61
sirtiga bir tekisdan tegib ishqalanish ta`minlanadi. Qo`l bilan ishlaganda asosiy aylanma xarakatlar
yo`nalishida jilvirlanadi. Elektr jilvirlash mashinasi bilan asosan to`g`ri chiziqli yo`nalishda
jilvirlanadi. Qo`l bilan jilvirlashda albatta ish qo`lqopi kiyish zarur. Jilvirlash ishlarni bajarishda
changdan saqlanish qoidalariga rioya qilish kerak.
Laklash uchun shaffof laklangan yog`ochning rangi va gullar yaltiroq lak qatlamida chiroyli
ko`rinib turadi. Rangli laklar yog`och rangini o`zgartirib, shu lakning rangidagi yaltiroq qatlam hosil
qiladi. Laklashni maxsus purgagich asboblar yordamida yoki cho`tka hamda aylanadigan valiklar
yordamida bajariladi. Bunda lakni buyum sirtiga bir xil qalinlikda va bir hil tezlikda surtib borishga
erishish lozim. Nitro lak 2-3 soatda, boshqa turdagi laklar 12-24 soatda to`liq quriydi. Laklash ishlari
shamollatiladigan, havosi changsiz xonalarda bajariladi. Laklar tarkibida tez yonuvchi moddalar
bo`lgani sababli, ularni ishlatish va saqlashda yong`inga qarshi qoidalarga qat`iy rioya qilish zarur.
Bo`yash yog`ochning ta`biy rangini o`zgartirgan xolda pardozlovchi hamda tashqi ta`sirlardan
saqlovchi himoya qatlami hosil qilishdan iborat. Bunday usullarda eshiklar, deraza romlari, ayrim
meballar va boshqa buyumlarga pardoz beriladi. Yog`ochni bo`yash uchun ko`proq moyli bo`yoqlar,
nitro bo`yoqlar, emallar, suv emulsiya bo`yoqlari ishlatiladi.
Bo`yash ishlarini bo`yash, purkash mashinalari yordamida yoki cho`tkalar va dumaloq valiklar
yordamida bajariladi.
Bo`yoqni buyum sirtiga bir tekis ko`rinishda hosil bo`lguncha 2-3 marta surtiladi. Etarlicha
qalinlikda surtilgan emal bo`yoqlari yaltiroq ko`rinish hosil qiladi. Boshqa bo`yoqlar yaltiramaydigan
qatlam hosil qiladi. Bo`yash ishlarini shamollatadigan xonalarda bajariladi. Bo`yoqlar bilan va ularni
saqlashda shaxsiy xavfsizlik ham da yong`inga qarshi qoidalarga rioya qilsh zarur.
Yog`och buyumlarini pardozlashdan tashqari ularni turli usullarda bezash ham mumkin. Ushbu
bezash usullariga buyum sirtiga naqshlar va boshqa tasvirlar ishlash, yog`och o`ymakorligi usulida
bezash hamda buyum sirtiga turli materiallarni yopishtirish orqali tasvirlar va naqshlar hosil qilish
kiradi.
Loklash yog`och buyumlarni yaltiratib pardozlashning eng keng tarkalgan usullaridan biri bo`lib,
bu ish buyumning sirtiga bir necha qatlam qilib lokni surtishdan iboratdir. Loklashda spirtli, moyli va
nitroloklardan fondalaniladi. Buyumlarni loklash ishlarini quruq, iliq, yaxshi shamollatiladigan
xonada, chang va qipiklardan holi joyda bajarish kerak.
Loklar cho`tka yoki tampon bilan surtiladi.
Tampon nam o`tkazmaydigan bir bo`lak paxtami yupka ipgazlamaga o`rab tayyorlanadi.
Buyum sirtini tampon bilan loklash usullari rasmda tasvirlangan.
Buyumlar sirtini pardozlashda moybo`yoqlar hamjuda keng qo`llanadi. Ular buyumning sirtida
namga chidamli mustahkam, himoya lash xossasiga ega bo`lgan qatlamni hosil qiladi.
Moybo`yoqning kamchiligi yaxshi yaltiramasligi va sekin
(tahminan
24
soatda)
qurishidir. Moy bo`yoq bilan bo`yaladigan buyum sirti avval jilvir bilan ishqalanishi, yaxshi
quritilishi va changlardan tozalanishi lozim.
Buyumning sirtiga moybo`yoqni cho`tkalar bilan xar xil yo`nalishlarda surtiladi
Do'stlaringiz bilan baham: