Техник конструкциялаш ва моделлаш


Silindrli (a)  va  (b) jilvirlash dastgohlarining ish bajaruvchi qismlari



Download 7,73 Mb.
Pdf ko'rish
bet52/387
Sana26.09.2021
Hajmi7,73 Mb.
#185728
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   387
Bog'liq
Технология ва диз УУМ 20

Silindrli (a)  va  (b) jilvirlash dastgohlarining ish bajaruvchi qismlari: 
1  -  vintli  qurilma,  2  -  qumqog‘oz,  3  -  qistirma,  4  -  silindr,  5  -  taranglash  shkivi,  6  - 
yuritish shkivi, 7 - dazmolcha. 


52 
 
yo‘nalgan boiadi; shu tufayli zagotovka oldinga surilishi bilan bir vaqtda dastgohning  yo‘naltiruvchi 
yon  chizg‘ichiga  siqiladi.  Zagotovkaning  baza  sirti  buzilmasligi  uchun  pastki  jo‘valarning  sirti 
tekislanadi. 
 Elektr  yuritmalar.  Elektr  yuritmalar  sodda  tuzilganligi  va  jo‘ngina  boshqarilishi  sababli 
yog‘ochga  ishlov  berish  dastgohlarida  keng  foydalaniladi,  elektr  yuritmalarning  foydali  ish 
koeffitsienti  katta.  Elektr  yuritmalar  massasi  va  o‘lchamlarining  kattaligi  ularning  kamchiligi 
hisoblanadi.  Bundan  tashqari,  elektr  yuritmadan  foydalanganda  dastgoh  qismlarining  tezligini  ravon 
o‘zgartirish  qiyinlashadi.  Ko‘p  hollarda  elektr  dvigatel  vallarining  aylanish  chastotasini  kamaytirish 
maqsadida  (masalan,  surish  qurilmalari  uchun)  yuritma  jamlamasiga  og‘ir,  beo‘xshov  uzatmalar 
kiritishga  to‘g‘ri  keladi,  elektr  dvigatelni  yurgizib  yuborish  vaqtida  uning  inertsionligi  (harakatni 
davom ettirish yoki harakatsiz tura bilish qobiliati) kutilganidan ham kattaroq kuchlanishli tok vujudga 
kelishiga sabab bo‘ladi, natijada dvigatel qizib ketadi. Shunga ko‘ra surish qurilmasini harakatlantirish 
uchun,  ko‘pincha,  qurilmaga  elektr  dvigatel  o‘rniga  gidrodvigatel  o‘rnatiladi.  Eng  ko‘p  uchraydigan 
elektr yuritmalar va ularning sxemalari berilgan. Uzatish zvenolari bo‘lmagan elektr yuritmada elektr 
dvigatel (2) ish qismiga, ya‘ni pichoqli valga mufta yordamida ulangan, ish qismlarining massasi katta 
bo‘l- ganda hamda kesish asbobini katta tezlikda aylantirish zarurati bo‘lmagan dastgohdagina elektr 
yuritma  ishlatiladi.  Ish  qismi  elektr  dvigatelga  tasmali  uzatma  (3)  orqali  ulangan  yuritmalardan 
foydalaniladi. Bunda elektr dvigatelning aylanish chastotasi bir minutda 3000 bo‘lganda, ish qismlarini 
minutiga 6-8 ming marta aylantirish mumkin. 
Elektr  dvigatel  valiga  bevosita  ulangan  shpindellarga  o‘rnatilgan  kesish  asboblarining  katta 
tezlikda  kesishini  ta‘minlash  uchun  yuqori  chastotali  tokda  ishlaydigan  elektr  dvigatellaridan 
foydalaniladi. Sanoat chastotasidagi tok dastlab chastota o‘zgartgichga o‘tadi; chastota o‘zgartgich esa 
dastgohning  ish  qismiga  ulangan  elektr  dvigatelga  100,  200  Gs  va  undan  ortiqroq  chastotali  tok 
yuboradi. 
Surish  tezligini  ravon  o‘zgartirish  maqsadida  yuritma  zanjiriga,  ko‘pincha,  elektr  dvigateldan 
keyin (uzatma soni o‘zgarmaydigan reduktor oldiga (variator) reduktor dastgohning surish qurilmasiga 
uzatma  orqali  ulanadi.  Variatorning  ikkita  konus  shkivi  enli,  ponasimon  maxsus  tasmalar  yordamida 
juft-juft  qilib  ulangan.  Har  bir  shkiv  ikki  qismdan  iborat  bo‘lib,  bir  qismi  valga  qo‘zg‘almas  qilib, 
ikkinchi qismi qo‘zg‘aluvchan qilib sirpanuvchi shponka yoki shlitsalar yordamida mahkamlangan. 
Shkiv vali elektr dvigatel va reduktor yoki surish qurilmasi vali bilan bog‘langan. Dastak chapga 
surilganda uzatish soni ortadi, o‘ngga surilganda esa kamayadi. Uzatish sonining o‘zgarishiga shkivlar 
ish  diametrlarining  o‘zgarishi  sabab  boiadi.  Masalan,  dastak  chapga  surilganda  shkivlarning 
harakatlanadigan  qismlari  qo‘zg‘almas  qismlaridan  uzoqlashib,  shkivlarning  ish  diametrlari 
kichrayadi;  shkivlarning  qo‘zg‘aluvchan  qismlari  esa,  aksincha  qo‘zg‘almas  qismlariga  (tasmalar 
ta‘sirida) yaqinlashib, shkivlarning ish diametrlari kattalashadi. Buning natijasida variatorning uzatish 
nisbati  o‘zgaradi  va  chiqish  valining  aylanish  chastotasi  kamayadi.  Agar  dastak  o‘ngga  (teskari 
tomonga) surilsa, chiqish valining aylanish chastotasi ortadi. 
Dastgohlarning yuritmalarida bir pog‘onali ponasimon va disksimon variatorlar ishlatiladi. 
Gidravlik  yuritmaning  kamchiliklari:  ish  suyuqligining  ishqalanishi  va  saqlash  qurilmalari  orqali 
sizib  isrof  bo‘lishidan  foydali  ish  koeffitsientining  nisbatan  past  bo‘lishi  hamda  ish  suyuqligining 
temperaturasi keskin oshganda yuritmada o‘t chiqish xavfi tug‘ilishi va turg‘un ishlamasligi. 
Oddiy  gidravlik  yuritma  gidrodvigatei  va  nasosdan  tashkil  topgan.  Dastgohlarning  gidravlik 
yuritmalari  sxemasiga  ish  suyuqligining  bosimini  keragicha  o‘zgartirib  turadigan,  dastgoh  ish 
qismlarining  harakat  tezligini  tegishlicha  ta‘minlaydigan  hamda  gidrodvigatellar  valining  harakat 
yo‘nalishini  o‘zgartiradigan  qo‘shimcha  qurilmalar  kiritilgan.  Gidrosistemaga  ish  suyuqligi  uchun 
idishlar va ish suyuqligini begona aralashmalardan tozalaydigan konditsionerlar ham o‘rnatilgan. 


53 
 
Yog‘ochga  ishlov  berish  dastgohlarida,  asosan  ikki  tomonlama  ishlaydigan  silindrlar 
ko‘rinishidagi  gidrodvigatellardan  foydalaniladi.  Yangi  mashinalarda  ham  aylanma  harakatlanadigan 
gidrodvigatellar ishlatiladi. 
Ikki  tomonlama  ishlaydigan  gidrosilindr  har  ikkala  tomoni  (toretslari)  qopqoqlar  bilan  bekitilgan 
silindrdan tashkil topgan boiib, qopqoqlarning biri (yoki har ikkalasi) da shtok kirib turadigan teshiklar 
bor.  Porshen  shtokka  biriktiriladi.  Qopqoqning  shtok  kirib  turadigan  teshigiga  zichlash  halqasi 
o‘rnatilgan, bu zichlama silindrdan ish suyuqligining sizib chiqishiga yo‘l qo‘ymaydi. 
Porshen shtok bilan birga surilishi uchun silindr bo‘shlig‘i qopqoqlaridagi kanallar orqali quvurlar 
vositasida  yo‘nalti-  ruvchi  gidrotaqsimlagichlarga  yoki  jo‘mrakli  taqsimlagichlarga  ulangan. 
Silindrning  o‘ng  tomonidagi  bo‘shlig‘ini  bosim  gidro-  liniyasiga  va  chap  tomonidagi  bo‘shlig‘ini 
suyuqlikni tushirish liniyasiga ulash vaqtida porshen bilan birga shtok chapga ha- rakatlanadi.  Bosim 
gidroliniyasiga  gidrosilindrning  chap  tomonidagi  bo‘shlig‘ini  ulaganda  esa  porshen  o‘ngga 
harakatlanadi. 
Plastinkalar  bo‘shliqdan  bo‘shliqqa  surilganda  yonma-yon  turgan  ikki  plastinka  orasi  sekin-asta 
kattalashib,  orada siyraklanish  zonalari  vujudga keladi,  gidrobakda bosim  ostida turgan ish  suyuqligi 
quvurlar bo‘ylab nasosning chap bo‘shlig‘iga surilib, plastinkalar orasini to‘ldiradi. Rotorning keyingi 
burilishida  plastinkalar  orasi  kichrayadi  va  ish  suyuqligining  ortiqcha  qismi  quvurlar  orqali  bosim 
gidroliniyasiga  o‘tadi.  Plastinkali  nasoslar  10  Mpa  gacha  bosim  hosil  qiladi.  Ulardan  ba‘zan 
gidrodvigatellar sifatida ham foydalaniladi.  
Ish suyuqligi bosimini rostlaydigan gidravlik apparatlar  saqlash klapani gidrosistemada bosimning 
ortib  ketishiga  yo‘l  qo‘ymaydi.  Saqlash  klapani  korpusdan  tashkil  topgan  bo‘lib,  korpus  ichida 
«Keltirish»  («Podvod»)  bo‘shlig‘i  va  «Masofadan  boshqarish»  qurilmasi  bor,  ular  doimo  bosim 
kanaliga ulangan bo‘ladi. 
Bosim kuchi belgilangan miqdordan oshib ketsa, porshencha suyuqlik bosimi ta‘sirida prujinaning 
qarshiligini yengib yuqoriga ko‘tariladi. Porshen uyasidan ko‘tarilib, «Keltirish» va «To‘kish» («Sliv») 
bo‘shliqlarini  o‘zaro  tutashtiradi.  Ortiqcha  suyuqlik  «To‘kish»  bo‘shlig‘iga  o‘tadi,  porshen  dastlabki 
vaziyatni  egallaydi.  Sistemada  bosim  oshib  ketganda  mazkur  jarayon  takrorlanadi.  Amalda  porshen 
doimo biroz ko‘tarilgan  holda turadi,  shunga ko‘ra ish  suyuqligi  bosim  qismidan  «To‘kish»  qismiga 
qisman  o‘tadi,  chunki  ish  unumdorligi  sistemaga  ulangan  gidrodvigatelnikidan  yuqoriroq  bo‘lgan 
gidronasoslar tanlanadi. 
Reduksion  klapan  suyuqlik  bosimini  oldindan  belgilangan  o‘zgarishsiz  qiymatgacha  pasaytirish 
uchun  moijallangan.  Reduksion  klapan  korpusdan  tashkil  topgan  bo‘lib,  korpus  ichiga  porshen  (1) 
o‘rnatilgan, korpusning ichki bo‘shliqlaridan biri kanalning keltirish tarmog‘i («Podvod»)ga, ikkinchi 
bo‘shlig‘i esa past bosim olib ketish tarmog‘i («Otvod») ga tutashtirilgan. «Olib ketish» bo‘shlig‘ida 
bosim  ko‘tarilganda  ish  suyuqligi  vertikal  va  gorizontal  kanallar  orqali  porshen  (1)tagiga  o‘tib,  uni 
ko‘taradi,  shunda  «Keltirish»  va  «Olib  ketish»  bo‘shliqlari  bir-biridan  ajraladi.  «Olib  ketish» 
bo‘shlig‘ida bosim pasayganda porshen (1) prujinaning zo‘ri bilan pastga tushib, korpusning har ikkala 
bo
4
shlig‘i o‘zaro tutashadi. Ish jarayonida porshen (1) harakatchan muvozanatda bo‘lganligidan korpus 
bo‘shliqlari  orasida  tirqish  hosil  bo‘ladi;  bu  tirqish  «Olib  ketish»  bo‘shlig‘iga  ulangan  kanaldagi 
kamaygan suyuqlik o‘rnini  to‘ldirish uchun kifoya. Zarur bosimni o‘rnatish uchun vint  (2)  ni  burab, 
prujina (3) ning sharikli zatvor (4) ga bosim kuchi kamaytiriladi. 
Ish  suyuqligini  taqsimlash  gidravlik  apparatlari  gidrodvigatelni  ishga  solish,  reverslash  va  to‘xtatish 
vaqtida  bo‘shliqlarga  suyuqlik  taqsimlash  vazifasini  har  xil  tuzilishdagi  yo‘naltiruvchi 
gidrotaqsimlagichlar bajaradi. 
Gidravlik 
boshqariladigan 
yo‘naltiruvchi 
gidrotaqsimlagich 
avtomat 
dastgohlarning 
gidrodvigatellarini  boshqarishda  qo‘llaniladi.  Gidrotaqsimlagichning  korpusi  ichiga  porshen 


54 
 
qo‘zg‘aluvchan  qilib  o‘rnatilgan,  porshenga  porshencha  ta‘sir  etganida,  ish  jarayonida  u  eng  chekka 
o‘ng holatni  egallaydi,  chunki  uni  porshencha doimo bosib turadi.  Bu holda  «Silindrga» degan chap 
bo‘shliq  «Keltirish»  bo‘shlig‘i  bilan,  o‘ng  bo‘shliq  esa  «To‘kish»  bo‘shlig‘i  bilan  tutashadi. 
Boshqarish  bosimini  uzatganda  («Boshqarish  bosimi»  bo‘shlig‘i)  porshen  eng  chekka  chap  holatni 
egallaydi;  bunda  «Silindrga»  degan  chap  bo‘shliq  «To‘kish»  bo‘shlig‘i  bilan,  o‘ng  bo‘shliq  esa 
«Keltirish» bo‘shlig‘i bilan tutashadi. Gidrotaqsimlagichning neytral holati bo‘lmaydi. 
Elektrogidravlik  boshqariladigan  yo‘naltiruvchi  gidrotaqsimlagichdan  gidrodvigatel  o‘rnatilgan 
avtomatlashtirilgan  dastgohlarda  foydalaniladi.  Bunday  dastgohlarda  gidrotaqsimlagichni  boshqarish 
uchun  ikkita  elektromagnit  (3)  va  torsaviy  bo‘shliqni  gidrosistemaning  bosim  va  to‘kish  kanallariga 
ulaydigan naychalar o‘rnatilgan. 
Turtish  elektromagnitlari  (3)  ishga  tushganda  prujinali  porshencha  (2)  ni  suradi,  shunda 
porshencha  (2)  porshen  (J)  ning  chap  toretsiga  tegib  turgan  bo‘shliqni  bosim  kanali  («Podvod»)  ga 
tutashtiradi. Porshen (J)  eng chekka o‘ng holatni  egallab, chap tomondagi bo‘shliqni bosim kanaliga
o‘ng  tomondagi  bo‘shliqni  esa  tushirish  kanaliga  tutashtiradi.  O‘ng  magnit  (3)  ishga  tushganda 
porshen  (1)  chapga  surilib  eng  chekka  holatni  egallaydi  va  o‘ng  bo‘shliqni  bosim  kanaliga,  chap 
bo‘shliqni esa tushirish kanaliga tutashtiradi. 
Elektromagnit  yordamida  boshqariladigan  gidrotaqsimlagichlarda  elektromagnitlar  porshenni 
bevosita  suradi.  Maxsus  avtomatik  tarzda  boshqarish  tizimi  mavjudligi  sababli  gidrotaq- 
simlagichlarda elektromagnitlarning baravar ishga tushishi kabi hollar ro‘y bermaydi. 
Hajmiy  pnevmatik  yuritmalar.  Pnevmatik  yuritmalar  mashinalarning  qurilmalarini  siqilgan  havo 
yordamida  harakatlantirishga  mo‘ljallangan.  Pnevmodvigatellarning  tuzilishi  oddiy,  ular  yaxshi 
ishlaydi, o‘t chiqishi jihatdan xavfsiz, tez ishga tushishi bilan ajralib turadi. Yog‘ochga ishlov berish 
dastgohlari qismlarining bir tekisda tez harakatlanishi talab qilinmaydigan hollarda dastgoh qismlarini 
surish  uchun  pnevmodvigatellar  ishlatiladi.  Dastgoh  qismlari  harakat  tezligining  ravonligini 
ta‘minlaydigan regulator sifatida rostlash apparati bo‘lgan gidrosilindrlardan foydalaniladi. 
Yog‘ochsozlik  korxonalarida  kichik  quvvatga  ega  bo‘lgan  membranali,  silindrli  va  rotorli 
pnevmodvigatellar ishlatiladi. Oddiy tuzilishdagi pnevmodvigatel taqsimlash qurilmasi va dvigateldan 
tashkil topgan. 
Membranali  pnevmodvigatel  ko‘rsatilgan.  Agar  membrana  (2)  bilan  ostki  qopqoq  (J)  orasidagi 
bo‘shliq  bosim    liniyasiga  tutashtirilsa,  siqilgan  havo  membrana  orqali  shtok  (5)  ni  suradi,  shtok 
surilganda dastgohning unga ulangan qismi ham birga suriladi. Membrana tagidagi bo‘shliq chiqarish 
liniyasiga tutashtirilsa, prujina (4) shtokni dastlabki vaziyatiga qaytaradi. 
Silindrli  pnevmodvigatellar  bir  tomonlama  va  ikki  tomonlama  ishlaydigan  bo‘lishi  mumkin.  Bir 
tomonlama  ishlaydigan  dvigatelda  shtokni  siqilgan  havo  bir  yo‘nalishda  suradi,  prujina  esa  uni 
dastlabki vaziyatiga qaytaradi. Ikki tomonlama ishlaydigan dvigatelda porshenning har ikkala harakati 
siqilgan havo bosimi ta‘sirida sodir bo‘ladi; dvigatel ishlab turganda silindrning bir bo‘shlig‘i siqilgan 
havo kanaliga, ikkinchi bo‘shlig‘i esa atmosferaga tutashtiriladi. 
Silindrli pnevmodvigatellarning konstruksiyasi dvigatelning qanday maqsadga mo‘ljallanganligiga 
qarab, har-xil boiishi mumkin.  

Download 7,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   387




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish