260. G‘isht yoki qorishma markasining pasaytirilishi g‘isht
terimining mustahkamligiga qanday ta’sir qiladi?
G‘ishtning markasi terimning mustahkamligiga qorishmaning
markasiga qaraganda ko‘proq ta’sir qiladi. Qorishmaning marka-
si qancha yuqori bo‘lsa ham uning ta’siri kamroqdir. Masalan,
g‘ishtning markasi 100 dan 75 ga kamaytirilsa, g‘isht terimining
mustahkamligi 16...17% ga kamayadi. Agar shunday kamaytirilish
qorishmada bo‘lsa, terimning mustahkamligi 5...6% ga kamaya-
di. Shuning uchun odatda qorishmaning markasini tanlashda 75
markadan ortiq belgilanmaydi. Lekin loyihada mustahkamligi
yuqori bo‘lmagan qorishma ishlatish ko‘zda tutilgan bo‘lsa, u ning
markasi pasayishi terimning hisobiy qarshiligiga emas balki elas-
tik xarakterlilini ham pasaytirib yuboradi va terimning siqiluvchi
elementning ustuvorligiga ham ta’sir qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |