237
mahsulot ishlab chiqarish texnologik jarayonining borishi bilan
belgilanadigan va bevosita ishchi mehnatiga bog‘liq bo‘lmagan
paytlarda (masalan konveyerlar va avtomat liniyalarida ishlash)
qo‘llaniladi.
Ishbay ish haqi ishlab chiqargan mahsuloti miqdori yoki
bajargan ishining hajmiga qarab beriladi. Mahsulot birligi uchun
uning miqdori, ta’rif stavkasidagi haqni ishlab chiqarish normasiga
taqsimlash yo‘li bilan aniqlanadi. Haq to‘lash shakllarining aniq
mehnat sharoitlarini hisobga oladigan turlari ish haqining tizimini
tashkil qiladi. Chunonchi, ishchilarning bir qismiga to‘g‘ri ishbay
tizimi bo‘yicha haq to‘lanadi. Bunda ishlab chiqarish normasi qay
darajada bajarilishidan qat’i nazar, ish haqi mahsulot birligi uchun
belgilangan rasenka bo‘yicha to‘lanadi.
Ishbay-mukofot tizimi bir qancha ko‘rsatkichlar uchun mukofot
berishni nazarda tutadi. Ishbay-progressiv haq to‘lashda belgilab
qo‘yilgan norma doirasida ishlab chiqargan mahsulotga uning birligi
uchun belgilangan rasenka bo‘yicha ish haqi beriladi, normadan
yuqorisiga esa oshirilgan rasenka bo‘yicha pul to‘lanadi. Ishbay-ish
haqining tizimida yakka tartibdagi, jamoa va ijara pudratida
qo‘llaniladigan mehnatga haq to‘lash farqlanadi. Bunda olingan
tayyor mahsulot uchun uning sifati va ishlab chiqarish chiqimlarini
hisobga olib haq to‘lanadi. Haq to‘lashning jamoa shaklida ish haqi
brigada, sex va boshqa bo‘linmaning pirovard faoliyati natijalariga
bog‘liq qilib qo‘yiladi. Bunda har bir xodim faqat o‘ziga berilgan
shaxsiy topshiriqlargagina emas, balki shu bilan birga bo‘linmaning
butun ish hajmini ham bajarishdan manfaatdor bo‘ladi.
Ishchilarning ish haqini tabaqalashtirish eng avvalo, ta’rif tizimi
yordamida amalga oshiriladi. Ta’rif tizimi yordamida tarmoqlar va
mamlakat mintaqasi bo‘yicha, ular ichida esa ishlab chiqarish
turlari, turli toifadagi xodimlar malakasi va mehnat sharoitlariga
qarab ish haqi darajasi tartibga solib turiladi.
Ta’rif tizimi ta’rif-malaka spravochniklarini va ish haqiga har
xil koeffitsiyentlarini o‘z ichiga oladi.
Ta’rif-malaka spravochniklari, ta’rif setkasi ayrim kasblar va
mehnat turlarining batafsil ta’rifi, u yoki bu aniq ishni
bajaruvchining bilim va ko‘nikmalariga qo‘yiladigan talablardan
iborat bo‘ladi, shuningdek, unda bu ishni ta’riflash uchun
238
qo‘yiladigan razryadlar ham ko‘rsatiladi. Ta’rif setkasida
razryadlardan tashqari ta’rif koeffitsiyentlari ham bo‘lib, ular
birinchi razryadli ishchiga haq to‘lash bilan keyingi razryadli
ishchilar mehnatiga haq to‘lashning o‘zaro nisbatini ko‘rsatadi
(birinchi razryadning ta’rif koeffitsiyenti hamma vaqt birga teng).
Ta’rif stavkalari tegishli razryadga ega bo‘lganlar mehnatiga
to‘lanadigan haq miqdorini belgilab beradi.
Mehnat qilish sharoiti og‘ir va zararli bo‘lganda ishchilarga
ta’rif stavkasiga qo‘shimcha haqlar belgilanadi. Ta’rif stavkalariga
ustamalar shaklidagi haq (razryadlar bo‘yicha farqlantirilgan)
professional mahorat uchun belgilanadi.
Alohida tarmoqning iqtisodiyotdagi ahamiyatiga qarab amalda
ish haqini va mansab maoshlarini farqlantirish ishlari amalga
oshiriladi. Bunda mamlakat uchun muhim ahamiyatga ega bo‘lgan
yetakchi tarmoqlarga tajribali, malakali kadrlarni jalb etish, bu
tarmoqlarda ishchi va xizmatchilar tarkibi barqaror bo‘lishini
ta’minlaydigan sharoitlarni vujudga keltirish maqsadi ko‘zlanadi.
Respublikamizda ham ta’rif tizimi orqali ish haqi tabaqalash-
tirilib, turli kasblar va ish turlari uchun ish haqi to‘lashning yagona
razryadlari aniqlangan. Narxlar o‘sishi bilan minimal ish haqi
darajasi hamda barcha razryadlar ular o‘rtasidagi nisbat saqlangan
holda oshirib boriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: