Mehnat fiziologiyasi va gigiyenasi amaliyotida energiya sarflanishini vositali kolorimetriya
uslubi yordamida aniqlanadi. Bu uslub prinsipi asosida organizmda nafas olish jarayonida
sodir bo„ladigan gazlar almashinuvini miqdoriy jixatdan aniqlash yotadi.
Gaz almashinuvi aniqlash kuydagicha olib boriladi. Duglas uslubida o„pka ventilyasiyasi
aniqlanayotgan paytda Duglas qopidagi nafas bilan chiqarilagn havo uning gazlari tarkibini %
miqdorini aniqlash uchun mazsus gaz qabyl qilingan, shisha pipetkaga (150-200 sm
3
hajmi)
olinadi. Bu havoning (nafas bilan chiqarilgan) gazlar tarkibini aniqlash uchun maxsus
gazoanalizatorlardan foydalaniladi. Ular yordamida havodagi kislorod, karbonat angidrid %
miqdorini aniqlash mumkin.
Atmosfera havosining gazlar tarkibi bazga ma'lum. Shuning uchun nafas bilan chiqarilgan
havoning umumiy hajmi va uning tarkibini aniqlab olgach, atmosfera havosi va nafas bilan
chiqarilgan havodagi gazlar tarkibining % miqdordagi farqiga qarab, organizm yutgan
kislorod va chiqarilgan karbonat angidridning miqdori aniqlaniladi.
O„pka ventilyasiyasining hajmini bilgan xolda organizmda nafas olish jarayonida bir daqiqa
davomida yutilgan kislorodning va chiqarilgan karbonat angidridning absolyut miqdori
(hajmi) aniqlanadi, ya'ni nafas bilan chiqarilgan karbonat angidridning yutilgan kislorodga
nisbati. Nafas koeffitsientining ko„rsatgichiga qarab maxsus jadvaldan foydalangan xolda,
kislorodning energentik ekvivalenti aniqlanadi. Bir daqiqalik yutilgan kislorod hajmini uning
energetik ekvivalentiga ko„paytirilganda, kal/daqiqa da ifodalangan energiya sarflanish
miqdori hisoblab chiqariladi va bajarayotgan ishning og„irlik kategoriyasi aniqlanadi.
Mushak ish qobiliyatini tekshirish
Xarakat tizimining funksional xolatida ikkita ko„rsatkich aniqlanadi.
Birinchisi – mushak kuchini qo„l dinamometri yoki boshqa dinamometr yordamida
aniqlanadi, kg larda ulchanadi. Ikkinchi – mushak chidamliligi, ya'ni ma'lum bo„lgan kuchini
(dinamometrda, aniqlanagan mushak maksimal kuchining yarimiga teng bo„lgan kuchni)
kancha vaqt davomida ushlab tura olish qobiliyatiga aytiladi va sekundlarda ifodalanadi.
Mushak chidamliligi mushak kuchiga nisbatan anchagina sezgir ko„rsatgichdir. Shu sababli
shu ko„rsatgich nafaqat mushakning funksional xolatini ko„rsatib qolmasdan, balki asab
tizimining xolati haqida ma'lumot beradi. Mushak chidamliligini aniqlash uchun ergograf,
dinamograf yoki dinamorefleksometrlardan foydalanadi. Mushak kuchini aniqlash uchun
tekshiriluvchi panjasiga dinamometrni yelka tekislgida yoki yon tomonga chuzgan xolda bor
kuchi bilan ikki marta sikadi, bu ikki marta qilinadi, natijalarning kattasi mushak kuchi
sifatida qayd qilinadi. Mushak chidamliligi elektr dinamorefleksometr yordamida aniqlanadi.
Bunda tekshiriluvchi dinamorefleksometrga ulangan panja dinamometrni maksimal kuch bilan
bir marta siqadi va bu kuchning kattaligini dinamorefleksometr shkalasidan aniqlab olamiz.
So„ngra esa tekshiriluvchi maksimal yarimiga teng bo„lgan kuch bilan dinamometrni belgilab
olamiz. Dinamorefleksometr strelkasi orqaga qaytib siqish kuchining dastlabki kamayishini
ko„rsatgan paytda sekundomerni to„xtatib quyamiz. Mushakni umumiy chidamlilik vaqti
necha sekund ekanligini aniqlaymiz.
Asab tizimining funksional xolatini tekshirish.
Hozirgi zamonda mehnat turlarida ish vaqtida asab tizimida sodir bo„layotgan
o„zgarishlarni aniqlash juda katta axamiyatni kasb etadi. Boshqa ko„pgina a'zo va tizimlarda
(yurak-qon tomir tizimi, nafas tizimi va boshqalar) sezgir o„zgarishlar xali boshlanmagan
xollarda, asab tizimidagi o„zgarishlarni aniqlash imqoniyati bor. Masalan, yengil jismoniy
mehnat vaqtida yoki turli xil aqliy mehnat faoliyati davomida birinchi galda o„zgarishlar asab
tizimida kuzatiladi. Mehnat fiziologiyasida odam organizmida mehnat faoliyati jarayonida,
miya pustloq qismi tomonidan boshqariladigan funksiyalar xususiyatlarini aniqlovchi uslublar
keng qo„llanadi. Jumladan, shartli reflektor reaksiyalarni tekshirish uslublari, analizatorlarning
(xarakat, eshitish, ko„rish) funksional xarakatchanligini aniqlash usullari, ko„rib qabo„l qilish
tezligini (ya'ni e'tiborni bir joyga tez kuchira bilish qobiliyati) aniqlash uslubi, panja titrashini
(tremor) aniqlash usullari.
Eshituv-xarakat va kuruv-xarakat reaksiyalarning tezligini aniqlash usullari maxsus
asboblar (xronorefleksometr, dinamorefleksometr, PAV-01) yordamida aniqlanadi. Bu
asboblar yordamida nurli va tovushli kuzatuvchilari bo„ladigan javob reaksiyasining yashirin
(latent) vaqti aniqlanadi, sekundlarda o„lchanadi. Yuqorida ko„rsatilgan asboblar ishlash
prinsipi va tarkibi alohida beriladi. Odatda nurli qo„zg„atuvchilarga bo„lgan javob
reaksiyasining yashirin davri tovushli qo„zg„atuvchinikiga nisbatan uzunroq bo„ladi. Ish kuni
davomida organizm toliqqan sari ba reaksiyalarning vaqti xam uzayib boradi.
Do'stlaringiz bilan baham: