Bog'liq temir-beton va tosh konstruksiyalar. savol va javoblarda
114. Oldindan zo‘riqtirilgan armaturalarni oraliqda uzish mumkinmi? Zo‘riqtirilgan S
p
armaturani oraliqda uzish mumkin emas,
texnologik jihatdan uni amalga oshirish juda qiyin. Shuning
uchun kombinatsiyalashtirilgan yechim qabul qilinadi: ishchi
armaturaning bir qismini oldindan zo‘riqtirilgan (S
p
), boshqa
qismini esa zo‘riqtirilmagan (S) qilib tayyorlanadi. Zo‘riqtiril-
magan armaturani moment epyurasiga asosan oraliqda uzi-
ladi (nazariy uzilish nuqtasidan ω masofada uziladi). Bunday
arma
turalashni «aralash» armaturalash deyiladi. Zo‘riqtiril-
magan armaturaga ham zo‘riqtirilgan armaturalarga ishlatil-
gan klasdagi armaturalarni ishlatish mumkin (lekin qoida tari-
qasida A-V dan katta bo‘lmasligi kerak). Aralash armaturalash
qimmat turadigan yuqori mustahkamlikdagi po‘latni 15–20%
tejashga imkoniyat beradi.