O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti


Mavzu: Harakat qilish apparati – biomexanik sistema



Download 2,03 Mb.
Pdf ko'rish
bet131/192
Sana24.09.2021
Hajmi2,03 Mb.
#184336
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   192
Bog'liq
jismoniy mashqlar fiziologiyasi va biomexanikasi

Mavzu: Harakat qilish apparati – biomexanik sistema. 
REJA: 
1.  Biokinematik zanjirlar. 
2.  Odam tanasida richag (elka) turlari. 
3.  Muskullarni  biodinamikasi.  Muskullarning  tayanch  va  ishchi  (rabochee) 
taranglanishi (napryajenie). 
4.  Biomexanik sistemalar. 
5.  Biomexanik sistemasining harakat rejimi. 
Biomexanik  nuqtai  nazaridan  odamning  harakat  apparati  ma’lum  bir 
murakkab tuzilishga ega. Suyaklar birlashib skelet hosil qiladi, suyaklarga muskullar 
birkitilib, taranglanish hosil qilganda harakat vujudga keladi. 
Tanani,  uni  qismlarini  tuzilishiga  qarab  odamning  harakat  qilish  apparatini 
muhim bir biomexanik sistema sifatida ko’rib chiqamiz. 
Biomexanik sistema deb harakatning mexanik qonunlariga rioya qiluvchi tirik 
ob’ektlarning  (organ,  to’qima)  yig’indisiga  aytiladi.  Aktiv  va  passiv  sistemalar 
mavjud. Aktiv biomexanik sistemalarga butun organizmning organlarini yig’indisi, 
harakat  qilish  apparati  kiradi.  Passiv  sistemalarga  yumshoq  va  suyuq  to’qimalar, 
ichki a’zolari kiradi. 
1.  Biokinematik  zanjirlar  zvenolardan  (qismlar)  tuzilgan.  Kinematikada 
zveno deb boshqa jismlar bilan bog’langan qattiq jismga aytiladi. 
Kinematik  juftlik  (para)    deb  ikki  zvenoning  bir-biriga  harakatchan 
(podvijeno)  bog’lanishiga  aytiladi. Bog’lanishlar  (svyazi) geometrik  va  kinematik 
bo’ladi. Burilish hosil qiladigan bog’lanishlar sharnir deyiladi. 
Kinematik zanjirlar deb ma’lum bir holatda bir-biriga biriktirilgan zvenolarga 
aytiladi. Agar bir zvenoni harakatga keltirsa boshqalar ham shunday harakat qiladi. 
Yopiq va ochiq kinematik zanjirlar uchraydi. Ochiq zanjir deb oxirgi zvenosi bo’sh, 
yopiq zanjirda esa bunday zveno bo’lmaydi. 
Eng oddiy kinematik zanjir  4 zvenolik sharnirli zanjir deyiladi. U 4 zvenodan 
tuzilgan sharnirlar orqali bog’langan. Agar bu zanjirni bir qismini qimirlamaydigan 
qilib ikkinchi tomonini harakatga keltirsak, boshqa tomonlari qanday harakat qilish 
mumkinligini  aytish  mumkin.  SHundan  oddiy  kinematik  zanjirlardan  murakkab 
zanjirlarni tuzish mumkin. 
Bu  zanjir  2  turzvenolik  sharnirli  zanjirdan  tuzilgan.  Ikkala  zvenolarida 
umumiy bo’lgan qismlari bor. Agar shu qismlardan birini harakatga keltirsa, boshqa 
zvenolar ma’lum  bir yo’nalishda harakat qiladi. 
 
2. Odam tanasida richag turlari. Richag deb bir nuqta (o’q) atrofida harakat 
qiladigan qattiq jismga aytiladi. Richag harakatiga atrofida joylashgan, shu nuqtaga 
perpendikulyar  bo’lgan  kuchlar  ta’sir  etadi.  Odam  harakat  qilish  apparatidagi 
suyaklarni  suyak  bo’g’inlarni  atrofida  harakat  qiluvchi  qattiq  jism  deb  ifodalash 


mumkin. Richaglarga o’xshab suyaklarda ham muskulning tortish va qarshi kuchlari 
ta’sir etadi. 
Richakka ta’sir qiluvchi kuchlar ikki xil bo’ladi: Birinchida ikkala kuch bir 
tomonga yo’nalgan, tayanch nuqtasi esa shu kuchlarning o’rtasida joylashgan. Misol 
qilib boshni ushlab turuvchi muskullarni ishini ko’rsatish mumkin. 
Richagning  2-nchi  turida  ikkala  kuch  xar  xil  yo’nalishga  ega.  Masalan 
qo’ldagi  og’irlikni  ushlash  uchun  bilakni  qisqartiruvchi  muskullarning  kuchi 
yuqoriga qaratilgan, yelka, qo’l va qo’ldagi og’irlikni kuchi – pastga yo’nalgan. 
Harakat va muvozanat saqlash. 
Richagning  muvozanati  uchun  qarama-qarshi  ta’sir  etayotgan  kuchlarning 
momenti teng bo’lishi kerak. 
Harakat  davomida  suyak  richaglarining  joylanishi  va  ularga  ta’sir  etuvchi 
kuch  burchagi,  ya’ni  yelkasi  o’zgaradi.  Bunda  muskullarning  uzunligi  ham 
o’zgaradi, ya’ni ularning taranglanishi katta yoki kichik (ko’p yoki oz) bo’ladi. 
Odam harakatida mexanika “oltin qonuni”. SHu qonunga qaraganda harakat 
etuvchi  kuch  unga  bo’lgan  qarshilik  kuchga  teng.  SHunday  qilib,  agar  tezlikda 
yutmoqchi  bo’lsak,  kuch  hisobidan  ziyon  bo’ladi  yoki  ko’proq  kuch  sarflanadi. 
Deyarli  hamma  muskullar  odamda  faqat  bo’g’inlarni  oldidan  joylashgan  (buni 
richagning  kalta  yelkasi  deyish  mumkin),  bu  yo’lda  yutishga  olib  keladi  (va 
tezlikda), kuchda esa ziyon bo’ladi. 
Katta taasurot natijasida muskullar taranglanadi. 
3.  Muskullarning  biodinamikasi.  Tinch  holatda  muskul  to’qimasi  quyidagi 
xossalarga  ega:  yopishqoqlik,  relaksatsiya,  qovushqoqlik  (vyaznostь),  elektik, 
tarang (uprugostь). 
Qovushqoqlik (yopishqoqlik) xossalarini quyidagi misolda ko’rish mumkin. 
Muskulga  kuch  ta’sir  etganda  A  holatda  bo’ladi.  Uni  qovushqoqligi 
o’zgarganda (kamayganda) (B chiziqlari) B
1
  yoki  B
2
    holatga  keladi.  ,(l

nuqtasi) 
qovushqoqlik  ko’p  bo’lganda  (V  chiziqlari)  u  o’z  holiga  kelmasdan  l
2   
nuqtaga 
keladi. l
1
 - l
2  
masofasi qoldiqlik deformatsiyasi deyiladi.  
Hosil bo’lgan B, V chiziqlari “gisterezis xalqalari” (petlya) deyiladi va kech 
qoluvchanlik    deformatsiyani  ko’rsatadi.  Bunda  energiya  miqdori  kamayadi. 
Deformatsiya bir necha  tur bo’ladi: 1) ta’sir etuvchi kuch natijasida paydo bo’ladi 
va ta’sir etish tamom bo’lganda – yo’qoladi; 2) ta’sirotning kuchi kamayishi bilan 
asta-sekin  kuchayadi;  3)  ta’sirotning  butun  ta’sir  etish  davomida  qovushqoqlik 
xususiyatli bir xil tezlik bilan ko’payadi. 
Relaksatsiya  –  cho’zilgan  muskulni  ma’lum  bir  vaqt  davomida  o’zi 
tarangligini kamayishi, bo’shashiga deyiladi. 
Aytilgan xossalarning yig’indisi  muskullarning  elastikligi deyiladi. Yuqori 
elastiklik muskullar deformatsiya vaqtida katta cho’ziluvchanlikka va kam energiya  
sarf  etishga  ega.  Bu  xossalarni  mexanizmi,  yoki  kelib  chiqishi  hali  chuqur 
o’rganilgan  bo’lmasa  ham,  muskullarni  bu  xususiyatlarini  harakatni  o’rganishda 
ahamiyat berish kerak. 
Muskullarning turi, ishi va rejimi. 
Aytib  o’tilgan  mexanik  xossalaridan  tashqari  muskullar  biologik 
xususiyatlarga  ega.  Qo’zg’oluvchanlik  muskullarda  harakat  impulьslarni  ta’sirida 


paydo bo’ladi, natijada muskullarni tarangligi, yopishqoqligi va boshqalar o’zgaradi. 
Bu protsess natijasida ximiyaviy energiya mexanik va issiqlik energiyaga aylanadi. 
Qisqargan  muskulga  doir  chiziq  qisqarilmagan  muskulga  nisbatan  yuqori 
joylashgan, demak bir xil taranglanishda qisqargan muskulning uzunligi qichikroq 
bo’lar  ekan.  Bu  rasmda  muskulning  qisqarishi  izotonik  rejimda  bo’ladi,  ya’ni 
harakat taranglanishni o’zgarmasligi bilan o’tadi. 
Real sharoitda tirik organizmda bunday rejim deyarli uchramaydi. 1 nuqtadan 
3  gacha  bo’lgan  masofa  taranglikni  izometrik  rejimda  o’zgarganligini  ko’rsatadi. 
Bunda qisqarish natijada muskulni taranglanishi ko’payadi. 
Odamning  harakatida  asosan  auksotonik  (auksano-o’zgartiraman)  rejim  (1 
nuqtadan 4 ga o’tish), bunda muskulning uzunligi va tarangligi o’zgaradi. 
Poylar  kam  elastiklikka  va  mustahkamlikka  ega.  SHunday  qilib 
muskullarning  mexanik  va  biologik  xossalari  sharoitga  qarab  turlicha  bo’ladi. 
Umuman, muskullarning mexanik r-tsiyasi tortish kuchi bilan belgilanadi. 
Muskullarning statik va danamik ishi. 
Muskullarning  bo’g’inlar  atrofida  joylanishi  ma’lum  bir  qonunga  ega.  Bu 
joylanish tananing kerakli tomonga xarakat qilishiga yordam beradi. Muskullarning 
qisqarishi qaysi tomonga qaratilgan bo’lsa, shu tomonga joylashadi. 
Odamni xarakat etish apparatida uzun, keng va kalta muskullar bo’ladi.  Uzun  
muskullar  tanada  va  oyoq  va  qo’llarda  bo’ladi  va  uzun  kinematik  zantirlarni 
xarakatga keltiradi.  
Keng  muskullar  tananing  bo’shliq  qismlarni  qonlaydi,  yelkani  xarakatga 
keltiradi, qo’l va oyoqni ham.  Kalta muskullar segmentar xarakterga ega bo’lgan 
suyaklarda  uchraydi  (  umurqalararo,  qovurg’alararo  muskullar).  Muskullar 
joylanishiga, uning tolalariga qarab turli bo’ladi. 
Paralelь tolalik muskul eng ko’p joylashgan. 
Muskullarning turlari uni xarakat qilish funktsiyasiga bog’liq.  
“ Kuchli” va “ CHaqqon ” muskullar. Sport mashqlar natijasida tolalarning 
uzunligi va qalinligi o’zgaradi. 
Muskullar  ma’lum  tortish  kuchiga  ega  u  mexanik,  anatomik  va  fiziologik 
sharoitga bog’liq. 
Mexanik  sharoitga – muskullarning qisqarishiga ta’sir etuvchi kuchlar kiradi.  
Anatomik sharoitga – uni tuzilishi va joylanishi kiradi.  
Fiziologik  sharoitga  –  muskulning  qo’zg’oluvchanligi  uni  charchashi, 
o’zgarishi kiradi.  
Muskullarning  o’zaro  ta’sirchanligi.  Odam  xarakat  davomida  ma’lum  bir 
nuqtaga  nisbatan  tayanch  xosil  qiladi.  Muskullar  tayanch  tebranishni  xosil  qiladi. 
Bunday muskullar stablizator yoki fiksatorlar deyiladi. SHunday harakat natijasida 
tanada  xarakatchan  qismlar  paydo  bo’ladi,  buni  ishchi  taranglanish  (rabochee 
napryajenie) deyiladi. Tayanch tebranishni xosil etgan muskullar statik ish bajaradi, 
ishchi taranglanishni hosil etgan – dinamik. 
Bajaradigan  funktsiyasiga  qarab  muskullar  1)  sinergist  (birga  harakat 
etuvchi), qarshilikni yengish ishini bajaradi, 2) ularni antagonisti, ularga teskari ish 
olib boradi. 


4.  Biomexanik  sistemalar.  Biomexanik    sistemaning  tuzilishi  va  xossalari, 
ishlash rejimi kinematik zanjirlarning tuzilishiga, ularning harakati va shu harakatni 
boshqarishga bog’liq. Harakat apparatning qismlari kinematik paralar hosil qiladi. 
Bu paralar ketma-ket xarakat qiluvchi, aylana va vintsimon xarakat qiluvchi paralar 
deyiladi.  Kinematik  paralar  kinematik  zanjirlarni  hosil    qiladi  (ochiq  va  yopiq). 
Lekin  hamma  kinematik  zanjir  mexanizm  bo’la  olmaydi.  Uxtomskiy  aytishicha 
mexanizm deb ma’lum bir xarakatni hosil etuvchi suyaklarning kinematik parasiga 
aytiladi. Mexanizm xarakatni o’tkazish va o’zgarish uchun xizmat qiladi. 
Xarakat davomida biomexanik sistema o’rni konfiguratsiyasini o’zgartiradi, 
ya’ni  tananing  qismlarini  joylanishini, buni poznaya  deformatsiyasi  (turish  xolat) 
deyiladi. Bundan tashqari muskullar o’z uzunligini ham o’zgartiradi – buni muskul 
deformatsiyasi 
deyiladi. 
Bu 
deformatsiya 
muskullarning 
elastikligi, 
qo’zg’oluvchanligi, ularga ta’sir etuvchi kuchga bog’liq. 
5. Biomexanik sistemaning xarakat rejimi. 
Xarakat rejimi deb shu xarakatni vujudga keltirgan sharoit deyiladi; masalan 
statik  rejim  tinch  xolatda  va  dinamik  rejim  (tana  o’z  xolatini  o’zgartirganda). 
Odamning xarakat rejimlardan sport mashqlarida tebranish rejimi ko’p uchraydi. Bu 
rejim  xarakat  yo’nalishini  o’zgarishi  bilan  xarakterlanadi.  Bu  xarakatlar  ob’ektni 
joyini o’zgarish va yana shu joyga qaytaruvchi kuchlarning ta’siriga bog’liq. 
Biopotentsial energiyani hosil bo’lishi. 
Tirik organizmlar energiya saqlanish qonuniga rioya qiladi. SHuning uchun 
jismoniy mashqlar davomida sarflangan energiya tashqi muxitdan kirgan  uglevod, 
yog’  va  oqsillar  bi`lan  kompensatsiya  qilinishi kerak.  Organizmda  energiya  ATF 
dan parchalanish natijasida hosil bo’ladi. Bunda ADT hosil bo’ladi. 1 molь ATF dan 
7 kkal (29,3 KDJ) energiya hosil bo’ladi. 
Tinch holatda, odam uxlaganda ham energiya  sarflanadi. Umumiy sarflangan 
energiya jismoniy mashqga, odamning tana tuzilishiga, yoshiga va ayrim ekzogen 
faktorlarga bog’liq. bolalar o’sish uchun qo’shimcha  energiya talab qiladi. 

Download 2,03 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   192




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish