47
5-маъруза. Mashina, mexanizm elementlari va turlari. Texnologik xaritalar, ularni tuzish
va foydalanish
REJA (2-soat)
1. Mashina, mexanizm elementlari va turlari
2. Texnologik xaritalar, ularni tuzish va foydalanish
Tayanch iboralar: texnologiya, Ishlab chiqarish, tarkibiy qism, dizayn, yangi texnika, ilg‘or
texnologiyalar,
duradgorlik, tokarlik.
1. Mashina, mexanizm elementlari va turlari.
Yog‘ochga ishlov berish dastgohlarining unsurlari ishlov berish dastgohlarining qurilmalari va
ularning bajaradigan ishiga bog‘liq. Ba‘zi dastgohlar yog‘ochni arralash uchun, yana biri - randalash
uchun, boshqalari — parmalab teshish va hokazolar uchun ishlatiladi. Biroq dastgohlar tuzilishi
jihatdan bir-biridan farq qilgani bilan ularning qurilma unsurlari bir xil vazifani bajaradi: staninalar,
stollar yoki karetkalar detallar uchun baza bo‘lib xizmat qiladi, uzellari esa kesish asbobini
mahkamlash va ish vaqtida asbob yoki zagotovkaga harakat uzatish uchun xizmat qiladi.
Dastgohlarning qurilmasini o‘zgartirish ularning unsurlari qurilmasining o‘zgarishiga hamma vaqt
ham sabab bo‘lavermaydi. Shunga ko‘ra dastgohlarning qismlarini bilish yangi qurilmadagi dastgohlar
va avtomatik liniyalarni tez o‘zlashtirishga imkon beradi.
Dastgohlarning unsurlari asosiy va yordamchi unsurlarga ajratiladi. Asosiy unsurlar jumlasiga
staninalar, supportlar, ish qismlari, surish qurilmalari, yuritmalar, boshqarish qismlari, tayanch va
yo‘naltiruvchi qurilmalar, qisqichlar, siqish moslamalari va tirgaklar kiradi. Kesish asbobini charxlash,
dastgohni sozlash, rostlash va moylash, chiqindidan xalos qilish uchun mo‘ljallangan
qurilmalar
yordamchi unsurlar bo‘lib hisoblanadi. Ko‘pgina dastgohlar dastgoh yoniga o‘rnatiladigan qurilmalar
— zagotovka bilan ta‘minlab turuvchi va taxlash qurilmalari bilan jihozlanadi, biroq aytib o‘tilgan
unsurlar to‘plami bilan dastgohlarning hammasi ham jihozlanavermaydi.
Stanina dastgohning asosi bo‘lib, barcha uzellar va detallar staninaga mahkamlanadi. Stanina
dastgohning ayrim unsurlari o‘rtasida ta‘sir kuchlarini, titrash kuchlanishlarini hamda ishlov
berilayotgan material yuklanishlarini qabul qiladi.
Staninalar quyib va payvandlab tayyorlangan bo‘lishi mumkin. Ularning ichi kovak qilib, kesimi,
odatda, qutisimon, shu bilan birga, zarur bo‘lgan turg‘unlikni ta‘minlab tayyorlanadi. Stannalarning
shakli va o‘lchamlari dastgohning vazifasiga hamda qurilmasiga bog‘liq.
Kesish asboblari aylanadigan dastgohlarning ish qismlari-shpindellari, pichoqlar va arralar
o‘rnatiladigan vallari ana shu asboblami mahkamlash va aylantirish uchun xizmat qiladi.
Kesish asbobi
ilgarilama harakat qiladigan dastgohlarda ish qismlari yo kesish asbobini mahkamlash uchun yoki uni
mahkamlash va unga to‘g‘ri chiziqli kesish harakatini uzatish, yo bo‘lmasa, to‘g‘ri yo‘nalishda surish
uchun moijallangan. G‘o‘labur arrali va jilvirlash tasmali dastgohlarning ish qismlari — shkivlari
aylanadi, kesish asbobi, ya‘ni g‘o‘labur arrasi yoki jilvirlash tasmasi zagotovkaga nisbatan ilgarilama
harakat
qiladi.
Supportlarga dastgohning ish bajaradigan yoki boshqa qismlari mahkamlanadi. Supportga
mahkamlangan ish qismlari, dastgohning qurilmasiga qarab, sozlash vaqtida bir (masalan, vertikal)
yo‘nalishda, ikki (vertikal va gorizontal) yoki uch yo‘nalishda va burchak hosil qilib surilishi mumkin.
Pozitsiyalab ishlov berish dastgohlarida supportlardan tayanch unsurlar — stollarni mahkamlash
maqsadida ham foydalaniladi. Bunday dastgohlarda supportlar ba‘zida zagotovkalarga surish
harakatini uzatish uchun ham xizmat qiladi.
48
O‘tish bilan ishlov berish dastgohlarida surish qurilmalari zagotovkalarga uzluksiz bir tekis
harakatni uzatib turadi; pozitsiyalab ishlov berish dastgohlarida esa bu qurilmalar zagotovka yoki
kesish asbobiga, yo bo‘lmasa bir vaqtning o‘zida ham zagotovka, ham asbobga qaytma - ilgarilama
harakat — surish harakati va qurilmaning salt yurishi uzatiladi.
Yuritma dvigatel va uni dastgoh unsurlari bilan bog‘lovchi oraliq zvenolardan (masalan, tasmali
uzatma yoki elektr dvigatel valini pichoqlar vali bilan bog‘lovchi muftadan) iborat. Ba‘zan, masalan,
elektr dvigatel vali ayni vaqtda arralar vali bo‘lib ham xizmat qiladigan hollarda oraliq zvenolarga
hojat qolmaydi.
Boshqarish qismlari ish qismlarining yuritmalarini ishga solish va to‘xtatish uchun mo‘ljallangan.
Zamonaviy rusumdagi dastgohlarda yuritmalar avtomatik va yarim avtomatik ravishda boshqariladi;
yarim yuritmalar muayyan, oldindan belgilab qo‘yilgan izchillikda yoki zagotovkaning muayyan
holatida ishga tushadi va to‘xtaydi. Ko‘pgina dastgohlarning boshqarish tizimlarida buzilib qolgan
yuritmaning avtomatik ravishda to‘xtashi ko‘zda tutilgan.
Dastgohlarning tayanch va yo‘naltiruvchi unsurlari ishlov berish jarayonida zagotovkalarning
turg‘unligini ta‘minlaydi va surilayotgan zagotovkani kesish asbobiga to‘g‘rilaydi.
Pozitsiyalab ishlov berishda qisqichlar zagotovkani muayyan vaziyatda mahkamlaydi. Siqish
moslamalari o‘tish operatsiyalari bajarilayotganda zagotovkalarni yo‘naltiruvchiga zich tegib turishini
ta‘minlaydi. Tirgaklar zagotovkani kesish asbobiga nisbatan muayyan vaziyatda to‘g‘ri joylashishiga
yordam beradi.
Ta‘minlash va taxlash qurilmalari dastgohga zagotovkalarni uzatadi va ishlov berilgan zagotovka
yoki
detallarni dastgohdan olib, ularni tashish paketlariga taxlaydi.
Charxlash qurilmalari kesish asbobini bevosita dastgohda charxlash va shaklini to‘g‘rilashga
mo‘ljallangan.
Sozlash qurilmalari hamma dastgohlarda bor. Ular yo‘naltiruvchi va tayanch unsurlarning kesish
asbobiga nisbatan vaziyatini hamda siqish va uzatish unsurlarining tayanch qismlarga nisbatan
vaziyatini o‘zgartirish uchun ishlatiladi.
Chiqindilardan xalos qilish qurilmalari eksgauster qabul qilgichlardan iborat bo‘lib, zagotovkaga
ishlov berganda hosil bo‘ladigan chang, qipiq va qirindini chiqarib tashlaydigan quvurlarga ulanadi.
Moylash qunlmalari ishqalanuvchi sirtlarni moylash uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: