi", dedi ota.
Ba'zi sahobalar: "Uch kishiga qiyomat
kunida Alloh nazar solmaydi; etimga toqat qila
Bo’stonul orifiyn. Abu Lays Samarqandiy
www.ziyouz.com kutubxonasi
142
olmaydigan, haqqini yuklaydigan muallimga; sulton huzurida havoi nafsicha gapirib
o'tiradigan kishiga; behojat bo'laturib, odamlardan tilanadigan kishiga;
Ali ibn Abu Tolib (roziyallohu anhu) aytadilar: "Qur'onni yod
oladigan kishiga har yili
baytul moldan 200 dinor yoki 2000 dirham berishi lozim. Agar unga bu mablag'
berilmasa oxiratda beriladi. Qur'onni yarmini yod olsa, unga 100 dinor yoki 1000 dirham
(beriladi). Berilmasa, qiyomat kunida voliydan olinadi. Yaxshiliklari bo'lsa,
yaxshiliklaridan olinadi, agar yaxshiliklari bo'lmasa, qorining gunohlari unga yuklanadi".
Do'stlaringiz bilan baham: