O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish xarajatlarining



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet158/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

2. Qisqa va uzoq davrda ishlab chiqarish xarajatlarining 

o‘zgarish tamoyillari 

 

Кorxona foydalanadigan ko‘plab resurslar miqdori, ya’ni inson 



mehnati,  xomashyo,  yonilg‘i  va  energiya  sarflari  o‘zgarishi  tovar 

hajmining  o‘zgarishiga  ta’sir  qiladi.  Boshqa  resurslar  miqdorini 

o‘zgartirish orqali tovar hajmining o‘zgarishi uchun uzoq vaqt talab 

qilinadi. 

Masalan, 

og‘ir 


sanoat  tarmoqlarining  ishlab 

chiqarish  quvvatlarini  ancha 

uzoq vaqt oralig‘ida kengay-

tirib 


mahsulot 

chiqarish 

hajmini 

ko‘paytirish 

mumkin. 

Demak, 


ishlab 

chiqarish 

xarajatlarini 

hisobga  olishga  vaqt  omili, 

ya’ni 

xarajat 


qilingandan 

pirovard natija olinguncha o‘tgan davr sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Shu 

sababli,  vaqt  omilidan  kelib  chiqib,  ishlab  chiqarish  xarajatlarini 

qisqa va uzoq muddatli davrda alohida tahlil qilinadi. 

Кorxona  ishlab  chiqarish  hajmini  o‘stirish  uchun  qisqa  davrda 

faqat  o‘zining  o‘zgaruvchi  xarajatlari  miqdorini  o‘zgartirishi 

mumkin. Ishlab chiqarish quvvatlari esa (ishlab chiqarish inshootlari 

maydoni,  mashina  va  uskunalar  miqdori)  doimiy  bo‘lib  qoladi 

hamda  bu  davr  faqat  ulardan  foydalanish  darajasini  o‘zgartirish 

uchun yetarli bo‘lishi mumkin. 

Boshqacha  aytganda  qisqa  davr  oralig‘ida  korxonaning  ishlab 

chiqarish quvvatlari o‘zgarishsiz qoladi, ishlab chiqarish hajmi jonli 

mehnat, xomashyo va boshqa resurslar miqdorini ko‘paytirish orqali 



298 

ortishi  mumkin.  Bunda  mavjud  ishlab  chiqarish  quvvatlaridan 

foydalanish intensivligi oshiriladi. 

Uzoq  muddatli  davr  –  bu  korxonaning  ishlab  chiqarish 

quvvatlarini va butun band bo‘lgan resurslari miqdorini ko‘paytirish 

uchun yetarli bo‘lgan davrdir.  

Bu  yerda  shuni  ta’kidlash  lozimki,  ishlab  chiqarish  quv-

vatlarining  ko‘payishini  taqozo  qiladigan  davr  davomiyligi  ayrim 

tarmoq  va  korxona  xususiyatidan  kelib  chiqib  farqlanishi  mumkin. 

Masalan,  yengil  sanoat  tar-

mog‘ida  kiyim-kechak  ishlab 

chiqaradigan  kichkina  firma, 

bir  nechta  qo‘shimcha  tikuv 

mashinasi 

o‘rnatish 

bilan 


o‘zining 

ishlab 


chiqarish 

quvvatlarini  qisqa  vaqtda  (bir 

necha  kunda)  oshirishi  mum-

kin.  Og‘ir  sanoat  tarmoqlarida 

yangi  quvvatlarni  ishga  tu-

shirish uchun bir necha yil talab qilinadi.  

Demak, qisqa muddatli vaqt davomida korxona o‘zining doimiy 

(qayd  qilingan)  quvvatlariga  o‘zgaruvchi  resurslar  miqdorini 

qo‘shib  borish  yo‘li  bilan  ishlab  chiqarish  hajmini  ko‘paytirishi 

mumkin.  Bu  yerda  shunday  savol  tug‘iladi:  korxonaning  ishlab 

chiqarish  quvvatlariga  (doimiy  resurslarga)  ko‘proq  va  yanada 

ko‘proq miqdorda o‘zgaruvchi resurslarni qo‘shib borish yo‘li bilan 

ishlab chiqarish hajmi qaysi “nuqta” gacha ortib boradi? 

Bu  savolga  javobni  eng  umumiy  holda  samaraning  kamayib 

borishi  qonuni  beradi.  Bu  qonunga  binoan,  ma’lum  davrdan 

boshlab; korxonaning ishlab chiqarish quvvatlariga (masalan kapital 

yoki yerga) o‘zgaruvchi resurslar birligini ketma-ket qo‘shib borish, 

har  bir  keyingi  o‘zgaruvchi  resurs  birligi  qiymatiga  kamayib 

boruvchi  qo‘shimcha  mahsulot  beradi.  Boshqacha  aytganda,  agar 

asosiy  kapitalga  xizmat  ko‘rsatuvchi  ishchilar  soni  ko‘payib  borsa, 

ishlab  chiqarishga  ko‘proq  ishchini  jalb  qilib  borish  bilan  ishlab 

chiqarish  hajmini  o‘sishi  tobora  sekinlik  bilan  ro‘y  beradi.  Bu 

qonunni  tasvirlash  uchun  quyidagi  misolni  keltiramiz.  Faraz 

qilaylik,  fermer  foydalanadigan  yer  doimiy  miqdoriga  ega  bo‘lib, 




299 

unda don yetishtiradi. Agar fermer ekinga ishlov bermasa, bir gektar 

yerdan  40  sentner  hosil  oladi  deb  hisoblaymiz.  Agar  ekinga  qo‘-

shimcha bir marta ishlov berilsa, hosil 50 ts.ga ko‘tarilishi mumkin. 

Ikkinchi  ishlov  berish  hosilni  57  ts.  ga,  uchinchisi  -  61  ts.ga, 

to‘rtinchisi,  aytaylik  63  ts.gacha  oshiradi.  Ekinga  keyingi  ishlov 

berishlar  faqat  juda  kam  yoki  nolga  teng  bo‘lgan  qo‘shimcha  hosil 

beradi. 


Bu  yerda  shuni  ta’kidlab  o‘tish  lozimki,  samaraning  kamayib 

borish qonuni, o‘zgaruvchi resurslarning barcha birligi sifat jihatdan 

bir  xil  degan  farazga  asoslanadi.  Ya’ni  har  bir  qo‘shimcha  jalb 

qilingan  ishchi  bir  xil  aqliy  layoqatga,  bilimga,  malakaga,  harakat 

tezligi va shu kabilarga ega deb hisoblanadi. 

Demak, qo‘shimcha mahsulot, keyingi jalb qilingan ishchi kam 

malakaga  ega  bo‘lgani  uchun  emas,  balki  kapital  (fondlar)  ning 

mavjud  miqdoriga  nisbatan  ko‘p  miqdorda  ishchilarni  band  qilish 

sababli kamayib boradi. 

Qulay  iqtisodiy  muhit  tufayli,  ishlab  chiqarish  quvvatlarining 

to‘xtovsiz  kengayib  borishi  natijasida  korxona  o‘rtacha  umumiy 

xarajatlarida  qanday  o‘zgarish  ro‘y  beradi?  Dastlab  qandaydir  vaqt 

oralig‘ida  ishlab  chiqarish  quvvatlarining  kengayishi  o‘rtacha 

umumiy  xarajatlarning  pasayishi  bilan  birga  boradi.  Ammo  oxiri 

oqibatda  ko‘proq  va  yanada  ko‘proq  quvvatlarni  ishga  tushirish 

o‘rtacha  umumiy  xarajatlarning  o‘sishiga  olib  keladi.  Bunday  hol-

larni  samaraning  kamayib  borish  qonuni  tushuntirib  berolmaydi, 

chunki  uning  amal  qilish  shart-sharoiti  ishlab  chiqarishda  foyda-

lanadigan 

resurslardan 

bittasi 

miqdorining 

o‘zgarmasligi 

hisoblanadi.  Uzoq  muddatli  davrda  barcha  resurslar  miqdori 

o‘zgaradi. Shu sababli, uzoq muddatli davrda o‘rtacha xarajatlarning 

o‘zgarishi tamoyilini ishlab chiqarish miqyosi o‘sishining ijobiy va 

salbiy samarasi yordamida tushuntirish mumkin. 

Ishlab  chiqarish  miqyosining  ijobiy  samarasi  shunda  namoyon 

bo‘ladiki,  korxonada  ishlab  chiqarish  hajmi  o‘sib  borishi  bilan,  bir 

qator  omillar  ishlab  chiqarish  o‘rtacha  xarajatlarining  pasayishiga 

ta’sir  ko‘rsata  boshlaydi.  Bu  omillar  quyidagilar:  1)  mehnatning 

ixtisoslashuvi;  2)  boshqaruv  xodimlarining  ixtisoslashuvi;  3)  kapi-

taldan  samarali  foydalanish;  4)  ikkilamchi  mahsulotlar  ishlab 

chiqarish. 




300 

Кorxonada  ishlab  chiqarish  hajmi  o‘sib  borishi  bilan  qo‘lla-

niladigan  mehnatning  ixtisoslashuv  darajasini  oshirish  imkoniyati 

ortib  boradi.  Ishlab  chiqarish  jarayonida  besh  yoki  oltita 

operatsiyani  bajarish  o‘rniga,  endi  har  bir  ishchi  bitta  yagona 

vazifani  oladi.  Bitta  vazifani  bajarish  imkoniyatini  oshirish  esa, 

ishchining  mehnat  unumdorligini  o‘stiradi.  Bu  ishlab  chiqarish 

xarajatlarining kamayishiga olib keladi. 

Ishlab  chiqarish  miqyosining  kengayib  borishi  chuqur  ixtisos-

lashuv tufayli boshqarish bo‘yicha mutaxassislar mehnatidan ancha 

yaxshi  foydalanish  imkoniyatini  beradi.  Bu  oxir  oqibatda 

samaradorlikning  oshishi  va  mahsulot  birligiga  ishlab  chiqarish 

xarajatlarining kamayishiga olib keladi. 

  Кorxonaning  iqtisodiy  ahvoli  u  ishlab  chiqarayotgan  tovar-

larning  narxiga  bog‘liq  bo‘ladi.  Agar  narx  o‘rtacha  iqtisodiy  xara-

jatlarini  qoplasa,  bunda  iqtisodiy  foyda  nolga  teng  bo‘ladi.  Agar 

o‘rtacha iqtisodiy xarajatlar mahsulot narxidan past bo‘lsa, korxona 

qo‘shimcha  iqtisodiy  foyda  oladi.  Bunda  ishlab  chiqarishni 

kengaytirish imkoniyati ham mavjud bo‘ladi.  

    



Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   154   155   156   157   158   159   160   161   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish