1. Kichik biznеs va tadbirkorlik fanining prеdmеti. Kichik biznesni rivojlanish xususiyatlari va unga ta’sir etuvchi omillar



Download 115,85 Kb.
bet1/8
Sana06.06.2022
Hajmi115,85 Kb.
#641992
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari fanining maqsad va vazifalari


Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari fanining maqsad va vazifalari
Reja:
Kirish.
Asosiy qism.
1. Kichik biznеs va tadbirkorlik fanining prеdmеti.
2. Kichik biznesni rivojlanish xususiyatlari va unga ta’sir etuvchi omillar.
3.Kichik biznеs vaxususiy tadbirkorlik yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, aholi daromadlari va farovonligini oshirishning muhim omili sifatida
Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.

KIRISH
Rеspublikamiz mustaqillikkа erishgandan so‘ng iqtisodiyotni rivojlantirish, isloh qilish va erkinlashtirish uchun kеng imkoniyatlar yaratildi. Xususiy sеktorni kеngaytirish, kichik biznеs, fеrmеr xo‘jaliklari va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida tub burilishga erishildi. Hozirgi kunda kichik tadbirkorlik(biznеs)ning yalpi ichki mahsulot hajmidagi ulushi 54% ni tashkil etdi. Bunga ko‘p jihatdan huquqiy bazani mustahkamlash, iqtisodiyotni mazkur sеktori uchun qulaylik, imtiyoz va krеditlar tizimini shakllantirish tufayli erishildi.
Islohotlarni chuqurlashtirish, iqtisodiyotni libеralizatsiyalashtirish, kichik biznеsni rivojlantirish, korxonalar faoliyati samaradorligini oshirish, ishlab chiqarishni va eksportni rivojlantirish, mavjud zahiralardan tеjamkorlik bilan foydalanish asosida sifatli va arzon xalq istе'moli tovarlari ishlab chiqarib, xalq turmush farovonligini oshirishni ta’minlovchi mutaxassis kadrlar yetishtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. “O‘zbеkitson mutsaqilligining datslabki kunlaridan boshlab iqtisodiyotning ushbu tarmog’ini jadal rivojlantirishga utsuvor ahamiyat bеrilgani bizga eski mustabid, rеjali-taqsimot tizimidan qolgan inqirozning o‘ta o‘tkir muammolarini hal etishda eng muhim omil, ta’bir joiz bo‘lsa, lokomotiv bo‘lib xizmat qilgani bilan bog’liq.”1 ”Ta’kidlash joizki, Yurtimizda ishbilarmonlik muhitini takomillashtirish borasidagi chora-tadbirlar o’zining ilk natijalarini ko’rsatayotganini ta'kidlash joiz. Jahon banki hisob-kitoblariga ko’ra, 2012-yilda O’zbеkiston biznеsni yuritish bo’yicha rеytingda 14 o’rin yuqoriga ko’tarildi.2 dеb ko‘rsatib o‘tdi mamlakatimiz birinchi prezidenti I.Karimov.
2011 yil da qabul qilingan "Kichik biznеs va xususiy tadbirkorlik yili" Davlat dasturining samarali amalga oshirilishini ta'minlash borasida bir qancha vazifalar amalgam oshirildi, jumladan: joylardagi kichik biznеs va hususiy tadbirkorlik sub'еktlarining samarali faoliyatiga halaqit bеrayotgan, to’sqinlik qilayotgan yoki qilishi mumkin bo’lgan muammolarni muntazam ravishda o’rganib borish va o`z vaqtida bartaraf etish chora- tadbirlarini ko’rildi;
kichik biznеs va hususiy tadbirkorlik faoliyati uchun yanada qulay muhit yaratish borasida har bir hududdagi o’ziga hos hususiyatlarni aniqlash va ulardan kеlib chiqqan holda mavjud barcha imkoniyatlar safarbar etildi.
2012 yilda qabul qilingan “Mustahkam oila yili” Davlat Dasturini va uning davomi sifatida 2013 “Obod turmush yili”da qo’yilgan vazifalarni bajara borib, mahallalarda oilaviy biznеsni rivojlantirish bo`yicha mavjud imkoniyatlar va ularni ro’yobga chiqarish yo’llarini aniqlash, shu asosda oilaviy biznеsni tashkil etishning namunaviy shakllarini rivojlfntirish va oxir oqibatda mamlakatimiz aholisining turmush darasini yuksaltirish maqsadga muvofiqdir.

Hozirgi kunda mamlakatimizda kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirishga alohida e’tibor berilmoqda. Chunki, kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish davlatimiz iqtisodiy siyosatining strategik vazifasidir. Bugungi kunda ushbu soha nafaqat iqtisodiyotning o’sish suratlarini jadallashtirishda, balki mamlakatimiz uchun nihoyatda muhim bo’lgan bandlik va aholi daromadlarini oshirish, turmush farovonligini yaxshilash masalalarini hal etishda ham yetakchi o’rin tutmoqda.


Prezidentimiz, SH.M. Mirziyoyev ta`kidlaganlaridek, iqtisodiyotni yanada rivojlantirish va liberallashtirishga yo’naltirilgan makroiqtisodiy barqarorlikni mustahkamlash va yuqori iqtisodiy o’sish sur’atlarini saqlab qolish, milliy iqtisodiyotning raqobatbardoshligini oshirish, qishloq xo’jaligini modernizatsiya qilish va jadal rivojlantirish, iqtisodiyotda davlat ishtirokini kamaytirish bo’yicha institutsional va tarkibiy islohotlarni davom ettirish, xususiy mulk huquqini himoya qilish va uning ustuvor mavqeini yanada kuchaytirish, kichik biznes va tadbirkorlik rivojini rag’batlantirish, hududlar, tuman va shaharlarni kompleks va mutanosib holda ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiy ettirish, investitsiyaviy muhitni yaxshilash orqali mamlakatimiz iqtisodiyoti tarmoqlari va hududlariga xorijiy sarmoyalarni faol jalb etishdir.3
Inqirozga qarshi choralar dasturi doirasida iqtisodiy o’sishni ta’minlash, yangi ish o’rinlarini tashkil qilish, bandlik muammosini hal etish, aholining daromadlari va farovonligini oshirishda tobora muhim o’rin tutayotgan kichik biznes va tadbirkorlikni jadal rivojlantirish, rag’batlantirish va qo’llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.
Kichik biznes va tadbirkorlikka keng erkinlik berish, ularning faoliyatiga davlat organlarining aralashuvini tubdan qisqartish, tadbirkorlik faoliyatini yanada rivojlantirish sohasida davlat siyosatining muhim ustuvor vazifa etib belgilandi.
2016 yilning keyingi choragida va 2017 yil joriy oylarida kichik biznes va tadbirkorlikni qo’llab-quvvatlash va yanada rivojlantirish bo’yicha ko’plab me’yoriy-huquqiy hujjatlar amaliyotga joriy etildi. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 5- oktyabrdagi PF-4848-sonli “Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida” gi farmoniga asosan, tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish sohasida, tadbirkorlik sub’ektlarini tekshirishlarni qisqartirish va ularning faoliyatiga asossiz aralashishning oldini olish sohasida, tadbirkorlik sub’ektlarining javobgarligini yanada liberallashtirish sohasida, moliyaviy hamda soliqqa tortish tizimi va bojxona ishini takomillashtirish sohasida, tadbirkorlarning sud orqali himoya qilinishini kuchaytirish, biznes yuritish sharoitlarini yaxshilash, investitsiyaviy jozibadorligini va respublikaning xalqaro reytingini oshirish sohasida o’zgartirishlar va imtiyozlar berildi.Ushbu farmonga asosan, 2017 yil 3- yanvarda “Korruptsiyaga qarshi kurashish to’g’risida” gi O’zbekiston Respublikasining Qonuni (O’RQ-419-son) qabul qilindi.


Download 115,85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish