O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


XVI bob. AGRAR MUNOSABATLAR: IJARA HAQI VA



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet162/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

 

XVI bob. AGRAR MUNOSABATLAR: IJARA HAQI VA 

RENTA 

 

1.  Yerning  ishlab  chiqarish  omili  sifatidagi  xususiyatlari. 



Agrar va renta munosabatlari. 

2. Yer rentasi va uning turlari. 

3. Agrosanoat integratsiyasi. Agrosanoat majmuasi va uning 

tarkibi. 

4.  Agrobiznes  va  uning  turlari.  Respublikada  qishloq 

xo‘jaligini rivojlantirish vazifalari.  

 

1. Yerning ishlab chiqarish omili sifatidagi xususiyatlari. 

 

Agrar va renta munosabatlari 

 

“Yer”  tushunchasi  keng  ma’noda  qishloq  xo‘jaligida  ishlab 



chiqarish faoliyatining umumiy shart-sharoiti sifatida qo‘llaniladi. 

Jismoniy 

ma’nodagi 

yerning 


xususiyati 

shundan 


iboratki, uning umumiy miqdori 

o‘zgarmas, maydoni cheklangan 

va inson o‘z xohishiga ko‘ra bu 

o‘lchamni 

o‘zgartirishga 

layoqatli emas. 

Qishloq 

xo‘jaligida 

yer 

undan  foydalanilganda  boshqa 



tarmoqlardan  farq  qilib,  ishlab  chiqarishning  asosiy  vositasi 

hisoblanadi  va  mulk  bu  shaklining  iqtisodiy  jihatdan  ro‘yobga 

chiqarilishi undan renta daromadi olish orqali amalga oshadi. 

Yer  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlarini  yetishtirishda  vosita  bo‘lib 

xizmat  qilishi  sababli,  shu  yerdagi  tuproq  muayyan  unumdorlikka 

ega  bo‘lishi  zarur.  Yerning  tabiiy  va  iqtisodiy  unumdorligi 

farqlanadi. Bunda uning tabiiy unumdorligi alohida ahamiyatga ega 

bo‘lib,  yer  mulkdori  o‘zlashtiradigan  daromadning  darajasini 




305 

belgilab  beradi.  Yerning  iqtisodiy  unumdorligi  unga  qo‘shimcha 

ishlov  berishi,  (organik  va  mineral  o‘g‘itlar  solish)  natijasida 

oshirilib boriladi. 

Insonning  tuproq  unumdorligiga  ta’siri  chegarasiz  emas. 

Qachonki  yerga  qo‘shimcha  qo‘yilgan  mehnat  va  kapital  hisobiga 

olingan qo‘shimcha samara (daromad) kamayib borsa, keyingi iqti-

sodiy 


resurslar 

taklifini 

rag‘batlantirishdan 

to‘xtaydi. 

Bu 

unumdorlikning pasayib borish qonuni mazmunini ifodalaydi. 



Yerning tabiiy xususiyatlariga quyidagilar kiradi: 

tabiiy  unumdorligi  va  sotish  bozorlariga  nisbatan  joylashgan 

joyi. Mazkur o‘lchamlar bo‘yicha yerlar sifati va raqobatbardoshligi 

jihatdan bir-biridan farqlanadi; 

yerlarning tabiiy (tuproq tipi, relyefi) va iqlim sharoitlari. Turli 

geografik hududlardagi yer uchastkalari shu sharoitlar tufayli bir xil 

unumdorlikka ega bo‘lmaydi. 

Agrar  sohada  insoniyat  hayoti  uchun  eng  zarur  bo‘lgan  oziq-

ovqat  mahsulotlari  va  sanoat  tarmoqlari  uchun  xomashyo  ishlab 

chiqariladi. Respublikamiz Birinchi Prezidenti I.  Кarimov ta’kidlab 

o‘tganlaridek,  «Respublika  sanoatining  ko‘pgina  tarmoqlarini, 

jumladan,  paxta  tozalash,  to‘qimachilik,  kimyo  sanoatini,  qishloq 

xo‘jaligi 

mashinasozligini 

va 

boshqalarni... 



rivojlantirish 

istiqbollari,  ularning  murakkab  o‘tish  davridagi  iqtisodiy  ahvoli 

bevosita  qishloq  xo‘jaligiga  bog‘liqdir»

76

.  Boshqa  sohalar  kabi 



qishloq  xo‘jaligida  ham  takror  ishlab  chiqarish  jarayonida  kishilar 

o‘rtasida muayyan iqtisodiy aloqa va munosabatlar sodir bo‘ladi. Bu 

agrar munosabatlarning negizini tashkil qiladi. 

Qishloq  xo‘jaligida  ishlab  chiqarish  ko‘p  jihatdan  yer  bilan 

bog‘liq,  shuning  uchun  ham  yerga  egalik  qilish,  tasarruf  etish  va 

undan  foydalanish  hamda  yer  rentasining  hosil  bo‘lishi, 

taqsimlanishi 

bilan 


bog‘liq 

bo‘lgan 


munosabatlar 

agrar 


munosabatlar deyiladi. 

Yer  rentasi  orqali  yerga  bo‘lgan  mulkchilik  huquqi  ro‘yobga 

chiqariladi.  O‘zbekistonda  «yer  –  davlat  mulki  –  umummilliy 

boylik...» bo‘lganligi sababli yerga bo‘lgan mulkchilik, yerga egalik 

qilish va yerdan foydalanish masalalari alohida ajratib tahlil qilinishi 

lozim. 


                                                           

76

 Каримов И.А. “Ўзбекистон буюк келажак сари”. Т.: «Ўзбекистон», 1998, 225–226-бетлар. 




306 

Yerga  egalik  jismoniy  va  huquqiy  shaxslarning  ma’lum  yer 

uchastkasiga  tarixan  tarkib  topgan  asoslardagi  yoki  qonun 

hujjatlarida  belgilangan  tartibdagi  egalik  huquqini  tan  olishini 

bildiradi.  Yerga  egalik  deganda,  avvalo,  yerga  bo‘lgan  mulkchilik 

huquqi ko‘zda tutiladi. Yerga egalikni yeri bo‘lgan mulkdor amalga 

oshiradi. O‘zbekiston Respublikasining yer kodeksida ta’kidlangani-

dek:  «Yer  uchastkalari  yuridik  va  jismoniy  shaxslarga  doimiy  va 

muddatli  egalik  qilish  hamda  ulardan  foydalanish  uchun  berilishi 

mumkin»


77

Yerdan  foydalanish  huquqi  –  bu  o‘rnatilgan  urf-odatlar  yoki 



qonuniy tartibda undan foydalanishni bildiradi. Yerdan foydalanuv-

chi yer egasi bo‘lishi shart emas. Real xo‘jalik hayotida yerga egalik 

qilish  va  yerdan  foydalanishni  ko‘pincha  har  xil  jismoniy  va 

huquqiy shaxslar amalga oshiradi. 

Agrar  munosabatlarning  asosini  renta  munosabatlari  tashkil 

qiladi. 


Iqtisodchilar  o‘rtasida  renta  nazariyasini  tushuntirish  bo‘yicha 

turlicha  qarashlar  mavjud.  Mazkur  nazariyalar  rentani  miqdoriy 

aniqlash  va  uning  mohiyatini  tushuntirish  bo‘yicha  ko‘pincha  bir-

biriga qarama-qarshi mazmunga ega. 

Qiymat  nazariyasi  tarafdorlari  rentaning  vujudga  kelishini 

qiymat  qonuni  doirasida  tushuntirsa.  Hozirgi  zamon  renta 

nazariyasida  uning  mohiyati  iqtisodiy  resurs  hisoblangan  yerga 

bo‘lgan  talab  va  taklifning  harakati  hamda  muvozanatli  narxning 

hosil  bo‘lishi  orqali  asoslanadi.  Bunda  rentaning  manbai 

to‘g‘risidagi  qarashlar  ham  farqlanadi.  Birinchi  yondashuvga  ko‘ra 

–  u  ishchi  mehnati  bilan  yaratiladi  deyilsa,  ikkinchisida  renta  yer 

mahsuli  deb  hisoblanadi.  Biroq  har  ikki  holda  ham  rentani 

tushuntirish 

uchun 


qo‘shimcha 

miqdor 


tushunchasidan 

foydalaniladi.  

Rentaning  zamon  yondashuvida  yer  va  boshqa  tabiiy  resurslar 

miqdorining  doimiyligi  hamda  rentaning  daromadning  boshqa 

turlari  (ish  haqi,  foyda  va  foiz)dan  farqlanishiga  e’tibor  qaratiladi. 

Bu farqlanishning mazmuni miqdori cheklangan yerga bo‘lgan talab 

va  taklif  nisbatidan  foydalanib  izohlanadi.  Tahlilni  soddalashtirish 

maqsadida,  birinchidan,  barcha  yerlar  bir  xil  sifatga  ega,  ya’ni 

                                                           

77

 «Ўзбекистон Республикасининг Ер кодекси». Т. «Ўзбекистон», 1999 й. 20-модда. 




307 

unumdorligi jihatidan bir xil deb faraz qilingan. Ikkinchidan, barcha 

yerlar  bir  xil  mahsulot,  (masalan,  don)  yetishtirishda  foydalaniladi 

va  nihoyat  uchinchidan  yer  raqobatli  bozorda  ijaraga  olinadi  deb 

hisoblaydi. Yerga bo‘lgan talab va taklif ta’sirida rentaning vujudga 

kelishini  tushuntirishda  grafik  tahlildan  foydalanadi.  Grafikdagi  S 

chiziq  foydalaniladigan  yer  taklifini,  D  egri  chiziq  esa  shu  yerga 

bo‘lgan talabni ko‘rsatadi.  

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   158   159   160   161   162   163   164   165   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish