O‘zbeкiston respubliкasi oliy va o‘rta mahsus ta’lim vazirligi


XIII bob. ISTE’MOLCHI XULQI NAZARIYASI: NAFLILIК



Download 15,11 Mb.
Pdf ko'rish
bet128/321
Sana24.09.2021
Hajmi15,11 Mb.
#183563
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   321
Bog'liq
2 5415834295740664524

 

XIII bob. ISTE’MOLCHI XULQI NAZARIYASI: NAFLILIК 

VA UNI MAКSIMALLASHTIRISH QOIDASI 

 

1. Naflilik, yalpi naflilik va keyingi naflilik tushunchalari. 



2. Iste’molchi budjeti, uning cheklanganligi va omillari. 

3.  Iste’molchi  tanlovi  nazariyasi.  Natlilikni  maksimallashti-

rish qoidasi. 

 

1. Naflilik, yalpi naflilik va so‘nggi qo‘shilgan naflilik 

tushunchalari 

   


Bozor  vaziyatining  o‘zgarishida  talabning  rolini  iste’molchi 

nuqtayi  nazaridan  qarab  chiqilsa,  aynan  olingan  tovarga  talab 

qanday shakllanadi, uning xulqi nimadan iborat, iste’molchi tanlovi 

qanday  tartibda  amalga  oshiriladi  kabi  savollarga  mantiqiy  javob 

topish mumkin bo‘ladi. 

Talabning  o‘zgarish  qonuniyatlari  va  iste’molchi  tanlovi  masa-

lalariga  marjinalistlar  keyingi  naflilik  konsepsiyasi  va  iste’molchi 

xulqi nazariyasi bilan o‘zlarining hissalarini qo‘shdi.  

Iste’molchi  xulqi  bu  ularning  turli  xil  tovar  va  xizmatlarga 

talabning shakllanish jarayonidir. Iste’molchi xulqi quyidagi mantiq 

asosiga quriladi:  

Iste’molchi imkoniyati cheklangan sharoitda harakat qiladi, shu 

sababli  uning  qarori  tovarlarning  mavjud  muqobil  variantlaridan 

birini tanlashga qaratiladi.  

Iste’molchi  maqsadi  –  tovarlarni  iste’mol  qilish  natijasida 

maksimal qoniqish olishdir. 

Iste’molchi xulqi oqilona, ya’ni u barcha cheklanishlarni baho-

laydi va o‘z maqsadiga yetishishning eng yaxshi variantini tanlaydi.  

Iste’molchi  xulqini  miqdoriy  aniqlashda  keyingi  naflilik  naza-

riyasi va farqsizlik egri chizig‘i usuli yordamida amalga oshiriladi. 

Naflilik  –  subyektiv  qoniqish,  ya’ni  tovar  (xizmat)  ni  iste’mol 

qilishdan ko‘riladigan naf. 




249 

 “Umumiy  tarzda  naflilikni  insonning  ehtiyojini  qondira  olish 

qobiliyati deb ta’riflashimiz mumkin”

559.


 

Iste’molchining  bozordagi  xatti-harakati  so‘nggi  qo‘shilgan 

naflilik  nazariyasi  hamda  iste’molchi  tanlovi  nazariyasi  orqali 

izohlanadi.  Bu  nazariya  yordamida  iste’molchining  manfaati 

nuqtayi nazaridan uning afzal ko‘rishi qoidalari bayon etiladi. 

Agar  naflilikka  iste’molchi  nuqtayi  nazari  bilan  qaralsa,  u 

iste’molchining  biron-bir  ne’matni  iste’mol  qilishidan  olinadigan 

qoniqishni  anglatadi.  Iste’molchi  tomonidan  o‘zi  uchun  turli  tovar-

larning  naflilik  darajasining  baholanishi  iste’molchining  afzal 

ko‘rishi deyiladi.

60

  

Naflilik  funksiyasi  ma’lum  miqdordagi  tovarlarga  boshqa  bir 



miqdordagi tovarlarni taqqoslash orqali ro‘yobga chiqadi. Naflilikni 

mutlaq  ko‘rsatkichlarda  aniqlash  ahamiyatga  ega  emas.  Faqat 

iste’molchi tanlovini naflilik darajasining ketma-ket joylashuvi bilan 

izohlash mumkin. Bir to‘plamdagi tovarlar nafliligi boshqasidan qay 

darajada afzalligini miqdoriy baholash mumkin emas. 

Naflilik  funksiyasi  iste’mol  qilinayotgan  tovarlar(X,Y)  dan 

olinayotgan naflilikning hosilasini ifodalaydi: 

XY

Y

X

U

)



,

(

 



  “Naflilik” atamasini ilmiy sohaga birinchi bo‘lib, ingliz filosofi 

I.Bentam (1748-1832) kiritgan. 

  Naflilik  va  narx  o‘rtasidagi  bog‘liqlikni  ilk  bor  ingliz 

iqtisodchi  olimi  U.Djevons  (1835-1882)  ko‘rsatib,  keyingi  naflilik 

konsepsiyasini  ilgari  suradi  va  aynan  u  bozor  narxida  o‘z  o‘rniga 

ega bo‘lishini isbotlaydi.  

  Naflilikni  miqdoriy  aniqlash  ancha  qiyin,  chunki  u  subyektiv 

tushuncha.  Iqtisodiyot  nazariyasida  naflilikni  aniqlashda  ikkita 

yondashuv qaror topgan.  

Кardinalistik  yondashuvda  naflilik  miqdorini  mutlaq  aniq 

hisoblash talab qilinadi. Bunda uni aniqlashning sharti birligi “yutil” 

(inglizcha – utility – naflilik) dan foydalaniladi. 

Ordinalistik  yondashuvda  qator  tovarlarni  afzal  ko‘rish  tartibi 

bo‘yicha  joylashtirishda  naflilikning  ma’lum  ketma-ketligiga  yo‘l 

                                                           

59

  Economics:  principles,  problems  and  policies.  Stanley  L.  Brue,  Campbell  P.  McConnell,  seventeenth 



edition, McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 360 bet. 

60

  Economics:  principles,  problems  and  policies.  Stanley  L.  Brue,  Campbell  P.  McConnell,  seventeenth         



edition, McGraw-Hill/Irwin New York, 2008. 362 bet. 


250 

qo‘yiladi.  Bunda  iste’molchi  tovarning  bir-biriga  qiyosan 

muhimlilik  darajasi  bo‘yicha  xulosa  chiqarish  mumkin.  Masalan, 

birinchi  tovar  ikkinchisiga,  ikkinchisi  uchunchisiga  nisbatan  afzal 

ko‘riladi va h.k.  

  Iste’molchi  uchun  naflilikning  ikki  turi:  umumiy  va  keyingi 

naflilik muhim. 

 


Download 15,11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   124   125   126   127   128   129   130   131   ...   321




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish