6. Betonning kirishishi nima?
Betonning kirishishi (усадка) deganda uning qotishi va ha-
vo muhitida mustahkamlik olayotganda hajmiy kichrayishi dir.
Kirishishga betonning barcha qismi emas faqat sement-tosh
uchraydi. hajmiy kichrayish jarayonida u uchragan to‘siqlarni
siqadi (yirik to‘ldiruvchi, armatura), o‘z navbatida ulardan
qarshi harakatni qabul qiladi. Natijada sement-tosh uchra-
gan to‘siqlarda siquvchi kuchlanish, sement-toshning o‘zida
cho‘zuvchi kuchla nish hosil bo‘ladi. Ushbu jarayon darzlar
hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin.
Beton himoya qatlamining miqdori qanchalik kichik, arma-
turaning diametri qancha katta bo‘lsa, betonning sirtida darz
hosil bo‘lish ehtimoli yuqori bo‘ladi (betonning himoya qatla-
mi armatura diametriga bog‘liqligi shu tufaylidir). Agar od diy
arma tura bo‘lganda kirishish siquvchi kuchlanish hosil qilsa,
oldindan zo‘riqtirilgan armaturada cho‘zuvchi kuchlanishlar-
ning kama yishiga (yo‘qolishiga) olib keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |