chaqirolmaydi, chunki ular massa markazida ta’sir etolmaydi. Ular faqat tana
qismlarini joylanishini o’zgartirishi mumkin.
Odamga tashqaridan ta’sir etuvchi kuchlarga og’irlik kiradi, ya’ni yerga
tortish kuchi. Ma’lumki, yerning bir joyida, og’irlik bir xil bo’ladi. Ekvatorda
kamroq, polyuslarda esa ko’proq bo’ladi. Yuqoriga ko’tarilgan sari og’irlik
kamayadi. Lekin, chuqurga, masalan shaxtaga tushganda ham og’irlik kamayadi,
chunki yerning markazida yaqinlashish bilan yuqorida yerning massasi ko’payib u
ham jismni o’ziga tortadi.
G’
tyag.
=
2
1
r
mM
, r – markazlar o’rtasidagi masofa
G’
tyag
- m massalik jism M massalik yer tomonidan G’
tyag
–
kuchi bilan tortiladi.
γ – proportsionallik koeffitsienti (gravitatsion.
doimiyligi, birlik).
Og’irlik kuchi hamma vaqt yerning markaziga yo’nalgan. Tashqi muxitdan
ta’sir etuvchi kuchlar inertsiya kuchiga ega. Inertsiya kuchini odam xarakatini
pasayishida, turli material ob’ektlarni (suv, gaz,to’lqin, shamol) ta’srida
tormozlanish xolatini kuzatish mumkin.
Odam suv yoki xavoda xarakat etganda tashqi muxitning qarshiligiga
uchraydi. Bu ta’sirotlar statik (masalan, aero va gidrostatida) yoki dinamin (aero- va
gidrodinamiki) bo’ladi.
Ishqalanish kuchi deb xarakatga qarshi bo’lgan kuchga aytiladi. Ishqalanish
kuchi dinamik bo’ladi, jismning xarakatini belgilaydi. Statik ishqalanish kuchi
jismning tinch xolatida bo’ladi.
Odamni xarakatiga ta’sir etuvchi kuchlar xarakat keltiruvchi kuchlar deyiladi.
Tashqaridan ta’sir etuvchi kuchlarning xammasi tormozlantiruvchi kuchlar deyiladi,
ular xarakat yo’nalishini, tezligini pasaytirib, to to’xtashga olib keladi. Xar xil
odamlarda ularni kattaligi, og’irligi, tana tuzilishiga qarab inertsiya kuchi xar xil
bo’ladi.
Tana qismlarining og’irlik markazi shu qismlarni (zveno) og’irligini
ko’rsatadi.
Odamlarda tana og’irlik markazi kichik taz atrofida, 1 va 5 nchi umurtqalar
o’rtasida joylashgan. Og’irlik markazini joylanishini bilish tanaga ta’siretuvchi
kuchlarni to’g’ri taqsimlashga yordam beradi. Odam suv va havoning ta’sirida
bo’lganda yana 2 nuqtani bilish kerak: xajm markazi va ustki (sath) markazi.
Xajm markazi bo’lib tanani suvga kirganda uni itarib chiqaruvchi kuchni
ta’siriga aytiladi. Bu markaz odaning og’irlik markazidan 2-6 sm. yuqoriroq
joylashgan. Ustki markazi deb tashqi muxitning ta’sir etgan nuqtasiga aytiladi.
Odam xarakati unga ta’sir etuvchi tashqi ta’sirotlar bilan o’zaro munosabatda
bo’ladi. Bu munosabatlarga mexanik munosabatlar kiradi. Natijada odam xarakati
o’zgaradi. Bu o’zgarishlarda muskullarning ahamiyati katta.
Ikkinchi tomondan, odam tashqi muxitga qarab o’z xarakatini o’zgarishda shu
muxitni o’ziga moslashtiradi va kerakligicha foydalanadi.
Odam uchun faqat muskullar faoliyati aktiv kuchlarga kiradi. SHu kuchlar
yordamida odam tashqi muxitga moslashadi, ularni o’zgartiradi, turli xarakatlar
bajaradi. Muskul xarakati orqali odam faoliyati vujudga keladi. Bu faoliyatga faqat
jismoniy emas, balki aqliy mehnat ham kiradi. SHunday qilib, biomexanikada
muskullarning mexanik kuchini o’rganishda ularning ishida oliy nerv sistemasining
faoliyati aks etilishini esdan chiqarmaslik kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: