Konstruksiyalar



Download 7,24 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/252
Sana25.09.2021
Hajmi7,24 Mb.
#185396
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   252
Bog'liq
temir-beton va tosh konstruksiyalar. savol va javoblarda

Taqrizchilar: 
  Nizamov Sh.R. – Toshkent arxitiktura-qurilish instituti,
                          t.f.n., prof.,
Shoumarov N.B. – Toshkent temiryo‘l muhandislari instituti
                          t.f.n., dots.  
ISBN 978-9943-6171-6-2
© «O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati» nashriyoti, 2019


3
KIRISh
Texnik va iqtisodiy ko‘rsatkichlariga ko‘ra beton va temir-be-
ton hozirgi kunda ham dunyo bo‘yicha konstruksiyaviy qurilish 
materiallari orasida yetakchi rolni egallab turibdi. Temir-be-
ton o‘zi ning noyob xossalari tufayli tannarxi qimmat bo‘lgan 
metalning o‘rnini egallab, XX asr materiali nomini oldi. Beton 
va temir-betonning keng miqyosda qo‘llanilishi tufayli qurilish 
texnologiyasida ham inqilobiy o‘zgarishlar qilishga, uzoq mud-
datga chidamli ulkan inshootlarni tiklashga imkoniyat yaratil-
di. Tadqiqotlarning ko‘rsatishicha temir-beton XXI asrda ham 
yetakchilik rolini saqlab qoladi. Yevropada 2025-yilgacha quri-
lishni rivojlantirish bo‘yicha Yevropa Ittifoqi Ekspert komissi-
yasining ma’ruzasida ta’kidlanishicha, zamonaviy qurilish ma-
teriallari quyidagi talablarga javob berishi lozim:
– tabiiy resurslardan minimal, chiqindilardan maksimal 
foydalanish;
– mustahkamlik va uzoq muddatga chidamliligini yanada 
oshirish;
– qayta ishlash va ikkinchi marta foydalanish imkoniyat-
larini saqlash;
–  yuqori estetik va me’moriy sifatlar;
– ishlab chiqarish va ekspluatatsiya jarayonida ekologik 
xavf sizlik.
Ushbu talablarga beton va temir-beton konstruksiyalari to‘la 
javob beradi. Shu tufayli dunyo bo‘yicha temir-beton ishlab 
chiqarish 2 mlrd m

dan ortib ketdi. Masalan, bir tonna po‘lat 
ishlab chiqarish uchun 20 tonna dastlabki resurslar ishlatila-
di. Shulardan 19 tonnasi atrof-muhitga qaytadi. Beton ishlab 
chiqarish esa chiqindisiz bo‘lishi bilan birga boshqa sohalar-
ning chiqindilarini utilizatsiya qilishga yordam beradi. Tad-
qiqotlarning ko‘rsatishicha ayrim xavfli sanoat chiqindilari be-
tonda neytrallashadi. Shularni hisobga olib, aytish mumkinki, 


4
temir-beton XXI asrda ham qurilishda asosiy materiallardan 
biri bo‘lib qoladi.
Qo‘llanmani yaratishda V.V. Gabrusenkoning «Основы рас-
чета железобетона», B.A. Asqarovning «Qurilish konstruk-
siyalari», B.A. Asqarov va Sh.R. Nizomovning «Temir-be-
ton va tosh-g‘isht konstruksiyalari» nomli darslik va o‘quv 
qo‘llanmala ridan, shuningdek mualliflarning uzoq yillik peda-
gogik va il miy-tadqiqot ishlarida orttirgan tajribalaridan foyda-
lanilgan. Mazkur o‘quv qo‘llanma arxitektura va qurilish ta’lim 
sohasining barcha yo‘nalishlari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, un-
dan muhandis-texnik xodimlar va loyihachilar ham foydala-
nishlari mumkin. Qo‘llanmada keltirilgan ma’lumotlar yanada 
tushunarli bo‘lishi uchun savol-javob tarzida yoritilgan.
O‘quv qo‘llanma 11 ta bobdan iborat bo‘lib, 5340200 – «Bi-
nolar va inshootlar qurilishi» ta’lim yo‘nalishining fan das-
turiga moslangan. Shuningdek, qo‘llanma mualliflarining o lib 
borgan ilmiy-tadqiqot natijalari ham tegishli boblardan o‘rin 
olgan. Qo‘llan 
mani yaxshi o‘zlashtirish muhim ahamiyatga 
ega dir. Chunki unda materiallarning elastik-plastik deformatsi-
yalanishi, betonning armatura bilan ishlash shartlari, od diy va 
oldindan zo‘riqtirilgan temir-beton konstruksiyalarning kuch-
langanlik, deformatsiyalanish holati, konstruksiyalarni mustah-
kamlik va darzbardoshlikka hisoblash asoslari yoritilgan. Maz-
kur bilimlarga ega bo‘lmay turib, konstruksiyalarni bexato 
loyihalashgina emas, balki ularning ishi to‘g‘risida to‘la tasav-
vurga ham ega bo‘lish mumkin emas. 
Ushbu o‘quv qo‘llanmani o‘qishdan oldin temir-beton kon-
struksiyalari to‘g‘risida ma’lum darajada bilimga ega bo‘lish 
lozim. Shundagina savol-javob tarzidagi materiallar olingan 
bilimlarni mustahkamlaydi va ayrim muammoli masalalarni 
to‘la tushunib olishga yordam beradi.


5

Download 7,24 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   252




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish