XII bob. ISH HAQINING SHAКLLANISHI VA AMAL
QILISH
1. Ish haqining iqtisodiy mazmuni va uning darajasini
belgilovchi omillar.
2. Ish haqini tashkil etish shakllari va tizimlari.
3. Ishchi kuchi bozorida ish haqi.
4. Mehnat munosabatlarining iqtisodiy mazmuni va uning
tartibga solinish xususiyatlari.
1. Ish haqining iqtisodiy mazmuni va uning darajasini
belgilovchi omillar
Mehnat haqi qilingan mehnatning har qanday turi hisobiga
olingan daromad shaklini anglatadi.
Yaratilgan yalpi ichki mahsulotning uning ishlab chiqa-
ruvchilari o‘rtasida ular mehnatning miqdori, sifati va unumdor-
ligiga qarab taqsimlanadigan qismi ish haqi deb yuritiladi.
«Yashash uchun vosita minimumi» (D.Rikardo va T.Maltus-
larning) konsepsiyasida ish haqini yashash uchun zarur vosita-
larning fiziologik minimumi bilan bir xil deb hisoblaydi. Biroq bu
minimum o‘z ichiga ishchi kuchi shakllanadigan iqtisodiy, ijtimoiy
va madaniy shart-sharoitlar tug‘dirgan ehtiyojlarni ham oladi.
Bunga qo‘shimcha iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda
ishchi kuchi bozorida real ish haqining o‘rtacha darajasi yashash
uchun zarur jismoniy vositalar minimumiga qaraganda ancha yuqori
darajani tashkil qiladi.
Qiymatning mehnat nazariyasi (klassik siyosiy iqtisod maktabi)
ishchi kuchini alohida, o‘ziga xos tovar deb hisoblaydi. Shu sababli,
bu nazariya ish haqiga tovar bo‘lgan ishchi kuchi qiymatining
o‘zgargan shakli, ya’ni puldagi ifodasi sifatida qaraydi va uni ishchi
kuchini takror hosil qilish uchun zarur bo‘lgan tirikchilik vositalari
qiymati sifatida aniqlaydi. Mazkur g‘oya tarafdorlari ishchi kuchi
qiymatiga bir qator omillar, avvalo, tabiiy shart-sharoitlar, aholining
235
madaniy rivojlanishi, ularning malakasi va ishchi oilasini saqlash
hamda ularning tabiiy takror ishlab chiqarish sharoitlari ta’sir
qilishini ko‘rsatadi.
Lekin ish haqiga «ishchi kuchi qiymatining puldagi ifodasi»
sifatida qarash, aniq ishchi kuchi bozorida ish haqi darajasiga uning
unumdorligi, mehnat intensivligi, talab va taklif kabi omillarning
ta’sirini yetarli hisobga olmaydi.
Hozirgi zamon iqtisodiyot nazariyasida
58
ish haqi ishchi kuchi
bozorida mehnat bahosi sifatida talqin qilinadi. Bunda ish haqi
darajasi unga bo‘lgan talab va taklif nisbatiga ishchining malakasi,
mehnatining intensivligi va ishlab chiqarish natijasiga bog‘liq
bo‘ladi.
Ish haqi iqtisodiy kate-
goriya sifatida xodimlar meh-
natining miqdori, sifati va
unumdorligiga qarab, milliy
mahsulotdan oladigan ulushi-
ning puldagi ifodasidir.
Ish haqidan farqli ra-
vishda mehnat haqi turli
xodimlar,
shu
jumladan
aholiga
maishiy
xizmat
ko‘rsatuvchi (sartarosh, maishiy texnikani ta’mirlovchi master va
boshqa.) mayda mulk egalarining mehnat haqi hamda gonorar,
mukofot va ular mehnatini rag‘batlantirishning boshqa turlarini o‘z
ichiga oladi.
Ishchi kuchining aniq bozorida ish haqi uning stavkasini yoki
resurslar bozorida mehnatning aniq turi narxini anglatadi.
Albatta ishchi kuchini takror hosil qilishda ish haqidan tashqari
foiz, renta, foyda, dividend, turli imtiyozlar va nafaqalarning ham
roli bor. Ishchi uchun qancha miqdorda ish haqi olishi emas, balki
unga qancha miqdorda tovarlar va xizmatlar sotib olishi mumkinligi
muhim. Shu sababli, nominal va real ish haqi farqlanadi. Nominal
ish haqi bu ma’lum vaqt davomida pul shaklida olingan ish haqi.
58
jumladan Ekonomiks darsliklarida, 1998 yilda Moskvada V.D.Kamayev rahbarligida chiqarilgan
«Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida, 1997 yilda Toshkentda chop qilingan A. O‘lmasovning «Iqtisodiyot
asoslari» o‘quv qo‘llanmasida va boshqalarda.
236
Real ish haqi – bu nominal ish haqiga sotib olish mumkin bo‘lgan
tovarlar va xizmatlar miqdori. Boshqacha aytganda, real ish haqi –
bu nominal ish haqining «xarid etish layoqati». O‘z-o‘zidan aniqki,
real ish haqi nominal ish haqiga va xarid qilinadigan tovarlar (va
xizmatlar) narxiga bog‘liq. Shunday ekan, real ish haqi boshqa
sharoitlar bir xil bo‘lganda, nominal ish haqiga to‘g‘ri va iste’mol
buyumlari va xizmatlar narxining darajasiga teskari mutanosibdir.
Bu miqdorlar nisbatini formulada quyidagicha tasvirlash mumkin:
n
p
V
V
Р
bu yerda, V
p
–real ish haqi ; V
n
–nominal ish haqi ;
P–iste’mol buyumlari va xizmatlarga narx darajasi.
Nominal ish haqi ‒ ishlab topilgan pul daromadi darajasini, real
ish haqi esa xodimlarning haqiqiy iste’moli va farovonlik darajasini
tavsiflaydi.
Mamlakatda ish haqining umumiy darajasini beliglab beruvchi
asosiy omillar quyidagilar:
Mamlakatning iqtisodiy rivojlanish darajasi;
Mehnatning asosiy kapital bilan qurollanish darajasi
Mehnatning tabiiy resurslar bilan ta’minlanganligi;
Mavjud ishlab chiqarish texnologiyasi;
Mehnatning umumiy malakaviy darajasi;
Taqsimotning tarkib topgan tizimi va boshqa iqtisodiy-ijtimoiy
omillar.
Do'stlaringiz bilan baham: |