O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
XO’JAYLI ABU ALI IBN SINO NOMIDAGI JAMOAT SALOMATLIGI TEXNIKUMI
___________________________ guruhi talabasi
_______________________________ning
___________________________________ fanidan
Mavzu: ______________________________________________
___________________________________________
___________________________________________
Xo’jayli 2021
Mavzu: Gigiyena va ekologiya fanining vazifasi
Reja:
Gigiyena taraqqiyoti tarixi
O‘rta osiyoda gigiyena
Ekologiya haqida tushuncha
Rivojlangan jamiyatda inson sog‘lig‘mi muhofaza qilish davlatning eng muhim vazifalaridan biri hisoblanadi. Bu vazifani hal etishda, jumladan, kasalliklarning oldini olish va sog‘lom turmush tarzini yaratishda tibbiyot xodimlarining roli katta.
Tibbiyot xodimlari profilaktik tadbirlarni amalga oshirishlari uchun egallagan nazariy va amaliy bilimlarining o‘zi kifoya qilmaydi, buning uchun kasalliklarning oldini olish tadbirlarini o‘zida mujassam etgan hamda profilaktik tibbiyotga nazariy asos bo‘la oladigan bilimlarni ham egallashlari kerak. Bunday bilim- larni gigiyena, ya’ni kasalliklarning oldini olish tadbirlarini ko‘rish yo‘li bilan sog‘liqni saqlash va uni yaxshilash to‘g‘risidagi fan beradi. Gigiyena inson vujudi va faoliyati bilan atrof- muhitning uzviyligini ta’kidlaydi. Muhit sog‘lom bo‘lmay turib, tananing sog‘lig‘ini ta’minlab bo‘lmaydi. Shu ma’noda gigiyena tabiiy, ijtimoiy muhit — borliqning odam organizmiga ijobiy, salbiy ta’sirini ham o‘rganadi va bu borada tavsiyalar beradi. Tashqi muhit deganda tabiiy va ijtimoiy shart-sharoitlar tomonidan belgilangan maishiy va ishlab chiqarish omillarining majmuyi tushuniladi. Tashqi muhit omillariga yer, suv, havo, oziq-ovqat va boshqalar kiradi. Odam organizmi tashqi muhit- ning beto‘xtov harakatda bo‘lgan omillari (kimyoviy, fizikaviy, biologik, radioaktiv) ta’siriga duch keladi, biroq odamdagi tabiiy moslanuvchanlik xususiyati kasallik kelib chiqishiga yo‘l qo‘y- maydi. Organizm bilan muhit o‘rtasidagi tabiiy muvozanatning buzilishi esa xastalikka zamin yaratadi. Chunki moslashuvchanlik (adaptatsiya) ning chegarasi bor. Demak, gigiyena fani inson sog‘lig‘i bilan tashqi muhit o‘rtasidagi mutanosiblikni saqlashning muhimligini (mehnat va ovqatlanish shart-sharoitlarini yaxshilash, turarjoylarni obodonlashtirish va b.) izohlaydi.
Gigiyena tashqi muhit omillarining inson salomatligiga ta’sirini o‘rganadigan va olingan ma’lumotlarga tayangan holda tashqi muhitni sog‘lomlashtirish, aholi sog‘lig‘ini mustah- kamlashning me’yor va tartib-qoidalarini, ayniqsa, yuqumli kasalliklaming oldini olish, mehnat qobiliyatini oshirish, umrni uzaytirish chora-tadbirlarini ishlab chiqadigan fandir.
Gigiyena fani tavsiyalarini amaliyotga sanitariya (lotincha sanitas so‘zidan olingan bo‘lib, sog‘liq degan ma’noni anglatadi) muassasalari joriy qiladi.
Sanitariya faoliyati orqali gigiyena fani rivojlanadi. Demak, gigiyena sog‘liqni saqlash va uni yaxshilash to‘g‘risidagi fan bo‘lsa, sanitariya-gigiyena qonun-qoidalari asosida amaliy faoliyat ko‘rsatadigan sohadir.
Tibbiyot xodimlari ishlab chiqarish va turmush shart-sha- roitlarining odamga ta’sirini chuqur o‘rganib, kasalliklar sabablarini tahlil qilganlaridan keyingina kasallikni davolash, keyin- chalik esa uning oldini olishning samarali chora-tadbirlarini ko‘rishlari mumkin bo‘ladi. I.P. Pavlov «Zamonaviy tibbiyot kasalliklaming hamma sabablarini bilib olgandagina kelajak tibbiyotiga, ya’ni keng ma’nodagi gigiyenaga aylanadi», — deb bejiz aytmagan.
Organizm bilan muhitning birligi ular kimyoviy tarkibining umumiyligi bilan, shuningdek, ular o‘rtasida moddalar va energiya almashinuvi jarayonlarining tinmay bo‘lib turishi orqali isbotlanadi. Tashqi muhitning organizmga ta’siri organizmning o‘sish jarayonlari deb ataladigan jarayonlari: nafas olish, ovqat- lanish, termoregulatsiya va boshqalarni o‘zgartirishida namoyon bo‘ladi. Organizmning eng muhim hayotiy jarayonlari tashqi muhitning ana shu ta’siriga, uning sifati va miqdoriga bog‘liq bo‘ladi. Tashqi muhit omillarining inson salomatligiga ta’siri ijobiy va salbiy bo‘lishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |