Havo haroratini (konveksion issiqlikni) o‘lchash.
Bu maqsadlarda asosan termometr va termograflardan foydalaniladi. Amalda havo
haroratini o„lchash uning namligini o„lchash bilan bir vaqtda Avgust va Assman
psixrometrlarning quruq termometrlaridan foydalaniladi (harorat 50
0
C gacha bo„lsa). Ish
joylarida infraqizil nurlanishlar bo„lsa ularning termometrga ta'sirini yo„qotish choralari
ko„riladi. Bu maqsadlarda Assman psixrometr javob beradi. Chunki uning termometrlari uchi
maxsus qoplama bilan yopilgan. Termograflar bilan o„lchanishlar o„tkazishganda ham ularni
infraqizil nurlanish ta'siridan saqlash kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |