48
O‘tish bilan ishlov berish dastgohlarida surish qurilmalari zagotovkalarga uzluksiz bir tekis
harakatni uzatib turadi; pozitsiyalab ishlov berish dastgohlarida esa bu qurilmalar zagotovka yoki
kesish asbobiga, yo bo‘lmasa bir vaqtning o‘zida ham zagotovka, ham asbobga qaytma - ilgarilama
harakat — surish harakati va qurilmaning salt yurishi uzatiladi.
Yuritma dvigatel va uni dastgoh unsurlari bilan bog‘lovchi oraliq zvenolardan (masalan, tasmali
uzatma yoki elektr dvigatel valini pichoqlar vali bilan bog‘lovchi muftadan) iborat. Ba‘zan, masalan,
elektr dvigatel vali ayni vaqtda arralar vali bo‘lib ham xizmat qiladigan hollarda oraliq zvenolarga
hojat qolmaydi.
Boshqarish qismlari ish qismlarining yuritmalarini ishga solish va to‘xtatish uchun mo‘ljallangan.
Zamonaviy rusumdagi dastgohlarda yuritmalar avtomatik va yarim avtomatik ravishda boshqariladi;
yarim yuritmalar muayyan, oldindan belgilab qo‘yilgan izchillikda yoki zagotovkaning muayyan
holatida ishga tushadi va to‘xtaydi. Ko‘pgina dastgohlarning boshqarish tizimlarida buzilib qolgan
yuritmaning avtomatik ravishda to‘xtashi ko‘zda tutilgan.
Dastgohlarning tayanch va yo‘naltiruvchi unsurlari ishlov berish jarayonida zagotovkalarning
turg‘unligini ta‘minlaydi va surilayotgan zagotovkani kesish asbobiga to‘g‘rilaydi.
Pozitsiyalab ishlov berishda qisqichlar zagotovkani muayyan vaziyatda mahkamlaydi. Siqish
moslamalari o‘tish operatsiyalari bajarilayotganda zagotovkalarni yo‘naltiruvchiga zich tegib turishini
ta‘minlaydi. Tirgaklar zagotovkani kesish asbobiga nisbatan muayyan vaziyatda to‘g‘ri joylashishiga
yordam beradi.
Ta‘minlash va taxlash qurilmalari dastgohga zagotovkalarni uzatadi va ishlov berilgan zagotovka
yoki detallarni dastgohdan olib, ularni tashish paketlariga taxlaydi.
Charxlash qurilmalari kesish asbobini bevosita dastgohda charxlash va shaklini to‘g‘rilashga
mo‘ljallangan.
Sozlash qurilmalari hamma dastgohlarda bor. Ular yo‘naltiruvchi va tayanch unsurlarning kesish
asbobiga nisbatan vaziyatini hamda siqish va uzatish unsurlarining tayanch qismlarga nisbatan
vaziyatini o‘zgartirish uchun ishlatiladi.
Chiqindilardan xalos qilish qurilmalari eksgauster qabul qilgichlardan iborat bo‘lib, zagotovkaga
ishlov berganda hosil bo‘ladigan chang, qipiq va qirindini chiqarib tashlaydigan quvurlarga ulanadi.
Moylash qunlmalari ishqalanuvchi sirtlarni moylash uchun ishlatiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: