12.2-chizma. Individual ishchi kuchi taklifi.
Ishchi kuchi bozorida kishilar xulqidagi aynan shunday qonuni-
yat uzoq vaqt davomida ish haftasi qisqarish tamoyili asosida
yotadi. Rivojlangan g‘arb davlatlarida oxirgi 100 yil davomida ish
haftasi 40% ga qisqarib, uning hisobiga bo‘sh vaqt keskin ortgan.
Inson hayot davri cheklanganligi sababli bo‘sh vaqt eng qadrli
ne’mat hisob langan sharoitda uning ortishi nihoyatda ahamiyatli.
Grafikda LS egri chiziq ish haqi o‘sib borganda ishchi kuchi
taklifi L nuqtagacha ortib borishini, biroq keyin o‘z yo‘nalishini
o‘zgartirib, tik o‘qqa yaqinlashib borishini, ya’ni uning taklifi ish
haqi oshganda qisqarishini ko‘rsatadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |