55
texnologik operastiya texnologik jarayonning tugal bir qismi bo’lib, ularda bir ish o’rnida va asbobni
almashtirmay, masalan, kesish, egovlash, parmalash, parchinlash, kavsharlash kabi biror ish bajariladi.
Shuningdek, texnologik operastiya ham texnologik jarayonning yanada kichik elementlariga
texnologik o’tishlarga bo’linadi. Bular texnologik operastiyaning tugal qismlaridan iborat bo’lib,
foydalaniladigan asbobning va ishlov beriladigan sirtning doimo bir xilligi bilan xarakterlanadi.
Masalan, sirtni egovlash, ichki qiyshiq chiziqli sirtni egovlash, tashqi qiyshiq chiziqli sirtni egovlash
va hokazo.
Texnologik jarayonning yuqorida aytilgan har bir elementini bajarish tegishli mehnat usullaridan
foydalanishni taqozo etadi. Mehnat usullari o’quvchining ish o’rnidagi turish holati, asboblarni
ushlashi va bajaradigan mehnat harakatlari bilan bog`liqdir.
Sizlar hozirgacha o’zingiz yasagan buyumlarning tayyor oddiy texnologik kartalaridan
foydalanib keldingiz. Bu mashg`ulotda esa ancha murakkab texnologik kartani o’rganasiz. Unda
quyidagi bo’limlar bor: 1-operastiya va o’tishlarning nomlari; 2- ishlov berishning eskizi, 3-
foydalaniladigan asboblar; 4-qo’llanadigan moslamalar. 8-jadvalda o’zingiz oldingi mashg`ulotda
chizmasini ishlab chiqqan detalni - eshik lo’kidonidagi sterjen qotirgichini yasashning texnologik
kartasi berilgan. Sizlar esa ana shu buyumdagi boshqa detallarni yasashning texnologik kartalarini
o’qituvchi rahbarligida mustaqil holda ishlab chiqasiz. Texnologik kartalarni tuzish va ulardan
foydalanish sizlarning ijodiy faolligingizni oshiradi, texnik tafakkuringizni rivojlantiradi va mustaqil
ishlarini o’rganishingizda yordam beradi. Bundan tashqari, sizlar texnologik kartalarni tuzishda
buyumning namunasiga yoki chizmasiga qarab uning murakkab konstrukstiyasini ishlab chiqish;
buyum uchun zagotovka tanlash va uning o’lchamlarini aniqlash; texnologik operastiya va o’tishlarni
hamda ularni bajarish tartibini belgilash; asboblar, uskuna va moslamalarni tanlash kabi muhim
ishlarni bilib olasiz.
Tuzilgan texnologik kartalar bo’yicha rejalashtirilgan buyumning hamma detallarini yasashingiz
va ularni yig`ishni bajarishingiz mumkin.
Bu mashg`ulotdagi amaliy ishlar eshik lukidonining qolip detallarini yasash uchun texnologik
kartalar tuzishga qaratilishi lozim.
Yupqa tunuka listlar va ulardan buyumlar tayyorlash metallni ishlashda verstakka o’rnatilgan
tiski, metallni cho’zish, o’lchash, kesish, egish, teshish asboblaridan foydalaniladi.
Do'stlaringiz bilan baham: