O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


Differensial renta – II ning hosil bo‘lishi



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet167/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

Differensial renta – II ning hosil bo‘lishi 

(shartli misol) 

16.2-jadval  

 

Yer 



uchast-

kasi (V 


past 

unumli) 


Umumiy 

qiymat 


(ming 

so‘m) 


Yalpi 

ho- 


sil. 

(tonna) 


Mahsu-

lot 


birligi 

bahosi 


(tonna) 

Bozor 


narxi 

(tonna) 


Yalpi 

sotilgan 

mahsu- 

lot 


(ming 

so‘m) 


Diffe-

rensial 


renta II 

1-yil 


10000 

20 


500 

500 


10000 

2-yil 



12000 

40 


300 

500 


20000 

8000 


 

Absolyut  renta.  Кo‘pgina  mamlakatlarda  qishloq  xo‘jaligida 

yerga xususiy mulkchilik monopoliyasi sharoitida ishlab chiqarishni 

olib  borishga  to‘g‘ri  keladi.  Bu  monopoliya  ijaraga  beriladigan 

barcha  yer  uchastkalarining  unumdorligidan  qat’i  nazar,  yer 

egalariga  absolyut  rentani  olishga  imkon  beradi.  Absolyut  yer 

rentasining  vujudga  kelish  mexanizmi  shundan  iboratki,  xususiy 

mulk  sababli  kapitallarning  qishloq  xo‘jaligiga  kirib  kelishi 

cheklanadi:  natijada  qishloq  xo‘jaligida  vujudga  keltirilgan  sof 

daromad  (foyda)  tarmoqlar  o‘rtasida  taqsimlanmasdan  o‘zida 

qoladi.  Pirovardida  bu  qo‘shimcha  daromad  absolyut  yer  rentasiga 

aylanadi. 




313 

Renta nazariyasiga ko‘ra qishloq xo‘jaligida rentaning yana bir 

turi – monopol renta ham mavjud bo‘ladi. Boshqa yerda uchramay-

digan  tabiiy  sharoit,  ba’zan  noyob  qishloq  xo‘jalik  mahsulotlari 

(uzumning alohida navlarini, sitrus  ekinlari, choy va hokazolarning 

alohida  turlarini)  yetishtirish  uchun  imkoniyat  yaratadi.  Bunday 

tovarlar  monopol  narxlarda  sotiladi.  Bu  narxlarning  yuqori  bo‘lishi 

ko‘pincha  to‘lovga  qodir  talab  darajasi  bilan  belgilanadi.  Natijada 

monopol  narxlar  shunday  mahsulotlarning  individual  qiymatidan 

ancha yuqori bo‘lishi mumkin. Bu esa yer egalariga monopol renta 

olish imkonini beradi. 

Faqat  qishloq  xo‘jaligida  emas,  balki  undirma  sanoatda  ham 

differensial  renta  hosil  bo‘ladi.  Ma’lumki  foydali  qazilma  konlari 

joylashuvi  (yer  yuza  qatlamiga  nisbatan)  va  konning  boyligi 

jihatidan bir-biridan farq qiladi. Xuddi qishloq xo‘jaligidagi singari, 

sharoiti  o‘rta  va  yaxshi  konlardagi  korxonalar  qo‘shimcha  foyda 

oladilarki, u ham differensial rentaga aylanadi. 

Ijara  haqi.  Renta  munosabatlarini  qarab  chiqishda  uning  ijara 

haqidan farqini e’tiborga olish zarur. Agar ijaraga beriladigan yerga 

oldin  irrigatsiya  va  melioratsiya  inshootlar  qurish  hamda  yerning 

iqtisodiy  unumdorligini  oshirish  bilan  bog‘liq  ravishda  kapital 

qo‘yilmalar  sarflanmagan  bo‘lsa,  ijara  haqi  va  renta  miqdoran  bir-

biriga to‘g‘ri keladi. Aks holda, ijara haqi yer rentasidan farq qiladi. 

Ijara  haqi  quyidagilardan  iborat:  yerdan  foydalanganlik  uchun 

to‘lanadigan renta (R), yerga ilgari sarflangan kapital uchun foiz (r); 

yer  uchastkasini  ijaraga  bergunga  qadar  unga  qurilgan  inshootlar 

amortizatsiyasi  (A).  Buni  formulada  quyidagicha  yozish  mumkin: 

IH = R+r+A. 

Ma’lumki, 

bozor 


iqtisodiyoti 

sharoitida  yer  faqat  ijara  obyekti 

emas, 

balki 


oldi-sotdi 

obyekti 


hamdir.  Yer  ham  qishloq  xo‘jalik 

mahsuloti 

yetishtirish 

va 


tabiiy 

qazilma boyliklar qazib olish, har xil 

ishlab  chiqarish  inshootlari,  yo‘llar 

va  shu  kabilar  qurish  uchun  sotib 

olinadi. 

Bu 


yerning 

narxini 


aniqlashni taqozo qiladi. 


314 

Yer  va  boshqa  tabiat  in’omlari  narxini  nazariyotchilar 

irratsional  narxlar  deb  ataydilar.  Yer  ham  irratsional  narxga  ega. 

Qishloq  xo‘jaligida  ish  yurituvchi  tadbirkor  bankka  qo‘yilgan 

puldan foiz tarzida olinadigan daromadidan yer hisobiga olinadigan 

renta  yuqori  bo‘lgan  taqdirda  shu  yerni  sotib  oladi.  Boshqacha 

aytganda,  yerning  narxi  kapitallashtirilgan  rentadir.  Boshqa 

sharoitlar  teng  bo‘lganda,  xuddi  shu  renta  miqdori  yer  narxini 

belgilaydi.  U  renta  miqdoriga  to‘g‘ri  mutanosib  va  ssuda  foizi 

normasiga teskari mutanosibdir. Shunday qilib, yerning narxi ikkita 

miqdorga bog‘liq: 1) yer uchastkasi egasi olish mumkin bo‘lgan yer 

rentasi miqdoriga; 2) ssuda foizi normasiga. 

Shundan  kelib  chiqib  yerning  narxi  quyidagi  formula  bo‘yicha 

aniqlanadi. B =

 bunda R ‒ renta r

1

 ‒ ssuda foizi normasi, B - 



yer bahosi. 

Renta  miqdori  o‘sib,  ssuda  foizi  normasi  pasayib  borgan 

taqdirda erning narxi o‘sib boradi. 

Yer  narxini  aniqlashning  bu  usuli  nazariy  ahamiyatga  ega. 

Amalda  yer  narxi,  yer  uchastkasiga  talab  va  taklifga  ta’sir 

ko‘rsatuvchi  ko‘plab  omillarga  bog‘liq.  Jumladan,  yerga  narxning 

o‘sishini,  unga  noqishloq  xo‘jalik  maqsadlari  uchun  foydalanishga 

bo‘lgan talabning o‘sishi bilan tushuntirilishi mumkin. Inflatsiya va 

asosan  giperinflatsiya  sharoitida  yerga  talab  keskin  ortadi,  bu 

tegishli  ravishda  yer  narxining  o‘sishiga  olib  keladi.  Bozor 

iqtisodiyotiga asoslangan g‘arb mamlakatlarida XX asr boshlaridan 

to hozirgi davrgacha yer narxi barqaror o‘sish tamoyiliga ega bo‘lib, 

faqat ayrim davrlardagina uning pasayishi kuzatiladi. 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish