Surish qurilmalari. Zagotovkaga o‘tish bilan ishlov beradigan dastgohlarda surish harakati
uzluksiz ravishda zagotovkaga uzatiladi. Bu harakat, odatda, doimiy va vaqti-vaqti bilan bo‘ladi.
Pozitsiyalab ishlov berish dastgohlarida surish harakati yo zagotovkaga yoki kesish asbobi
mahkamlangan ish qismiga, ba‘zi hollarda esa bir yo‘la ham zagotovkaga, ham ish qismiga uzatiladi.
Bu dastgohlarda kesish asbobi yoki zagotovka har surilishdan keyin, albatta, salt harakatlanadi, shunga
ko‘ra surish qurilmasi suruvchi qurilmalarga qaytma - ilgarilama harakatni ko‘p hollarda turli tezlikda
uzatishi lozim.
Zagotovkaga o‘tish bilan ishlov beradigan dastgohlarda surish qurilmalari bir yoki bir necha juft
jo‘valar yoki jo‘valar va disklar, jo‘valar va gusenitsalar, gusenitsa zanjirlari va harakatlanmaydigan
roliklar, aylanadigan barabanlar hamda stollar ko‘rinishida yasaladi. Ko‘pincha, tirgakli (zagotovkani
ko‘nda- langiga surishda) plastinkasimon zanjirlar ishlatiladi.
Pozitsiyalab ishlov berish dastgohlarida surish qurilmalari sifatida qo‘zg‘aluvchan stollar,
karetkalardan, kesish asbobini zagotovkaga surish uchun esa supportlardan foydalaniladi. Surish
qurilmalarini elektr dvigatel, pnevmodvigatel va gidrodvigatel harakatlantiradi.
Dastgohlarning stollariga, odatda, harakatlanadigan yoki harakatlanmaydigan jo‘valar o‘rnatiladi;
harakatlanmaydigan jo‘valar stollar sirtidan sal balandroq ko‘tarilib turganligidan zagotovkaning stol
sirtiga ishqalanishini kamaytiradi.
Reysmusli dastgohlarda ustki jo‘valar ramaga o‘rnatilgan bo‘ladi; qo‘zg‘aluvchan stolga
o‘rnatilgan pastki jo‘valarning vaziyati o‘zgartirib sozlanadi.
Siljitish mumkinligi, ularning diametrlarini to‘g‘ri tanlash jo‘valarni zagotovkaga nisbatan
shataksirashini qisman kamaytirishga imkon beradi. Masalan, to‘rt tomonlama bo‘ylamasiga
frezalaydigan quvvatli dastgohlarda jo‘valarning siljishini kamaytirish uchun diametri 500 mm gacha
bo‘lgan uzatish jo‘valari ishlatiladi. Ba‘zida jo‘valarning zagotovkalarni zarur kuch bilan bosish uchun
mahkamlash qurilmasi barcha detallarining va yuqorigi jo‘valar yuritmasining (disk arrali
dastgohlarda) massasi tegishlicha tanlanadi hamda pnevmodvigatellar yoki prujinalar ishlatiladi.
Bo‘ylamasiga frezalash dastgohlarida jo‘valarning sirti taram-taramlanadi, bu esa ularni zagotovka
sirti bilan yaxshiroq tishlashishiga imkon beradi. Ko‘pincha, taram-taram jo‘valar sal qiyaroq
Do'stlaringiz bilan baham: |