249
“Umumiy tarzda naflilikni insonning ehtiyojini qondira olish
qobiliyati deb ta’riflashimiz mumkin”
559.
Iste’molchining bozordagi xatti-harakati so‘nggi qo‘shilgan
naflilik nazariyasi hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali
izohlanadi. Bu nazariya yordamida iste’molchining manfaati
nuqtayi nazaridan uning afzal ko‘rishi qoidalari bayon etiladi.
Agar naflilikka iste’molchi nuqtayi nazari bilan qaralsa, u
iste’molchining biron-bir ne’matni iste’mol qilishidan olinadigan
qoniqishni anglatadi. Iste’molchi tomonidan o‘zi uchun turli tovar-
larning naflilik darajasining baholanishi iste’molchining afzal
ko‘rishi deyiladi.
60
Naflilik funksiyasi ma’lum miqdordagi tovarlarga boshqa bir
miqdordagi tovarlarni taqqoslash orqali ro‘yobga chiqadi. Naflilikni
mutlaq ko‘rsatkichlarda aniqlash ahamiyatga ega emas. Faqat
iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-ket joylashuvi bilan
izohlash mumkin. Bir to‘plamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay
darajada afzalligini miqdoriy baholash mumkin emas.
Naflilik funksiyasi iste’mol qilinayotgan tovarlar(X,Y) dan
olinayotgan naflilikning hosilasini ifodalaydi:
XY
Y
X
U
)
,
(
“Naflilik” atamasini ilmiy sohaga birinchi bo‘lib, ingliz filosofi
I.Bentam (1748-1832) kiritgan.
Naflilik va narx o‘rtasidagi bog‘liqlikni ilk bor ingliz
iqtisodchi olimi U.Djevons (1835-1882) ko‘rsatib, keyingi naflilik
konsepsiyasini ilgari suradi va aynan u bozor narxida o‘z o‘rniga
ega bo‘lishini isbotlaydi.
Naflilikni miqdoriy aniqlash ancha qiyin, chunki u subyektiv
tushuncha. Iqtisodiyot nazariyasida naflilikni aniqlashda ikkita
yondashuv qaror topgan.
Кardinalistik yondashuvda naflilik miqdorini mutlaq aniq
hisoblash talab qilinadi. Bunda uni aniqlashning sharti birligi “yutil”
(inglizcha – utility – naflilik) dan foydalaniladi.
Ordinalistik yondashuvda qator tovarlarni afzal ko‘rish tartibi
bo‘yicha joylashtirishda naflilikning ma’lum ketma-ketligiga yo‘l
59
Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth
edition, McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 360 bet.
60
Economics: principles, problems and policies. Stanley L. Brue, Campbell P. McConnell, seventeenth
edition, McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 362 bet.
250
qo‘yiladi. Bunda iste’molchi tovarning bir-biriga qiyosan
muhimlilik darajasi bo‘yicha xulosa chiqarish mumkin. Masalan,
birinchi tovar ikkinchisiga, ikkinchisi uchunchisiga nisbatan afzal
ko‘riladi va h.k.
Iste’molchi uchun naflilikning ikki turi: umumiy va keyingi
naflilik muhim.
Do'stlaringiz bilan baham: