Suzishda oldinga qaratilgan harakat tortish va tormozlanish kuchlarining farqi
bilan hosil bo’ladi. Bu kuchlar tashqi muhitning ta’sir etish kuchlari. Tananing suv
ustida ko’tarilishida suvning ko’taruvchi kuchi pasayadi. Natijada tananing suvga
botishi shu kuchning kamayishiga bog’liq. Suzishning ba’zi bir turlarida, masalan,
qo’lni suv ustiga chiqarib suzish usulida bunday holat uchramaydi. Bunday suzishda
qo’l suv ostida harakat qilgan vaqtda suvning tormozlovchi kuchi paydo bo’ladi.
Sportchi betini suvga qo’yib suzganda (nafas olishdan tashqari) tananing
suzuvchanligi oshadi.
Suvning qarshiligi havo qarshiliga nisbatan ko’proq bo’ladi
va tezlik kvadratiga proportsional ko’payadi. Suzish vaqtidagi tayanish reaktsiyasi
shunga asoslangan. Suzishning turiga qarab suzuvchining suv bilan munosabati har
xil bo’ladi. Masalan, krolьda quyidagi fazalarni ko’rish mumkin:
boshlanish –
ko’tarish va tortish kuchlari oz, aylantiruvchi kuchning momenti boshqa qo’l bilan
tenglashadi;
harakatga keluvchi-tortish kuchning tezlanishi, ko’tarish va
tenglashtiruvchi kuchlarning saqlanishi;
asosiy uncha ko’p bo’lmagan tortish kuchi.
Bu fazada tortish usuli bilan bajariladigan harakat tamom bo’ladi va itarilish usuli
bilan bajariladigan harakat boshlanadi;
yakunlovchi- asta-sekin pasayib oldin ta’sir
etgan kuchlar paydo bo’ladi, ko’taruvchi kuchning o’rniga cho’ktiruvchi kuch paydo
bo’ladi.
Suzishda qo’llarning harakati katta rolь o’ynaydi. Ularning yordamida
umumiy tortuvchi kuch o’rtacha miqdorda saqlanib turadi. Bunda panja va tovon
eng katta effekt beradi, ularning suvga bo’lgan bosimi eng ko’p tortish kuchni hosil
qiladi. Suzish texnikasida suzishning effektivligini oshiruvchi xususiyatlari bo’ladi.
Masalan, qo’lni bilan bo’g’inida bukilishi tortuvchi kuchlarning impulьsini
kuchaytiradi. Tovonni bukish ham shunday ahamiyatga ega. Qo’l va oyoqning bir-
biriga muvofiqlashtirilgan (tenglashtirilgan) harakati tana ning tebranishini
pasaytirishga qaratilgan, buni ayniqcha qo’lning vintsimon harakatida (o’zining
pastiga) ko’rish mumkin, bunday harakatlar suzishning effektivligini oshiradi.
Oyoq va qo’llarning birga bajarilgan ishning umumiy tezligini bermaydi,
chunki suvda teskari ta’sir etuvchi qarshiliklar paydo bo’lib, suzish kuchini
pasaytirali. Ularni butunlay yo’qotish mumkin emas, faqat kamaytirish mumkin.
Suzuvchining harakatida tashqi mug’itning qarshiligi (oldindan) qarshiligiga
bog’liq. Bu qarshilik tezlik kvadratiga proportsional bo’lib ko’payishi uchun tezlik
bir xil bo’lishi kerak. Har xil tezlikda harakat qilganda uning o’zgarishi bilan
qarshilik har o’zgaradi.
Do'stlaringiz bilan baham: