50
Pichoqlar vali bir, ikki va bundan ko‘p pichoqlar juftini o‘rnatishga mo‘ljallangan. Pichoqlarni
o‘rnatish usullari rasmda ko‘rsatilgan. Pichoqlar
(3) valdagi o‘yiqlarga o‘rnatilgan. Har bir pichoq
o‘yiqning devori bilan ponasimon vkladish
(4) orasiga boltlar
(5) bilan siqib qo‘yilgan; boltlar
vkladishlardan buralib chiqqanda kallaklari bilan o‘yiqning qarama-qarshi tomondagi pichoqqa
taqaladi. Pichoqni bir tekisda siqib qo‘yish uchun valni uzunligi bo‘yicha bir necha bolt bilan siqib
qo‘yish ko‘zda tutilgan.
O‘tmaslashgan pichoqni almashtirish uchun hamma boltlar bo‘shatilib, pichoq olinadi va o‘rniga
o‘tkir pichoq qo‘yiladi, so‘ngra valning o‘rtasidagi boltdan boshlab barcha boltlar bir necha usulda
buralib, pichoq qattiq siqib qo‘yiladi. Pichoq tig‘ining vaziyatini o‘zgartirish uchun, shuningdek,
pichoqni valga o‘rnatishda vintlar
(2) (11-rasm,
a) yoki
prujinalar (6) (rasm,
b) ishlatiladi.
Shpindellar. Shpindellar uzunasiga frezalash, frezalash, turum qirqish, parmalash, zanjirli - o‘yish
dastgohlan va yog‘ochga frezalash yoki parmalash usuhda ishlov berishga mo‘ljallangan boshqa xil
dastgohlarda kesish asbobmi o‘rnatish va aylantirish
uchun ishlatiladi
Shpindellar dastgoh supportining stakani ichiga sharikli podshipmklar bilan mahkamlanadi.
Shpindelning yuqori qismida kesish asbobi bo‘lgan valga kiydirish uchun konussimon chuqurcha yoki
mahkamlash vositasi ko‘zda tutilgan bo‘ladi.
Shpindellar dastgohlarning vazifasiga ko‘ra turlicha qurilmalarda bajarilgan bo‘lishi mumkin.
Ba‘zi hollarda ish jarayonida shpindelning uzunligini o‘zgartirish uchun teleskopik shpindellar
ishlatiladi. Rasmda shunday shpindellardan birining tuzilishi ko‘rsatilgan. Bu shpindel ikki qismdan
iborat; qismlardan biri ikkinchisi bo‘ylab shponkada yoki shlitsli birikmada sirpanishi mumkin.
Shpindelning shkiv
(4) li yuqori qismi
(6) podshipniklar
(5) ga, pastki qismi
(2) esa stakan
(3) ning
podshipniklari
(7) ga o‘rnatilgan. Bu holda shpindelning pastki qismiga parma
(1) mahkamlangan.
Shpindelning pastki qismini dasta
(8) yordamida vertikal tekislikda siljitish mumkin, bunda
shpindelning yuqori qismi
(6) tishlashgan holda turadi (13- rasm).
Yog‘ochga ishlov berish dastgohlarida, ko‘pincha, elektr dvigatellarning uzaytirilgan vallari
shpindel vazifasini o‘taydi. Kesish asbobi valga bevosita yoki shpindelni valga o‘tqazish yordamida
mahkamlanadi. Tok chastotasi 50 Gs bo‘lganda elektr dvigatel val-shpindellar daqiqasiga taxminan
3000 marta ayla- nishi mumkin; biroq mahsulot sifatli chiqishi va uskuna yuqori unum bilan ishlashi
uchun val-shpindellar daqiqada taxminan 4500, 6000 marta va bundan ham tezroq aylanadi. Buning
uchun dastgohlarga tok chastotasini mos ravishda 75, 100 Gts gacha va undan ko‘proq oshiradigan
o‘zgartirgichlar o‘rnatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: