257. G‘isht terimida gorizontal choklar qalin bo‘lsa nima bo‘ladi?
Agar gorizontal choklarning qalinligi 20 mm dan ko‘p bo‘lsa,
qorishmaning markasiga qarab, g‘isht terimining mustahkam-
ligi 10–20% ga pasayadi. Mustahkamlikning bu darajada ka-
mayishiga 3–4 ta qalin chok bo‘lishi kifoyadir. Agar ularning
soni ko‘p bo‘lsa, mustahkamlik yanada ko‘proq pasayadi.
258. G‘isht terimida vertikal choklarning sifatsiz to‘ldirilishi
nimalarga olib keladi?
Vertikal choklarning sifatsizligi tashqi devorlarning issiq-
likdan himoyalash xususiyatini pasaytiribgina qolmay, g‘isht
terimining mustahkamligini ham kamida 10% ga pasaytira-
di, chunki vertikal darzlar hosil bo‘lishi sababdir. Bunday hol-
lar qurilish amaliyotida ko‘p uchraydi, buning asosiy sababi
devor tiklab bo‘lingandan keyin buni aniqlash qiyin ekanligi-
dadir. Shuning uchun loyihachilar loyihalash jarayonida g‘isht
terimining siqi
lishga mustahkamligidan 100% foydalanishni
ko‘zda tutmasliklari maqsadga muvofiqdir.
Do'stlaringiz bilan baham: |