O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


 Yer rentasi va uning turlari



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet165/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

2. Yer rentasi va uning turlari 

 

Yer  rentasi  yer  egaligini  iqtisodiy  jihatdan  ro‘yobga  chiqa-



rishning  shaklidir.  Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  yer  rentasi  yerga 

ishlab chiqarish omili sifatida egalik qiluvchilarning oladigan daro-

madidir.  Yer  rentasining  bir  qancha  tarixiy  ko‘rinishlari  ham 

mavjud  bo‘lgan.  Jumladan,  uch  shakldagi:  barshchina  (ishlab 

berish),  obrok  (natural  soliq)  va  pul  solig‘i  shakllaridagi  feodal 

rentalari  shular  jumlasidandir.  Hozirgi  paytda  turli  mamlakatlarda 

mavjud  renta  vujudga  kelish  sabablari  va  shart-sharoitlariga  qarab 

quyidagi turlarga ajratiladi:  




310 

Absolyut  yer  rentasi,  differensial  renta (– 1,  va  –  2,)  monopol 

renta, qazilma boyliklar, qurilishlar joylashgan yerlardan olinadigan 

renta. 


Yer uchastkalarining unumdorligi va joylashgan joyidagi farqlar 

natijasida  vujudga  keladigan  qo‘shimcha  daromadning  bir  qismi 

renta shaklini oladi hamda u differensial renta deb ataladi. 

Qishloq  xo‘jaligida  eng  muhim  ishlab  chiqarish  vositasi  – 

yerning  miqdori  va  sifatini  tabiatning  o‘zi  cheklab  qo‘ygan,  uni 

inson ko‘paytirishga qodir emas. 

Shuning uchun qishloq xo‘jalik ishlab chiqarishini faqat yaxshi 

unumdor  yer  uchastkalarida  yuritish  orqali  jamiyat  ehtiyojlarini 

qondirish mumkin emas. Agar ishlab chiqarilgan mahsulot to‘lovga 

qodir  talab  bilan  ta’minlangan  bo‘lsa,  yerning  mahsuldorligi  yoki 

joylashuvi jihatidan yomon sharoit qishloq xo‘jalik tovarlariga narx 

shakllanishini tartibga soluvchi ijtimoiy normal sharoit hisoblanadi. 

Natijada o‘rtacha yoki yaxshi yerlarda xo‘jalik yurituvchi ishlab 

chiqaruvchilar ko‘proq mahsulot va binobarin foyda oladilar. 

Bu  foyda  qisqa  muddatli  emas,  balki  ozmi-ko‘pmi  doimiy 

xarakterga  ega.  Barcha  yerlar  mustaqil  tovar  ishlab  chiqaruvchilar 

tomonidan  egallab  olinganligi  sababli,  bu  ishlab  chiqaruvchilarda 

yerga xo‘jalik obyekti sifatidagi monopoliya vujudga keladi. Bu hol 

differensial rentaning vujudga kelishiga shart-sharoit yaratadi. 

Shunday qilib, differensial renta hosil bo‘lishining shart-sharoiti 

miqdori  cheklangan,  unumdorligida  farqlar  bo‘lgan  yerlarda 

iqtisodiy 

jihatdan 

alohidalashgan 

tarzda 

mustaqil 

xo‘jalik 

yuritishdir. 

Differensial  renta  o‘zining  kelib  chiqish  sharoitlariga  qarab 

differensial renta – I va differensial renta – II ga bo‘linadi. 

Differensial  renta  –  I  yerning  tabiiy  unumdorligi  bilan  bog‘liq 

bo‘lgan, serunum yer uchastkalarida vujudga keladi. Chunki bunday 

yer  uchastkalarida  mahsulot  birligiga  sarf-xarajatlar  darajasi 

unumdorligi past, yer uchastkalari nisbatan kam bo‘ladi. 

Differensial  renta  I  xo‘jaliklar  faoliyatiga  bog‘liq  bo‘lmagan 

tabiiy  sharoitda  vujudga  keladi.  Shuning  uchun  ham  qishloq 

xo‘jaligi  korxonalarida  hosil  qilingan  bu  xildagi  renta  yer  davlat 

mulki  bo‘lishi  sababli  uning  manfaatlari  yo‘lida  sarf  qilish 

maqsadida markazlashtirilgan davlat fondida (budjetida) to‘planishi 



311 

lozim.  Bu  hol  o‘rta  va  yaxshi  unumli  yerda  joylashgan 

xo‘jaliklarning iqtisodiy manfaatdorligiga putur yetkazmaydi, balki 

boshqa  xo‘jaliklar  bilan  ozmi-ko‘pmi  iqtisodiy  sharoitlarni 

tenglashtirish  imkonini  beradi.  Markazlashtirilgan  davlat  fondiga 

o‘tgan bu mablag‘larni, mamlakat oldida turgan vazifalarni amalga 

oshirish,  xususan  yangi  yerlarni  o‘zlashtirish  va  yer  unumdorligini 

oshirish  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  tadbirlarni  amalga  oshirish  uchun 

yo‘naltirilishi mumkin bo‘ladi. 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   161   162   163   164   165   166   167   168   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish